MAXSUS QISM [OKOZ: 1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.01 Shaxsga qarshi jinoyatlar]
BIRINChI BO‘LIM
ShAXSGA QARShI JINOYATLAR I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar 97-modda. Qasddan odam o‘ldirish Qasddan odam o‘ldirish —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, ya’ni:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsni;
b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni;
v) aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni;
g) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini;
d) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda;
e) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
j) o‘ta shafqatsizlik bilan;
z) nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda;
i) tamagirlik niyatida;
k) milliy yoki irqiy adovat zamirida;
l) bezorilik oqibatida;
m) diniy taassublar zamirida;
n) kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida;
o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida;
p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda;
r) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
s) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirilishi —
Oldingi tahrirga qarang. o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi qarorining 8 va 9-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 12-bandi. (97-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)