Berilgan darak gapni so‘roq va buyruq, so‘roq gapni darak va
buyruq, buyruq gapni darak va so‘roq gaplarga aylantiring.
Namuna:
Aqldan ortiq boylik yo`q – Aqldan ortiq boylik bormi?
1.Aql-farosat – nisbi karomat. (Maqol) 2.Aql o`rgatguncha naql o`rgat.
(Maqol) 3. Ahmoq o‘zini dono deb o‘ylaydi, dono o‘zining ahmoqligini biladi –
ularning farqi shunda. (Uilyam Shekspir) 4. Seni o‘zingdan boshqa kim shunchalar
tez-tez aldaydi? (Benjamin Franklin)
26.3-mashq.
Chiroyli nutq
mashqi. Biror hayajonli voqea haqida
o‘rtog‘ingizga chiroyli og‘zaki xabar bering. Xabaringizda gapning ifoda
maqsadiga ko‘ra turlaridan teng foydalaning.
Savol va topshiriqlar:
1.Gapning ifoda maqsadiga ko`ra qanday turlarii bor?
2.Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari nimasiga ko`ra farqlanadi?
3.Bunday gaplar oxirida qanday tinish belgisi qo`yiladi?
4.Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlarini hosil qiluvchi vositalarni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |