Muskullarning
tuzilishi
, fiziologiyasi, gigienasi va
yosh xususiyatlari
Muskul sistemasi.
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta yoshli odam
tanasi vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati,
nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning
guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Muskullar
atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana shu ta’sirning
markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-sintez jarayonlari
natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli
harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining
funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi.
Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va yurak muskul
to‘qimasiga bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab, elektron mikroskop
ostida ko‘rilganda, uning och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib joylashgan. Muskul
hujayralaridagi juda to‘g‘ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning qismlari
(aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida ko‘rilganda ko‘ndalang aktin va
miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks taqsimlanganligi bilan farq qiladi.
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo‘lib, keng
tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin
suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda
harakat sodir bo‘ladi. Muskullar tolalarining yo‘nalishiga qarab duksimon, yarim
patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki qorinchali bo‘lishi mumkin.
Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda
bilan o‘ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha
muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar baquvvat
bo‘lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, dumbaning
deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko‘ra,
yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko‘ra, chaynash muskuli,
bukuvchi muskullar va
hokazo
, ikki boshli va hokazo. Tuzilishiga ko‘ra, yarim payli muskul va boshqalar;
joylashishiga ko‘ra, peshona, yelka muskullari va xokazo; shakliga kura,
trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va xokazo.
Muskullar fiziologiyasi.
Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga:
ko‘ndalang-targ‘il va silliq muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi
qisqarish bo‘lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi.
Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol harakat
qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan tuzilganligi
sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning faoliyati bilan
bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon tomirlarining
kengayib-torayishi va hokazo.
Muskullarning tuzilishi.
Muskullar maxsus parda-sarkolemma bilan o‘ralgan muskul
tolalaridan tuzilgan. Muskul tolalarining protoplazmatik moddasi va qisqaruvchi
talaygina ipsimon elementlari-miofibrillari bor. Muskul tolasi pardasining ustida
yadrolari joylashgan. Miofibrillalar muskulning asosiy funksional elementlaridir.
Ko‘ndalang-targ‘il muskul miofibrillalari mikroskop ostida birin-ketin joylashgan
qoramtir va rangsiz disklarga bo‘lingandek bo‘lib ko‘rinadi, bu disklar A va I harflari
bilan ifodalanadi. A disk (anizotrop disk) kuchli darajada ikki yoqlama nur
sindiradigan bo‘ladi, I disk esa (izotrop disk) ikki yoqlama nur sindirish qobiliyatiga
ega emas. Bu tolalar ikki xil nur sindirganliklari uchun mikroskop ostida qaralganda
ko‘ndalang-targ‘il bo‘lib ko‘rinadi.
Miofibrillalarning anizotrop disklari muskulning qisqarishini ta’minlasa, izotrop
disklari ularga elastiklik beradi. Muskul tolalari ranglari bilan ham bir-biridan farq
qiladi. Qizil rangli tolalar sarkoplazmaga boy, miofibrillalari kam bo‘ladi, oqish rangli
tolalarning sarkoplazmasi oz, miofibrillalari esa ko‘p bo‘ladi. Silliq muskullar
ko‘ndalang-targ‘il muskullardan shu bilan farq qiladiki, ular mikroskop ostiga qo‘yib
qaraganda navbat bilan joylashuvi, qoramtir va rangsiz disklari ko‘rinmaydi.
Muskullar ish bajarish darajasiga qarab qon, limfa tomirlari va nerv tolalari bilan
ta’minlangan.
Muskullarning kuchi tolalarining ko‘ndalang kesimiga, ko‘p-ozligiga bog‘liq.
Muskulning har bir santimetri o‘rta hisobda 10 kg yuk ko‘taradi. Ularning ishi nerv
sistemasiniig qo‘zg‘aluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog‘liq,
muntazam ravishda mashq qilib turgan odamning muskullari baquvvat bo‘ladi, kon
tomirlar bilan yaxshi ta’minlanadi, organizmda energiya va moddalar almashinuvi
kuchayadi.
Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq bo‘lib, tashqi muhit ta’sirida cho‘ziladi yoki
qisqaradi. Qisqarganda bo‘g‘imlarda harakat vujudga keladi. Muskullar bo‘g‘imdan
o‘tishiga qarab, bir bo‘g‘imli (masalan, deltasimon muskul) va ko‘p bo‘g‘imli
(masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul) bo‘ladi. Muskullar bo‘g‘imlardagi
harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va antago
nist
muskullarga bo‘linadi.
Sinergist muskullar qisqarganda umumiy harakat vujudga keladi. Masalan, yelka,
bilak va yelkaning ikki boshli muskullari qisqarganda, tirsak bo‘g‘imida bukish
harakati sodir bo‘ladi. Antagonist muskullar qisqarganda qarama-qarshi harakatlar
vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak va yelkaning ikki boshli muskullariga
yelkaning uch boshli muskuli antagonistdir. U qisqarsa, tirsak bo‘g‘imida yozish
harakati sodir bo‘ladi.
Muskullar suyaklarni harakatlantirishda richag qonuni asosida ta’sir etadi. Masalan,
birinchi tartib, ya’ni muvozanat richagida tayanch nuqta o‘rtada, muskulning tortish
va og‘irlik kuchi ikki chetda, ulariing yelkasi va yo‘nalishi bir xil bo‘ladi. Masalan,
ensa-atlant bo‘g‘imida kalla muvozanatining saqlanishi. Bu richagda tayanch nuqta
o‘rtada bo‘lib, kalla yuz qismining
vazni oldingi yelkada
, ensaga birikkai
muskullarning tortish kuchi orqada, bularning yelkasi bir-biriga teng bo‘ladn. Buni
quyidagicha ifodalash mumkin.
Bunda m. t. k. – muskulning tortish kuchi; t. n.–tayanch nuktasi; o. k.– og‘irlik kuchi.
Bunday richagda normal muvozanat saqlanadi.
Ikkinchi tartib richag kuch richagi deyiladi, bunda tayanch nuqta chetda, og‘irlik
kuchi o‘rtada bo‘ladi. Mus kulning tortish kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi uzun.
Bu richagda qatnashuvchi muskullarning yelkasi uzun bo‘lgani uchun kuchli ish
bajariladi.
Uchinchi tartib richagda
Do'stlaringiz bilan baham: |