Kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish. Bunga misol qilib aloqa bo‘yicha trening guruhini keltirish mumkin. Ularning asosiy vazifalari:
- muloqotda psixologik aloqani o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash qobiliyatini rivojlantirish;
- boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlardagi o‘zlarining imkoniyatlari va cheklovlarini bilish;
- samarali aloqaga xalaqit beradigan ichki to‘siqlar va qisqishlarni bilish va olib tashlash;
- boshqa odamning xatti-harakatlarini oldindan bilish qobiliyatini rivojlantirish va boshqalar.
6.Trening guruhlaridagi boshlovchilarni tayyorlash va attestatsiya qilish masalasi.
Treningni qanchalik samaradorligi trenerning tayyorgarligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy-psixologik trening insonlar o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarning bo‘lishiga erishishni maqsad qilib qo‘yar ekan, uni o‘tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs o‘z ishini mukammal bilishi va faoliyat samarasini ta'minlovchi usullarni qo‘llay olishi asosiy omillardan biridir. Trening o‘tkazuvchiga qo‘yiladigan asosiy shart va talablardan biri shuki, u muloqot jarayonining barcha qirralarini kasbiy va psixologik jihatdan mukammal darajada egallab, nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida qo‘llay bilishdir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar deb atashadi. Demak, trening mashg‘ulotlarini uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotlarda eng avvalo e'tibor berilishi zarur bo‘lgan tomoni u yerda ijtimoiy psixologik trening olib boruvchilarni o‘qitish, tayyorlash, ulardan trening o‘tkazuvchi mutaxassislarni shakllantirishdir. Shuningdek, trenerlarni tez - tez attestatsiyadan o‘tkazib turish, ya'ni ularning nazariy va amaliy tayyorgarligini tekshirib turish maqsadga muvofiqdir. Chunki har bir shaxsning individualligi, ularga o‘ziga xos ta'sir o‘tkazish usullarini bilish, trening jarayonida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda udan samarali chish yo‘llarini takomillashtirib borish treningni yanada natijaviyligini oshiradi.
Trening o‘tish jarayonida qo‘llaniladigan interfaol usullar, trening mashg‘ulotlarida foydalaniladigan turli xil metodikalar, mashq va o‘yinlarning tavsifi, ularni tahlil qilish usullaridan foydalanilishi, shuningdek, trening davomida yuzaga kelgan vaziyatlarni konstruktiv usullar orqali, operativ ravishda echimini to‘ish qobiliyatini rivojlantirish zarur.
Trener avvalo o‘zgalar shaxsiga xos bo‘lgan xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bundan inglizlar aytganidek: «O‘zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan xukmronlikning bir shaklidir» degan naqlni esdan chiqarmaslikdir, lekin bunda pedagogik alg‘truizm ya'ni, o‘zgalar manfaatini o‘zinikidan ustun qo‘yish xislati, o‘zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Har qanday chigal yoki ziddiyatli vazi- yatlardan chiqib ketishgina emas, balki uni oldini ola bilish, vaziyat to‘g‘ri kelganda esa bartaraf etib, ishtirokchilarga to‘g‘ri maslahat bera olishi, empatiya, ya'ni o‘zgalar holatlarini chuqur his qila olish qobiliyatining mavjudligi, o‘zgaruvchan, moslanuvchan aql sohibi bo‘lish, kutilmagan holatlarga o‘zini oldindan tayyorlash, o‘zini yo‘qotmaslik, o‘z xatti-harakatlarini doimo ma'lum maromda ushlash va kerak bo‘lsa o‘zidagi motorikani rivojlantira olish, o‘zgalar nutqi, reaksiyalarini aniq tushunish va tinglash, mimika va mohiyatlar harakatini to‘g‘ri talqin etish va tushunish, tinglovchilar va o‘yin ishtirokchilarining ehtiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormasligi, rejalashtirish qobiliyatining bo‘lishi, oldindan kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jihatlarini oldindan taxminan bo‘lsa ham tasavvur qilib, aniq reja tuza olishi, o‘ziga ishonch, e'tiqodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |