To’lov topshiriqnomalari bo’yicha xisob – kitoblar
To’lov topshiriqnomasi bu – to’lovchi korxonaning uning bankda-gi xisobvarag’idan pul mablag’larining mahlum bir summasini boshqa mijozning xisobvarag’iga o’tkazish xaqida o’ziga xizmat ko’r-satuvchi bankka bergan yozma topshirig’idir. To’lov topshiriqnoma-si g’5g’5411g’g’2 shakldagi standart blankada to’lovchi tomonidan rasmiy-lashtirilib, bankka topshiriladi. To’lov topshiriqnomalari orqali quyidagi to’lovlar amalga oshiriladi:
– tovarlar va xizmatlar uchun xisob - kitoblar;
– notovar operatsiyalar bo’yicha xisob - kitoblar;
– markaziy bankning mehyoriy xujjatlarida ko’zda tutilgan bo’l-sa, bank ssudalar unga qo’shilgan foizlarni qoplash uchun mablag’ o’t-kazish;
– xukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan xollar-dagi bank to’lovlari.
Ilgari to’lov topshiriqnomalari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 1g’ kun ichida bankka topshirilishi mumkin bo’lib, shu davr ichida xaqiqiy bo’lib xisoblanar edi. Xozir esa topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan kun bilan bir xil bo’lishi kerak, mos kelmagan xolda to’lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi. Lekin byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha to’lovlar bundan mustasno.
To’lov topshiriqnomalarining bankka topshiradigan nusxalar soni to’lovchi va mablag’ oluvchilarning qaysi bankda joylashgan-ligiga bog’liq. To’lovchi va maxsulot sotuvchi korxonalar bir bank bo’limi xizmatidan foydalansalar, topshiriqnomalar bankka uch nus-xada taqdim etiladi. Topshiriqnoma nusxalarining xar biri quyi-dagicha ishlatiladi:
birinchi nusxa to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mashul ijrochisi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak muxrining izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko’r-satilgan xolda kunlik xujjatlar yig’masi tikiladi;
ikkinchi nusxasi to’lovni oluvchining xisobvarag’iga ilova sifa-tida mashul ijrochi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak muxr izi tushirilgan xolda to’lovni oluvchi korxona vakiliga beriladi;
uchinchi nusxa operatsiya bajarilgandan so’ng, bank bo’limining to’rtburchak shtamp izi tushirilgan, mashul ijrochi tomonidan imzo, to’lovni amalga oshirish va topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko’rsatilgan xolda, to’lovchi korxona vakiliga ularning depozit xisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda beriladi.
Lekin xar doim xam bir-biri bilan munosabatda bo’lgan xo’jalik yurituvchi subhektlar bir bank xizmatidan foydalanmaydilar. Agar to’lovchi va mablag’ oluvchi korxonalarga bir xudud ichidagi yoki boshqa xududda joylashgan turli bank bo’limlari tomonidan xizmat ko’rsa-tilsa, to’lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim eti-ladi:
birinchi nusxasi to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mashul ijrochisi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning muxr izi tushirilgan, qabul qilish sanasi ko’rsatiltan xolda kunlik xujjatlar yig’masiga tikiladi;
ikkinchi nusxaga bank bo’limining muxr izi tushirilgan, bank mashul ijrochisining imzosi, to’lov amalga oshirilgan sana va top-shiriqnomani qabul qilish sanasi ko’rsatilgan xolda to’lovchi kor-xona vakiliga beriladi.
To’lov topshirig’ida quyidagi rekvizitlar ko’rsatilishi lozim:
a) to’lov topshirig’ining nomi va nomeri;
b) to’lov topshirig’i to’ldirilgan sana, yahni kun, oy va yil;
v) to’lovchining nomi, to’lovchi bankining nomi va kodi;
g) to’lovchining xisobvaraq nomeri va identifikatsiya kodi;
d) mablag’larni oluvchi korxona nomi, unga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kod;
j) mablag’ oluvchining xisobvaraq nomeri;
z) to’lovlarning summasi raqam va yozuvlarda ko’rsatiladi;
i) to’lovning maqsadi.
To’lov topshirig’ining barcha rekvizitlari to’ldirilgandan so’ng, topshiriqnomaning aloxida ajratilgan pastki qismiga to’lovchi kor-xona raxbari va bosh buxgalterining imzosi xamda muxr izi qo’yi-ladi. Ushbu muxr va imzolar to’lov toshirig’ining faqat birinchi asl nusxasiga qo’yiladi.
Korxonalardan xujjatlar qabul qilish, shartnomada boshqa narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Bunda opera-tsion kun davomida bank tomonidan korxonalardan olingan xujjat-lar shu kunning o’zida ijro qilinadi. Agar to’lov topshirig’i to’liq rasmiylashtirilib, uni to’lashga yetarli pul mablag’lari bo’lsa, mashul ijrochi topshiriqnomadagi barcha mahlumotlarni dasturiy yo’l bilan kompg’yuter orqali bankning elektron to’lovlarini amalga oshiruvchi xisoblash markaziga o’tkazadi. Ertasi kuni ertalabdan kechikmagan muddatda bank balansi chiqarilgandan keyin xujjatning birinchi nusxasi bankning kundalik yig’ma jildiga tikiladi va belgilangan tartibda avval joriy arxivda, bir yil o’tgandan so’ng umumiy bank arxiviga topshiriladi. To’lov topshiriqnomasining ik-kinchi nusxasi esa mijozning xisobvarag’idan ko’chirma bilan bir-galikda operatsiyalar o’tkazilganligini tasdiqlovchi xujjat sifati-da mijozga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |