NAMUNAVIY ShTATLAR JADVALI
T/r
|
Lavozim nomi
|
Shtat birligi miqdori
|
I. Ma’muriy-boshqaruv xodimlari
|
1.
|
Ijrochi direktor
|
1
|
2.
|
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor
|
1
|
3.
|
Ma�sus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
|
1
|
4.
|
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
|
1
|
5.
|
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida va chaqiriqqacha harbiy tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari
|
1
|
6.
|
Bosh buxgalter
|
1
|
7.
|
Kadrlar bo‘yicha menejer
|
1
|
II. O‘quv-yordamchi xodimlar
|
8.
|
Kutubxonachi
|
1
|
9.
|
Yoshlar yetakchisi
|
1
|
10.
|
Psixolog
|
1
|
11.
|
To‘g�rak rahbari
|
4
|
12.
|
O‘quv bo‘limi uslubchisi1
|
1
|
13.
|
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi (suzish bo‘yicha)2
|
1
|
14.
|
Tarbiyachi3
|
7
|
15.
|
Navbatchi tarbiyachi4
|
4,8
|
III. Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
|
16.
|
Xo‘jalik ishlari mudiri
|
1
|
17.
|
Ish yurituvchi-kotiba
|
1
|
18.
|
Laborant5
|
4
|
19.
|
Muhandis-dasturchi6
|
1
|
20.
|
Hamshira (sutkalik navbatchilik uchun)
|
4
|
21.
|
Haydovchi7
|
*
|
22.
|
Santexnik8
|
*
|
23.
|
Elektromonter9
|
*
|
24.
|
Farrosh10
|
*
|
25.
|
Isitish markazi operatori11
|
3
|
26.
|
Dezinfeksiyalovchi
|
1
|
27.
|
Qorovul12
|
8
|
28.
|
Bog‘bon
|
1
|
29.
|
Ko‘cha supuruvchi
|
1
|
30.
|
Duradgor
|
1
|
31.
|
Yotoqxona komendanti13
|
1
|
32.
|
Xo‘jalik bekasi
|
1
|
33.
|
Kirlarni yuvish bo‘yicha mashinist
|
1
|
Jami:
|
56,8**
|
*
Ushbu lavozimlar maktabning haqiqiy parametrlari va ehtiyojlari asosida hisoblab chiqiladi.
**
22 — 25 shtat birligining umumiy soni lavozimsiz ko‘rsatilgan.
Izoh.
1 Shtat birliklari soni mutaxassis fanlar bo‘yicha to‘garaklar asosida hisoblangan — 1) Robototexnika; 2) Informatika va dasturlash; 3) San’at, dizayn va tasviriy san’at; 4) Notiqlik va aktyorlik mahorati maktabi.
2 Shtat birligi ishlab turgan hovuz mavjudligida kiritiladi.
3 Tarbiyachi lavozimi 1,0 birlik hisobidan har bir parallel sinfga kiritiladi.
4 Navbatchi tarbiyachi lavozimi o‘quvchi istiqomat qiladigan maktab yotoqxonasining har bir qavati uchun 1,6 birlik hisobidan kiritiladi.
5 Laboratoriya xodimlari soni laboratoriyalar soniga bog‘liq — kimyo, biologiya, fizika, yoshlarning innovatsion ijodkorlik laboratoriyasi (makerspace).
6 Muhandis-dasturchining vazifasiga dasturiy ta’minotdagi muammoni bartaraf etish, texnik ko‘mak berish, o‘qituvchilar tomonidan foydalaniladigan elektron jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish kiradi.
7 Shtat birliklari soni 1 ta transport vositasi uchun 1 ta hisob-kitob qilinadi.
8 Santexnik-elektromontyor 2,500 m
2 ga 1 ta shtat birligi hisob-kitobiga asoslanadi.
9 Elektromontyor shtat birligi har 700 ta yoritish nuqtasiga 1 ta hisob-kitob qilinadi.
10 Shtat birligi har 700 m
2 ga 1 ta hisob-kitob qilinadi.
11 Agar mustaqil qozonxona mavjud bo‘lsa, 1 ta smenaga 1 ta operator shtat birligi o‘rnatiladi.
12 Qorovul lavozimiga dam olish, bayram va ta’til kunlarini hisobga olgan holda, har bir post (maktabga kirish/chiqish) uchun 4 ta xodim soni taqdim etiladi. Shartnoma asosida xavfsizlik xizmatlaridan foydalanganda maktab ma’muriyatiga xodimning lavozimi kiritilmaydi.
13 Komendant o‘quvchilar va chet ellik o‘qituvchilar yotoqxonasi uchun mas’ul hisoblanadi.
Prezident maktablari to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilari va xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilari va xodimlarini (o‘rindosh xodimlar) qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
2. Prezident maktablarining xodimlari uchun belgilanadigan rag‘batlantiruvchi (qo‘shimcha) to‘lovlar va ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moddiy rag‘batlantirish turlariga qo‘shimcha tarzda belgilanadi.
2-bob. Rag‘batlantiruvchi (qo‘shimcha) to‘lovlar va ustamalar hamda ularni to‘lash shartlari
3. Prezident maktablari xodimlariga har oylik va bir martalik rag‘batlantiruvchi (qo‘shimcha) to‘lovlar belgilanishi mumkin.
Mazkur Nizomda belgilangan rag‘batlantiruvchi (qo‘shimcha) to‘lovlar ro‘yxati va miqdori Prezident maktabi Ijrochi direktorining buyrug‘i asosida belgilanadi.
4. Xodimlarga ustamalar quyidagicha belgilanadi:
asosiy ish joyidan shtat jadvaliga va Prezident maktabi tarifikatsiyasiga muvofiq bazaviy ish haqiga nisbatan foiz hisobida;
o‘rindoshlik asosida soatbay ish haqiga nisbatan foiz hisobida.
5. Pedagog xodimlarga har oylik ustamalar quyidagi miqdorlarda va samaradorlik mezonlari asosida belgilanishi mumkin:
a) o‘quvchilarning mustaqil nazorat ishlari (kirish, oraliq, yakuniy nazorat) natijalari bo‘yicha pedagog xodim faoliyatining samaradorligini baholash. Samaradorlik mezonlari pedagog dars olib boradigan barcha sinflarda barcha o‘quvchilarning o‘rtacha ballari bo‘yicha hisoblanadi. Bunda:
yuqori natijalar (a’lo) uchun — asosiy ish haqining 100%;
yaxshi natijalar (yaxshi) uchun — asosiy ish haqining 50% miqdorida ustamalar belgilanadi;
b) o‘quvchilarning mustaqil nazorat ishlari yakunlari (kirish, oraliq, yakuniy nazorat) bo‘yicha pedagog xodimning ta’lim berish natijalari ijobiy dinamikasining samaradorlik mezonlari ketma-ket ikki nazorat ishi natijalari bo‘yicha barcha o‘quvchilarning o‘rtacha ballari o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi. Bunda ijobiy o‘zgarishlarning aniq dinamikasi (o‘rtacha ballning 10% dan ortiq o‘sishi) — 50% tayanch ish haqi sifatida belgilanadi;
Ushbu ustama pedagog xodimning natijalari ushbu bandning “a” kichik bandi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lash uchun yetarli bo‘lmagan holatda belgilanadi;
v) o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, barcha Prezident maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘quvchilarning mustaqil nazorat ishlari (yakuniy nazorat) natijalari bo‘yicha pedagog xodim faoliyatining samaradorligini baholash. Samaradorlik mezonlari pedagog dars olib boradigan sinflarda barcha o‘quvchilarning o‘rtacha ballari bo‘yicha hisoblanadi. Bunda:
eng yaxshi natija (1-o‘rin) — asosiy ish haqining 60%;
ikkinchi eng yaxshi natija (2-o‘rin) — asosiy ish haqining 40%;
uchinchi eng yaxshi natija (3–o‘rin) — asosiy ish haqining 20% miqdorida ustamalar belgilanadi;
g) oraliq va yakuniy nazoratlar uchun sinov materiallarini ishlab chiqish:
1 ta variant uchun — 15%;
2 ta variant uchun — 20%;
3 ta variant uchun — 25% miqdorida ustamalar belgilanadi;
d) o‘quvchining kurs yoki loyiha ishiga rahbarlik qilinadigan har bir loyiha ishi uchun — 25%;
e) o‘quvchilarni qo‘shimcha va fakultativ darslarga jalb qilish bo‘yicha pedagog (sinf rahbari) faoliyatining faolligi. Ushbu ko‘rsatkich o‘qituvchining sinf rahbarligi ostida sinfda o‘quvchilarning umumiy soniga fakultativ, to‘garaklar va boshqa tizimli darslarga qatnaydigan o‘quvchilarning ulushi sifatida hisoblanadi;
70 dan 100% gacha — asosiy ish haqining 30%;
40 dan 69% gacha — asosiy ish haqining 15%;
j) pedagogning ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikati:
IELTS 6,0 va undan yuqori ball /TOEFL IBT 60 dan 78 ballgacha/ CEFR B2 (yoki analog) — asosiy ish haqining 60%;
IELTS 5,0 — 5,5 ball /TOEFL IBT 35 dan 59 ballgacha/ CEFR B1 (yoki analog) — asosiy ish haqining 30% miqdorida ustamalar belgilanadi;
z) Times Nigher Education (TNE), QS World University Rankings universitetlari reytingiga yoki pedagogika bo‘yicha milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalar ilmiy darajasiga ko‘ra TOP-1000 ro‘yxatiga kiritilgan yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining diplomi mavjudligi:
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari magistri diplomi yoki unga tenglashtirilgan, milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan nomzodi darajasi — lavozim maoshining 50%;
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining PhD darajasi yoki unga tenglashtirilgan, milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan doktori darajasi — lavozim maoshining 100% ni tashkil etadi.
Ushbu samaradorlik mezonlari uchun ustama pedagogning (ilmiy jihatdan asoslangan yangi, ilg‘or o‘qitish usullarini ishlab chiqish (joriy etish) bo‘yicha) faol uslubiy ishlarini ko‘zda tutadi. O‘qituvchining metodologik ishining qoniqarsiz natijalari yuzaga kelganda, ustama bekor qilinishi mumkin. Anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etmaslik, nashrlarda maqolalarning va o‘quv-uslubiy ishlanmalarning yo‘qligi qoniqarsiz natija hisoblanadi;
i) Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlarini tayyorlash bo‘yicha pedagogning natijalari (ustama miqdorini hisoblashning eng yaxshi uchta sovrinli o‘rni uchun qo‘shimcha to‘lovlar bilan cheklangan):
shahar miqyosida (1 — 3 o‘rin uchun)
1- o‘rin uchun — asosiy ish haqining 45%;
2-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 30%;
3-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 15%;
viloyat (hududiy) miqyosida:
1-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 60%;
2-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 40%;
3-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 20%;
respublika miqyosida (1 — 3 o‘rin uchun):
1-o‘rin uchun (oltin medal) — asosiy ish haqining 100%;
2-o‘rin uchun (kumush medal) — asosiy ish haqining 75%;
3-o‘rin uchun (bronza medal) — asosiy ish haqining 50%;
xalqaro miqyosda (1 — 3 o‘rin uchun):
1-o‘rin uchun (oltin medal) — asosiy ish haqining 200%;
2-o‘rin uchun (kumush medal) — asosiy ish haqining 175%;
3-o‘rin uchun (bronza medal) — asosiy ish haqining 150%.
6. Pedagog xodimlarga bir martalik ustama quyidagi samaradorlik mezonlari asosida va quyidagi miqdorlarda belgilanishi mumkin:
a) o‘qituvchining professional tanlovlarda ishtirok etish natijasi:
shahar miqyosdagi mukofot — asosiy maoshning 50%;
respublika miqyosidagi sovrin — asosiy ish haqining 100%;
xalqaro miqyosdagi sovrin — asosiy ish haqining 150%;
b) umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi xalqaro manbalarda (Scopus, WoS yoki analog) indekslangan jurnallarda maqola nashr etilishi — asosiy ish haqining 50% dan 200% gacha.
respublikada akkreditatsiyadan o‘tgan jurnallarda — 50%. Ushbu band bo‘yicha jurnallarga qo‘yiladigan talablar Vazirlik tomonidan har o‘quv yili boshida belgilanadi;
v) ma’ruzachi sifatida umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi xalqaro konferensiya yoki seminarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etish — asosiy ish haqining 100%.
7. Ma’muriy-boshqaruv xodimlariga (ijrochi direktor, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor, direktor o‘rinbosarlari) oylik ustamalar quyidagi samaradorlik mezonlari asosida va quyidagi miqdorlarda belgilanishi mumkin:
a) rahbar xodimning ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikati:
IELTS 6,0 va undan yuqori ball /TOEFL IBT 60 dan 78 ballgacha / CEFR V2 (yoki analog) — asosiy ish haqining 60%;
IELTS 5,0 — 5,5 ball/TOEFL IBT 35 dan 59 ballgacha / CEFR B1 (yoki analog) — asosiy ish haqining 30%;
b) yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining diplomi (TOP-1000 ro‘yxatiga kiritilgan Times Nigher Education (TNE), QS World University Rankings) yoki pedagogika yoxud boshqaruv (ma’muriyat) bo‘yicha milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning ilmiy darajasi mavjudligi:
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari magistri diplomi yoki unga tenglashtirilgan, milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan nomzodi darajasi — lavozim maoshining 50%;
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining PhD darajasi yoki unga tenglashtirilgan, milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan doktori darajasi — lavozim maoshining 100% ni tashkil etadi.
v) mustaqil nazorat ishlari (kirish, oraliq, yakuniy nazorat) natijalari bo‘yicha Prezident maktabi o‘quvchilarining o‘zlashtirish natijalarini baholash. Ishlash mezonlari barcha maktab o‘quvchilarining o‘rtacha balli:
yuqori natijalar (a’lo) — asosiy ish haqining 60%;
yaxshi natijalar (yaxshi) — asosiy ish haqining 30%;
g) o‘qituvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash va o‘quvchilarni maktabda o‘qitish. Ushbu ko‘rsatkich maktabda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishni hisobga oladi, shu jumladan o‘quv jarayonida ishtirokchilar tomonidan rahbariyat faoliyatini baholash:
ta’lim jarayonlarini yuqori darajada sifatli tashkil qilish — asosiy ish haqining 60%;
ta’lim jarayonlarini yaxshi darajada sifatli tashkil qilish — asosiy ish haqining 30%;
d) Prezident maktablari reytingi natijalari. Reyting ko‘rsatkichlari hisobining tartibi va mezonlari vazirlik tomonidan belgilanadi:
1) bitiruvchilarning universitetlarga kirishi;
yuqori ko‘rsatkichlar — 80%;
o‘rta ko‘rsatkichlar — 40%;
past ko‘rsatkichlar — 0%;
2) Olimpiadalar g‘oliblari soni va darajasi:
yuqori ko‘rsatkichlar — 70%;
o‘rta ko‘rsatkichlar — 40%;
past ko‘rsatkichlar — 0%;
3) o‘zlashtirish monitoringi natijalari:
yuqori ko‘rsatkichlar — 80%;
o‘rta ko‘rsatkichlar — 40%;
past ko‘rsatkichlar — 10%.
8. Ma’muriy-boshqaruv xodimlariga (ijrochi direktor, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor, direktor o‘rinbosarlari) bir martalik to‘lovlar quyidagi samaradorlik mezonlari va miqdorlarda belgilanishi mumkin:
a) umumiy o‘rta ta’lim sohasi bo‘yicha maqola nashr etish:
respublika jurnallarida — 50%;
xalqaro bazalarda indekslangan, taqriz qilingan jurnallarda — asosiy ish haqining 50% dan 200% gacha (jurnal faktorining impaktiga qarab). Ushbu band bo‘yicha jurnallarga qo‘yiladigan talablar vazirlik tomonidan har o‘quv yili boshida belgilanadi;
b) umumiy o‘rta ta’lim sohasiga anjuman yoki seminarda ma’ruza qilish;
viloyat (shahar) yoki respublika anjumanlarida — 50% (ma’ruzachi sifatida);
xalqaro anjumanda — 100% (ma’ruzachi sifatida).
9. O‘quv-yordamchi xodimlarga oylik ustama haqi quyidagi samaradorlik mezonlari va miqdorlari asosida belgilanishi mumkin:
a) rahbar xodimning ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tish to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikati:
IELTS 6,0 va undan yuqori ball/TOEFL IBT 60 dan 78 ballgacha / CEFR B2 (yoki analog) — asosiy ish haqining 50%;
IELTS 5,0 — 5,5 ball /TOEFL IBT 35 dan 59 ballgacha / CEFR B1 (yoki analog) — asosiy ish haqining 30%;
b) yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining diplomi (Times Nigher Education (TNE), QS World University Rankings universitetlari reytingiga TOP-1000 ro‘yxatiga kiritilgan) yoki mutaxassisligi bo‘yicha milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning ilmiy darajasi mavjudligi:
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari magistri diplomi yoki unga tenglashtirilgan, milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan nomzodi (falsafa doktori (PhD)) darajasi — lavozim maoshining 50%;
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining PhD darajasi yoki unga tenglashtirilgan, milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan doktori (DSc) darajasi — lavozim maoshining 100% ni tashkil etadi.
3-bob. Hisoblash tartibi
10. Rag‘batlantiruvchi (qo‘shimcha) to‘lovlarni belgilash bo‘yicha takliflar Prezident maktablari huzurida tashkil etilgan ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) a’zolari tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Ishchi guruh 5 kishidan kam bo‘lmagan tarkibda Prezident maktabi Ijrochi direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Ishchi guruh xulosasi Prezident maktabi direktoriga rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun kiritiladi.
Ishchi guruh a’zolarining yig‘ilish bayoni har chorakda, alohida hollarda esa zarur bo‘lganda o‘tkaziladi.
Ishchi guruh yig‘ilishi Ishchi guruh a’zolarining kamida 80 foizi ishtirok etadigan bo‘lsa, ovoz berishga ega (kvorum) hisoblanadi.
Xodimlarni rag‘batlantiruvchi (qo‘shimcha) to‘lovlar miqdorlarini belgilash to‘g‘risidagi qaror Ishchi guruh a’zolarining ochiq ovoz berishlari orqali amalga oshiriladi. Qaror ovoz beruvchi (kvorum) ishtirokchilarining kamida uchdan ikki qismi ishtirokida qabul qilinadi.
Mehnat shartnomasi bekor qilinishi (xodim o‘z ish faoliyatida qonunni buzganligi tufayli ishdan ozod etilgan holatlardan tashqari), boshqa ishga o‘tishi va boshqa holatlar munosabati bilan to‘liq vaqt ishlab berilmagan bo‘lsa, bir martalik to‘lov Prezident maktabi Ijrochi direktori bilan kelishilgan holda to‘lanadi.
Prezident maktabi xodimlariga qonun hujjatlarida va Prezident maktabi jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lanishi mumkin.
Bitta xodimga bajarilgan ishlar miqdori hisobga olingan holda va ushbu Nizomning talablariga muvofiq bir vaqtning o‘zida bir nechta rag‘batlantirish to‘lovlari turlarini belgilashga ruxsat etiladi.
Xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish masalalari Ishchi guruh tomonidan bayonnoma ko‘rinishida Prezident maktabi Ijrochi direktoriga taqdim etiladi.
Prezident maktabi direktorini rag‘batlantirish va qo‘shimcha ustama haqi belgilash O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlik rag‘batlantirish va qo‘shima ustama haqi belgilash to‘g‘riligini nazorat qiladi va buning uchun javobgar hisoblanadi.
11. Prezident maktablari xodimlarini rag‘batlantirish va qo‘shimcha ustama haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan, homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
12. Har yili 20-dekabrga qadar Prezident maktablari vazirlikka kelgusi yil uchun xarajatlar smetasi loyihasini tegishli asos va hisob-kitoblari bilan taqdim etadi.
13. Prezident maktablari har chorakda belgilangan tartibda vazirlikka ushbu mablag‘lardan foydalanganligi bo‘yicha hisobot taqdim etadi.
14. Rag‘batlantirish va ustama haq oylik maoshi bilan birga bir vaqtda to‘lab berilishi mumkin.
15. Ishchi guruh Prezident maktablari xodimlariga ustama haq belgilash va rag‘batlantirish bo‘yicha hujjatlar (bildirgi, buyruq va boshqalar) tayyorlanishi va ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Prezident maktablari to‘g‘risida nizomga
3-ILOVA
_____________________
|
shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshiruvchi to’g’risida
|
MA'LUMOTNOMA
|
Berildi ___________________________________________
|
Rasm
3 x 4 sm
|
F.I.O (tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga binoan)
|
____________________________________________________
|
haqiqatdan ham _____________ sinfda o`qiydi.
|
__________________________________________________
|
Maktabning nomi va to‘liq manzili
| |
ta‘lim muassasasining ustaviga binoan
|
| | | | | |
*Talabgor haqida ma'lumot
| |
Doimiy yashash joyi va to'liq manzili
|
Talabgorning doimiy yashash joyining to‘liq manzilini ko‘rsating (viloyat, shahar, tuman, qishloq, ko‘cha, uy, xonadon)
|
Yashash joyi va to‘liq manzili
|
Talabgorning yashash joyining to‘liq manzilini ko‘rsating (viloyat, shahar, tuman, qishloq, ko‘cha, uy, xonadon)
|
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami
|
(Talabgorning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining seriyasi va raqamini ko‘rsating)
|
Tug‘ilgan sanasi
|
(Talabgorning tug‘ilgan kuni, oyi, yiliniko‘rsating)
|
Ta'lim tili
|
(Talabgorning ta'lim tilini ko‘rsating)
|
Sinf rahbari F.I.O. va telefon raqami
|
(Talabgorning sinf rahbarining F.I.O va telefon raqamini ko‘rsating)
|
Maktabning to‘liq nomi va manzili, telefon raqami
| |
Ota-onaning SMS xabar olishi uchun telefon raqami (kodi bilan)
|
(qabulga oid ma’lumotlar ko’rsatilgan telefon raqamga sms xabar orqali etkaziladi)
|
Qo'shimcha telefon raqam (kod bilan)
| |
| | | | | | | | | |
|
*Ota-onalar (qonuniy vakillari) haqida ma'lumot:
| | | |
Qarindoshligi
|
F.I.O.
|
Pasport ma'lumotlari (pasport seriyasi va raqami, qachon va kim tomonidan berilgan)
|
Yashash manzili, telefon raqami
|
Ota-onalardan biri yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxs
|
|
|
|
| | | | | | | | | |
SMS — xabarnoma uchun telefon raqami (kod bilan)
| |
Qo'shimcha telefon raqami (kod bilan)
| |
Mening farzandim Prezident maktabida o’qish uchun kirish imtihonlarida ishtirok etishiga ruxsat berishingizni so'rayman.
Prezident maktabi maktab-internat shaklida tashkil etilishi to’grisida ma’lumot oldim hamda farzandim 5 kun (dushanba-juma) kunlari davomida maktab hududida qolib o'qishiga qarshi emasman.
Men taqdim etgan barcha ma'lumotlarning to'liq va haqqoniy ekanligini tasdiqlayman.
Bila turib yolg'on yoki to'liq bo'lmagan ma'lumotlarni taqdim etish farzandimning natijalarni e'lon qilishdan oldin istalgan bosqichda tanlovdan chiqarilishiga olib kelishidan habardorman.
Farzandimning shaxsiy ma'lumotlarini, tanlovda ishtirok etish jarayonida Prezident maktabi tomonidan olingan tanlov natijalarini, qabul komissiyasi a'zolari, xorijiy hamkorlar, davlat organlari, ekspertlar va boshqa manfaatdor tashkilotlarga topshirilishiga, shuningdek, tanlov natijalarini Prezident maktablarining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishiga e'tiroz bildirmayman.
Kirish imtihonlarining natijalari qayta ko'rilmaydi, test sinovlari yakunida imtihon materiallari talabgorlarga berilmaydi.
|
____________________________
| | |
Imzo
|
______________
|
Ota-onalardan biri yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxsning (F.I.O)
| | | | | | |
| | | | | | | | | |
20____yil “___”_______________
| | | | | | |
| | | | | | | | | |
Maktab direktori_______________
| | |
Imzo
|
______________
|
| | | | | | | | | |
|
M.O‘. 20____yil “___” _________
| |
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.09.2018 yildagi PF-5538-son Farmoni, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.03.2017 yildagi 140-son qaroriga asosan
ta'lim muassasasi rahbari berilgan axborotning haqoniyligi uchun shahsan javob beradi;
** Ushbu ma’lumotnoma Prezident maktabiga talabgorlarning ota-onalaridan biri yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi hisoblanadi;
*** Maktab direktoriga: Ota-onalarni sarson qilishga va buyruqbozlikka yo‘l qo‘ymaslik ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Prezident maktablari to‘g‘risida nizomga
4-ILOVA
Prezident maktablariga kirish imtihonlarini o‘tkazish va o‘quvchilarni qabul qilish
SXEMASI
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 09/19/526/3338-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)