3.Lokomotivlarishinidispetcherlikda tartibgasolinishi Uzel va uchastkalarda lokomotivlar ishini dispetcherlik tartibga solinishi poezd ishlari bo’yicha smenali va sutkalik topshiriqlarni o’z vaqtida bajarilishi, xarakat tarkibidan foydalanishning yuqori ko’rsatkichlariga erishish, poezdlar xarakat grafigini buzilishini oldini olish, lokomotivlar aylanmasi va lokomotiv brigadalarining ish va dam olish vaqti me’yorlarining buzilmasligiga yo’naltirilgan. Tartibga solishning asosiy printsiplari:
Oldindan belgilab qo’yilgan stansiyalarda texnologik jihatdan kerak bo’lgan lokomotivlardan foydalanish parkini belgilab qo’yish va uni ushlab turish;
Uchastka va saralash stansiyalari bo’yicha lokomotivlarning belgilangan miqdorini ta’minlash maqsadida lokomotivlarni ular ortiqcha joydan olib yetishmaydigan joylarga jo’natish;
Butun aylanish uchastkasi bo’yicha lokomotivlar parkini markaziy boshqarish;
Lokomotivlarning joyini o’zgartirish vaqtlari bo’yicha buyruqlar quyidagicha berilishi lozim: aylanish uchastkasida bir yoki ikki MTUlar chegarasida lokomotivlar ishida — poezd dispetcheri lokomotiv dispetcheri yoki MTU bo’yicha navbatchi bilan kelishilgan xolda; bitta temir yo’llarning bir nechta MTU chegarasidagi ishida — tashishlar xizmatining tezkor – taqsimot bo’limi boshlig’i katta smena yordamchisi; bir nechta temir yo’llar chegarasida — lokomotiv parkini o’z vaqtida tartibga solishga mas’ul etib tayinlangan temir yo’lning tashishlar xizmatining tezkor – taqsimot bo’limi boshlig’I katta smena yordamchisi. Ba’zi temir yo’llarda lokomotivlar parkini nisbatan sifatli tartibga solish uchun lokomotivlar aylanish o’zgaruvchan punktlari qo’llaniladi. Agar AB uchastkasida lokomotivlarning vaqtinchalik yetishmasligi kuzatilsa va qo’shni BV uchastkasida ortiqcha lokomotivlar mavjudligi ma’lum bo’lsa, u xolda lokomotivlarning aylanish punktini B stantsiyasidan G stantsiyasiga ko’chirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda A deposiga ro’yxatga qo’yilgan lokomotivlarning ish yelkasi qisqartiriladi, V deposiga ro’yxatga qo’yilgan lokomotivlarning ish yelkasi esa uzaytiriladi. F stantsiyasi o’zgaruvchi aylanish punkti bo’lib qoladi. Ishlarni bu kabi qayta taqsimlashda A deposi lokomotivlar soni qisqaradi, chunki ularga bo’lgan talab kamayadi, V deposidagi lokomotivlarga bo’lgan talab esa ortadi. O’zgaruvchan aylanish punkti lokomotivlarni TO-2 ta’mirlashga berish muddatini ta’minlash va lokomotiv brigadalarining ish rejimiga rioya qilish imkoniyatini xisobga olgan xolda tanlanadi. Lokomotivlarning ishini tartibga solishda asosiy masala bu, 24 soatgacha ishlarni kutib turishda va 24 soatdan ortiq temir yo’l boshqarmasining zaxirasiga kiritilgan ishlarni kutib turishdagi lokomotivlardan foydalanish parkini qayta joylashtirish punktini tanlashdir. Amaliyot va xisob kitoblar shuni ko’rsatadiki, agar poezdlar xarakat miqdori sutkasiga 10 ta poezd juftligiga teng bo’lsa va ikki yo’lli liniyalardagi qo’shni punktlar orasidagi masofa 100-150 km ni va bir yo’lli liniyalarda 150-200 km ni tashkil etsa, bunday punktlarni aylanish stantsiyalarida joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Punktlarni aylanish stantsiyalari orasidagi stantsiyalarda joylashtirish, iqtisodiy jixatdan samarali xisoblanadi qachonki ushbu stantsiyalarda sutkasiga 15-20 tadan kam bo’lmagan lokomotivlar qayta ulansalar.