14.2-mashq
. Quyidagi rejaning mantiqiy va ishoraviy xatoliklarini tuzating.
MEHNAT BAXT KELTIRAR
I. K i r i s h. Mehnat — faoliyat.
II. A s o s i y q i s m.
1. Mehnat – halol turmush tarzi omili.
2. “Ishlamagan tishlamaydi”.
3. Mehnat insonni ulug‘laydi.
III. X u l o s a: Mehnatning tagi – rohat.
14.3-mashq
. Quyidagi gaplarni tartibga keltirib, insho mavzusi va rejasini
hosil qiling. Rejada uning qismlari to‘liq aks etsin.
1.Uvaysiy chistonlari – aql charxi. 2.Uvaysiy chistonlarida o‘xshatish usulining
qo‘llanishi. 3.Uvaysiy chistonlarining mavzuviy ko‘lami. 4.Uvaysiyning hayoti va
ijodi. 5.Uvaysiy – chistonnavis. 6.Uvaysiy ijodiy muhiti. 7.Uvaysiy chistonlarining
bola tafakkuriga ta’siri.
14.4-mashq
. Og‘zaki nutq mashqi. “Bobomning o‘gitlari” mavzusida 1
daqiqalik ifodali telenutq tayyorlab, namunali bayon etishga hozirlik ko‘ring.
Do'stlaringiz bilan baham: |