11. Mavzu: Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Reja: O


Er-xotin munosabatlarining rivojlanishi



Download 30,27 Kb.
bet2/4
Sana16.03.2022
Hajmi30,27 Kb.
#495916
1   2   3   4
Bog'liq
11 maruza oila psixologiyasi

2.Er-xotin munosabatlarining rivojlanishi.
Vaqt o'tishi bilan er-xotinlarning bir-biri oldidagi «sir-asrorlari tobora ochilib» boraveradi. Afsuski, bu bir-birlari uchun oshkoralashib borish faqat ma'lum bir zaruriy chegaradagina amalga oshadi. Ozoda, muloyim, ehtiyotkor yigit endi o'ziga qaramaydigan, befarosat, qo'pol erga aylanadi. Ozoda, bejirim, did bilan kiyinadigan, kamtarin, nozik qiz, kelin endi beo'xshov kiyingan, o'ziga qaramaydigan, vaysaqi xotinga aylanadi. Uning oldingi jozibasi, go'zalligi go'yoki «yo"qoladi».
Har bir xalqda, har qaysi zamonda go'zallikning o'ziga xos belgilari, etalonlari bo'ladi. Go'zallik va go'zal emaslik haqidagi tasavvurlar vaqt o'tishi bilan so'zsiz o'zgaradi. Biroq umumxalq tomonidan qabul qilingan va e'tirof etilgan go'zallik etalonlari bilan bir qatorda individual, shaxsiy, xususiy etalonlar ham bo'ladi. Aytishlaricha, boyo'g'li qushlarning orasida eng go'zallari uning bolalari ekanligidan maqtanar ekan, chunki «ularning hammasining quloqlari uzun, boshi katta, umuman, o'ta go'zal» ekan. Kim biladi, bu borada kabutar nima degan bo'lar ekan. Aynan shu sababga ko'ra xalq ichida «ti prat ikon o'z bolasini yumshorim, qo'ng'iz bolasini oppog'im deydi», — degan maqol bor. Shuning uchun ma'lum bir namunaga o'zini wish, o'zini o'shanday bo'lishga rnajburlash kerak emas. Har joyning ham o'z toshu tarozusi, o'lchami mavjud. Xotinini sevuvchi er uchun uning xotini (yoki erini sevuvchi xotin uchun uning eri) umumiy etalonga mos keladimi yoki yo'qmi, bundan qat'iy nazar, ko'pincha eng go'zal, chiroyli, kelishgan odam deb tasavvur qilinadi. Aynan mana shu go'zallikni o'ziga xos «ziravorlar»: kiyimlar. soch turmagi, xatti-harakat, imo-ishoralar, qiliqlar, so'zlar va shu kabilar bilan saqlab qolish kerak bo'ladi. Uni nafaqat «xalq ichida» balki uyda ham saqlash kerak.
Biz yuqorida oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasiga tegishli masalalarga qisman to'xtalib o'tdik. Endi esa mazkur masalada yosh oila mezonlari haqida fikr yuritsak. Psixolog va sotsiologlarning fikricha, kelin-kuyovlarning yoshi 30 dan oshmagan 1-nikohdagilar yosh oila hisoblanadi. Odatda yosh oila tushunchasi oilaviy hayotning dastlabki 10 yilini o'z ichiga oladi.
Nikohdan o'tib oila qurilgandan so'ng u bir necha bosqichlarni bosib o'tadi. Shulardan eng ko'p kuzatiladigani -sotsial va psixologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadigani ham aynan shu yosh oila bosqichiga to'g'ri keladi. Bu bosqichda er-xotinlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari shakllanadi, farzandlar dunyoga keladi, ularni tarbiyalash, voyaga yetkazish bilan bog'liq bo'lgan asosiy ishlar amalga oshiriladi. Shularni hisobga olgan holda hukumatimiz tomonidan yosh oilalar, ularning mustahkamligini ta'minlash va ularni ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy qo'llab quvvatlash, yangi oilaning barqarorligini ta'minlashga imkoniyatlar yaratish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oilaning mustahkam bo'lishi, er-xotinning baxtiyor, tinch-totuv yashashlarida ularning o'zaro qovushuvi muhim rol o'ynaydi. O'zaro qovushishlarni shartli ravishda uchta tarkibiy qismga ajratish mumkin:
1. Biologik qovushuv.
2. Psixologik qovushuv.
3. Sotsial (ijtimoiy) qovushuv.

3.Er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishga oid qonuniyatlar.


Muqaddas islom dini taʼlimotida oilaviy hayot muqaddas hisoblanadi. Chunki, oila jamiyat binosining asosi, bir boʻlagidir. Agar binoning asosi sogʻlom boʻlsa, bino ham mustahkam boʻladi, aks holda bunday bino yemirilish va qulash xavfi ostida qoladi. Aynan shuning uchun dinimizda oila masalasiga benihoya jiddiy eʼtibor qaratiladi, uning mustahkamligi, er-xotin oʻrtasidagi mehr-muhabbat davomiyligini taʼminlash uchun oʻziga xos qonun-qoidalar mavjud.
Oilada er va xotinga oʻziga xos burch va vazifalar yuklangan, bir-biriga nisbatan haq va huquqlari belgilab berilgan. Agar er va xotin mazkur qoidalarga amal qilsa, bir-biriga nisbatan zimmalaridagi burch va masʼuliyatini his qilib, sitqidildan ado etsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday namunaviy oilada tugʻilgan farzandlar ham goʻzal tarbiya topadi va kelajakda ulardan jamiyatga foydasi tegadigan buyuk insonlar yetishib chiqadi.


 Bordiyu, er va xotin bir-birining haq-huquqini tanimasa, balki, ularni poymol qilsa, tabiiyki, unday oilada tinchlik va xotirjamlik boʻlmaydi, oʻzaro mehr-muhabbat zavol topadi. Oila parokanda boʻlish va parchalanish xavfi ostida qoladi. Shu bois ham dinimiz er va xotinning har biriga oʻziga xos huquqlar ato etib, maʼlum majburiyatlarni ham yuklagan. Mazkur huquqlarning baʼzilari er va xotin oʻrtasida mushtarak boʻlsa, baʼzilari erga tegishli va yana baʼzilari xotinning oʻziga tegishli boʻlgan huquqlar hisoblanadi.

Islomda er va xotinlik aloqalari eng muqaddas insoniy aloqa ekan, mazkur aloqalar qay tarzda yoʻlga qoʻyilishi kerakligini ham bilishimiz va mazkur bilimga amal qilishimiz lozim. Er-xotinning oʻzaro munosabatlari qanday boʻlishi kerak? Er kimu, uning qanday majburiyatlari bor? Xotin kimu, uning qanday majburiyatlari bor? Ikkovining qanday oilaviy huquqlari bor? Bir-birlariga munosabatlari qay tarzda boʻlishi kerak?

Shariatimizda shunga oʻxshash savollarning barchasiga javob berilgan. Qurʼoni karim oyatlari va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida bu masala atroflicha yoritilgan. Mujtahid ulamolarimiz mazkur oyat va hadislardan koʻplab hukmlarni chiqargan. Bularning eng asosiylari erkaklar oila koʻrki boʻlgan ayollarimizga chiroyli muomala koʻrsatishi, shirinsoʻz boʻlishi va har tomonlama yaxshilik qilishi lozim. Ularning feʼl-atvoridagi biror harakat yoqmagan taqdirda ham qoʻpollik qilmasdan, shirinsoʻzlik bilan kamchiliklarini aytish, ularni tuzatishga koʻmaklashi kerak boʻladi. 


Oilaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari Ijtimoiy munosabat tizimida oila alohida o‘rin tutadi. Oilaviyhuquqiy munosabatlar nikoh, qon-qarindoshlik aloqalari, huquq normalarida belgilangan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasida vujudga keladi. Inson tug‘ilishi bilan boshqa kishilar muhitida bo‘ladi va bir umr shu muhitda yashaydi. Bunda inson boshqa kishilar bilan turli xildagi munosabatlarda bo‘ladi. Bu munosabatlar turlicha bo‘lib, ular jumlasiga qarindoshlik, do‘stlik, qo‘shnichilik, vatanparvarlik, ruhiy, iqtisodiy, ishlab-chiqarish, haq evaziga va tekin, axloqiy, diniy, oilaviy munosabatlarni kiritish mumkin. Mazkur munosabatlarning bir qismi davlat tomonidan qonun yordamida tartibga solinganligi sababli ham, bu munosabat huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar o‘z predmetining tabiatiga ko‘ra turli huquq sohalari: konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, oila va shu kabi tarmoqlar normalari bilan tartibga solinadi. Nikoh tuzish, oilaning vujudga kelishi va amal qilishi, bolalarning tug‘ilishi, ularning moddiy ta’minoti va tarbiyalanishi, tegishli muassasalarda joylashtirilishi faktlaridan kelib chiqadigan va qonun hujjatlari tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar – oilaviy-huquqiy munosabatlar deb nomlanadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar jamiyatda juda keng tarqalgan munosabatlardir. Oilaviy munosabatlar muayyan hollarda odob-axloq qoidalari bilan ham tartibga solinadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar nikoh va oila doirasidagi aniq ijtimoiy munosabatlarni oila qonunchiligi nuqtayi nazaridan tatbiq etishdir. 36 Oilaviy-huquqiy munosabatlar davomli huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Bu xususiyat huquqiy munosabatning maqsadlari bilan belgilanadi. Nikoh tuzishdan maqsad oila qurish bo‘lib, u er-xotinning butun umri davomida birga yashashiga mo‘ljallanadi. Ota-onalik huquqiy munosabati bolalarning tarbiyasi va ta’minotiga qaratiladi. Farzandlikka olish, vasiylik, homiylik va boshqa huquqiy munosabatlar ko‘p xususiyatlari bilan bir-biriga o‘xshab ketadi. Bunday huquqiy munosabatlarda qo‘yilgan maqsadlarga uzoq muddat davomida erishish mumkin. Oilaviy-huquqiy munosabatlar muddatsiz bo‘ladi. Er-xotinning huquq va majburiyatlari, nikohdan ajralish holatini hisobga olmaganda, bir umr davom etadi. Ayni paytda shunday oilaviy-huquqiy munosabatlar ham mavjudki, ular ma’lum muddat bilan cheklanadi, biroq belgilangan davrgacha albatta davom etadi. Masalan, ota-onalarning o‘z bolalarini tarbiyalash majburiyatlari farzand 18 yoshga to‘lganiga qadar davom etadi. Amaldagi qonunchilik oilaviy-huquqiy munosabatlarni huquqiy munosabatlarning maxsus alohida turi deb hisoblab, uning fuqarolikhuquqiy munosabatlardan farq qilishini ko‘rsatadi. To‘g‘ri, oilaviy-huquqiy munosabatlar o‘zining ba’zi bir belgilari bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga o‘xshab ketadi. Biroq bu o‘xshashlik faqat tashqi ko‘rinishdadir. Mazmunan oilaviy va fuqarolikhuquqiy munosabatlar o‘rtasida muhim sifat farqlari bor. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning asosiy qismini mulkiy munosabatlar tashkil etsa, oilaviy-huquqiy munosabatlarning asosiy qismini esa, aksincha mulkiy bo‘lmagan nomulkiy shaxsiy munosabatlar tashkil etadi. Shunga muvofiq fuqarolik huquqining hamma normalari, barcha institutlari, avvalo, mulkiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘lsa, oila huquqi esa, birinchi navbatda, shaxsiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar, asosan, muayyan ekvivalent barobarida belgilanadigan qiymat, baho bilan ifodalanadigan xarakterga ega.

Download 30,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish