1281-modda. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish
(1281-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgani holda, moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, —
(1281-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1281-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-fevraldagi O‘RQ-673-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-son)
129-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish
Shaxsning o‘n olti yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda, unga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(129-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
O‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(129-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |