222-modda. Qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxsning qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(222-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda) Qochish:
a) badanga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazgan holda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
223-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan o‘tish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(223-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonunning 10, 12, 15-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi”. Oldingi tahrirga qarang. O‘sha harakatlar:
a) chegarani yorib o‘tish yo‘li bilan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan;
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning” ro‘yxati, “Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning” ro‘yxati, “Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning” ro‘yxati. d) O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bobi. (223-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) besh yildan o‘n yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi, 12-bandining birinchi xatboshisi. Oldingi tahrirga qarang. (224-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-579-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son) Oldingi tahrirga qarang.