13. 1. Asab jarayonlari хususiyatlarining kuchiga, ya’ni asab sistemasining kuchli qo’zg’ovchilariga chegaradan tashqarigi tormozlanishga uchramasdan, uzoq vaqt bardosh bera olish qobiliyati kiradi. Qat’iy va uzoq vaqt davom etadigan qo’zg’alish jarayoni hosil qiladigan ko’zg’ovchilar kuchli qo’zg’ovchilar deyiladi. Bunda inson narsa va hodisalarni tez qabul qila oladi va uzoq muddatda ular haqida chuqur fikrlay oladi, tegishli хulosalar chiqarishga qodir. Ushbu holat yorqin va hamisha namoyon bo’lib turadigan kishilarga eng yuqori ball—5 ball yoki 4 ball qo’yiladi. Asab faoliyati qo’zg’alishining o’rtacha darajasiga 3 ball, nisbatan past darajada bo’lishiga esa 2 yoki 1 ball qo’yilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |