#14 LUG'AT BILAN TANISHUV
Yangi ma'lumot turi - Dictionary bilan tanishamiz.
Ushbu darsda yangi ma'lumot turi, Lug'at (Dictionary) bilan tanishamiz. Dars davomida lug'at yaratish, unga ma'lumot qo'shish, lug'atning ichida ro'yxat yoki aksincha ro'yxatning ichida lug'at saqlash ka'bi mavuzlar bilan tanishamiz.
Lug'at, ma'lumotlarni bizga tushunarliroq ko'rinishda saqlash imkonini beradi. Misol uchun biz biror avtomobilga oid lug'at yaratishimiz va lug'atda shu avtoga tegishli barcha ma'lumotlarni saqlashmiz mumkin (nomi, rangi, yili, motori, narhi va hokazo).
LUG'AT (DICTIONARY) NIMA?
Keling, nima uchun bu ma'lumot turi lug'at (dictionary) deyilishini tushunish uchun, oddiy lu'gatga qaraymiz. Odatda, lug'atdagi ma'umotlar ikki qismdan iborat bo'ladi: kalit so'z va izoh (yoki tarjima).
Izholi Lug'at (savodxon.uz) / English-Uzbek Dictionary (SmartBox) dasturlari
Xuddi oddiy lug'atlardagi ka'bi Python lug'atidagi ma'lumotlar ham ikki qismdan iborat bo'ladi: kalit so'z va qiymat (ingliz tilida key-value pair yoki kalit so'z-qiymat juftligi deyiladi).
Dasturlashda ko'p ishlatiladigan atamalarni ingliz tilida yodlab qolish juda muhim! Bu sizga kelajakda yangi ma'lumotlar izlashda, xatolar usitda ishlashda va umuman ish faoliyatingizda ko'p asqotadi. Shuing uchun variable, integer, float, string, list, tuple, dictionary, function, loop, va boshqa so'zlarni yaxshilab o'zlashtirib oling.
Keling, sodda lug'at yaratamiz:
1
car_0 = {'model':'ferrari','rang':'qizil'}
Copied!
Yuqorida car_0 degan lug'at yaratdik. Lu'gatda 2 ta ma'lumot bor: mashinaning modeli (ferrari) va rangi (qizil). Bu yerda 'model' va 'rang' kalit so'zlar, 'ferrari' va 'qizil' esa mos keluvchi kalit so'zlarning qiymatlari. Kalit so'z va qiymat orasi ikki nuqta (:) bilan, lug'atdagi har bir juftlik esa vergul (,) bilan ajratilgan.
LUG'AT BILAN ISHLASH
Demak, Pytonda lug'at kalit so'z-qiymat juftliklarining yi'ginidisi ekan. Lug'atdagi biror qiymatni ko'rish uchun unga kalit so'z orqali murojat qilamiz:
1
car_0 = {'model':'ferrari','rang':'qizil'}
2
print(car_0['model'])
Copied!
Natija: ferrari
1
print(car_0['rang'])
Copied!
Natija: qizil
Lug'atdagi qiymatlar son (int, float), matn (string), ro'yxat (list, tuple) va hatto boshqa lug'at ham bo'lishi mumkin.
1
talaba_0 = {'ism':'murod olimov','yosh':20,'t_yil':2000}
2
print(f"{talaba_0['ism'].title()},\
3
{talaba_0['t_yil']}-yilda tu'gilgan,\
4
{talaba_0['yosh']} yoshda")
Copied!
Natija: Murod Olimov, 2000-yilda tu'gilgan, 20 yoshda
Do'stlaringiz bilan baham: |