Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urtalashda qaysi jihatlarga e`tibor qaratiladi.
Hozirgi paytda aholi orasida keng tarqalgan majburiy sug'urtaning quyidagi turlari mavjud:
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish”
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash" hantda
“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish”
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida ko'rsatilgan majburiy sug'urta turlari hukumat qarorlari asosida joriy etilgan. Unda sug'urtalanuvchilar guruhi. sug'urta qilish shartlari, sug'urta tarifi stavkalari va sug'urta qoplamalai'i miqdori ko'rsatilgan. Bugungi kunda barcha transport vositalari egalari uchun amalga oshirilayotgan avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sug'urtasi juda samarali ishlamoqda. Davlatning majburiy sug'urta turlarini joriy etishidan ko'zlangan asosiy maqsad majburiy sug'urtani amaliyotga joriy qilgan holda uning mohiyati va zarurligini keng ommaga namoyon qilish, shuningdek uning aholini ijtimoiy muhofaza qilishdagi ahamiyatini anglatishdan iborat.
Majburiy sug'urtaning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyatini inobatga olgan holda 2008 yil 21 aprelda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 41 ta moddadan iborat bo'lib, unda mazkur qonunning maqsadi, asosiy tushunchalari, majburiy sug'urtaning asosiy tamoyillari, majburiy sug'urtani amalga oshirishning shartlari va tartibi, sug'urta hodisalari ro'y berganda zaraming o'mini qoplash, kompensatsiya to'lovlari, majburiy sug'urta bo'yicha to'lovlami kafolatlash kabi boblar mavjud. Mazkur qonun qabul qilingandan so'ng uni amalga oshirishni ta'minlashga qaratilgan Hukumat qarorini qabul qilishga zarurat tug'ildi va 2008 yilning 26 iyunida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g‘risida”gi 141-sonli qaror qabul qildi.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo‘yicha barqarorlashtirish zaxirasining hisob-kitobi quyidagi ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
“ transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha hisobot davrida hisoblangan sug'urta brutto-mukofoti;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha hisobot davrida amalga oshirilgan sug'urta to'lovlari;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishni hisobot davrida amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sug'urta hodisalari sodir boiishining oldini olish va ogohlantirish bo'yicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar):
sug'urtalovchilaming transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha To'lovlami kafolatlash jamg'armasiga to'laydigan majburiy badallari;
boshqa ko'rsatkichlar.
Hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha xarajatlar quyidagilaming yig'indisi sifatida aniqlanadi:
hisobot davrida sug'urta shartnomalarining muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining o'zgartirilishi) munosabati bilan sug'urta qildiruvchilarga qaytarilgan sug'urta mukofotlari (badallari);
hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishni amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sug'urta hodisalari sodir bo'lishining oldini olish va ogohlantirish bo'yicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar); Quyidagilardan iborat bo'lgan hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha joriv sug'urta to'lovlarini ta’minlash xarajatlari: > sug'urtalovchilaming to'lovlami kafolatlash jamg'armasiga hisobot davri uchun to'laydigan majburiy badallari; > ishlab topilmagan mukofot zaxirasi. xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi va sodir bo'lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining hisobot davrida ko'payish tomonga o'zgarishi; > hisobot davrida amalga oshirilgan sug'urta to'lovlari.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish javobgarlikni sug'urta qilishning jahonda ayniqsa keng tarqalgan turi hisoblanadi. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish aksarivat mamlakatlarda majburiy hisoblanadi va tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutilgan. Mazkur qonun hujjatlarida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish asosiy tamovillari va shartlari. javobgarlik limitlari va hokazolar belgilangan