267-modda. Transport vositasini olib qochish
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasini olib qochish —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib;
g) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘rilik yoki talonchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan;
v) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(267-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida” qarori.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
268-modda. Transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish
Yo‘lovchi, piyoda, velosiped, ot-ulov transportining haydovchisi yoki yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari tomonidan, ushbu Kodeksning 261-263, 265 yoki 266-moddalarida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, harakat xavfsizligi qoidalarini yoki barcha turdagi transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(268-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(268-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha harakat:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6 — 8, 10 va 11-bandlari.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
Do'stlaringiz bilan baham: |