1-mavzu: “MA’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni reja


e) tasavvufiy qarashlarning shakllanishi



Download 237,36 Kb.
bet37/50
Sana08.04.2023
Hajmi237,36 Kb.
#925999
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Bog'liq
1-mavzu “MA’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’ (1)

e) tasavvufiy qarashlarning shakllanishi
Tasavvuf ta’limoti ham islomning dastlabki asrlaridayoq paydo bo‘la boshlagan bo‘lib, avval taqvoga o‘ta qattiq rioya qilish, nafl ibodatlarga berilish bilan ko‘zga tashlangan bu yo‘nalish 8 asrga kelib, Robiyayi Adaviya siymosida ilohiy ishqni ulug‘lashni birinchi o‘ringa chiqardi. 9 asrdan Zunnun Misriy (vafoti 859), Xoris Muhosibiy (791-857), Boyazid Bistomiy (vafoti 875-yil) kabi so‘fiy shayxlari tasavvuf nazariyasiga ilk poydevor toshlarini qo‘ya boshladilar. 9 asr oxiri 10 asr boshlarida Junayd Bag‘dodiy (vafoti 910-yil), Mansur Xalloj (858-922) kabi mashhur siymolar etishib chiqdi. 10 asr oxirida tasavvuf bo‘yicha ilk umumlashtiruvchi kitoblar "Kitob alluma’ fittasavvuf" (Abu Nasr Abdulloh ibn Ali Sarroj vafoti 988 yil), "Kitob at-taarruf li mazhab ul-tasavvuf’ (Muhammad ibn Ibrohim Buxoriy Kalobodiy vafoti 995-yil) kabilar yozildi. Tasavvuf ta’limotining keng yoyilishi 11 asrdan boshlandi, deyish mumkin. Bu asr tasavvuf nasriy adabiyotining yirik vakili Alisher Navoiy tarafidan "piri Hirot" deb ulug‘langan Abdulloh Ansoriy (1006-1089), fors tilida ijod etgan xalqchil tasavvuf she’riyati vakillari Bobo Tohir Uryon, Abusayid Abulxayr (967-1049), Abdulhasan Xaroqoniy (vafoti 1033-yil), Bobo Kuhiy (vafoti 1050 yil), tasavvuf haqida turli risolalar mualliflari Kushayriy (987—1073), Hujviriy (vafoti 1076-yil), As-Sulamiy (937-1021) va tasavvufning boshqa mashhur amaliyotchi va nazariyotchilari yashab o‘tgan davrdir. Bular ichida bizning diyor vakillari Arslonbob ota, Bob Farg‘oniy, Husam ota kabilar ham bor. Kengayib borayotgan bu yangi ma’naviy jarayon aql va mantiqiy tafakkurni ma’naviyat asosi deb bilgan, insoniylik mohiyatini avvalo aqliy bilimlarni o‘zlashtirish va ularni hayotga tatbiq etishda ko‘rgan islom ma’rifatchiligi bosqichi namoyandalariga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymadi. YUsuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilik" dostonida zohid so‘fiy alohida timsol O‘zg‘urmish qiyofasida aks ettirildi. Ammo shunga qaramay, 11 asrda hanuz islom ma’rifatchiligi-faylasuflar, mutakallimlar, botiniylar, tabiiy va aniq fan allomalari, qisqasi, aql va bilimni birinchi o‘ringa qo‘yuvchilar etakchilikni qo‘ldan bergan emas edilar. Bu davrga o‘z ijodi bilan yakun yasagan kishi ham aslida 11 asr oxiridagi mantiqiy tafakkurning eng zabardast vakili Imom Abu Homid G‘azzoliy (1058-1111) bo‘ldi. G‘azzoliy nihoyatda baquvvat mantiqiy tafakkur egasi, faylasufdir. G‘arbda uni hatto materialistik tamoyildagi donishmand deb bilishgan. Buning sababi, olimning "Maqosid al-falosifa" ("Faylasuflarning maqsadlari") asari bo‘lib, uni o‘qigan kishi, darhaqiqat, G‘azzoliyni ham Forobiy va Ibn Sino yo‘nalishidagi odam deb o‘ylashi mumkin. Bu kitob 1145-yildayoq lotin tiliga tarjima qilingan va arab tilida yozilgan islom falsafiy merosidan evropaliklar birinchi navbatda shu kitob orqali xabar topishgan edi. G‘azzoliy haqida Hegel ham yuqori fikrda bo‘lgan.
Ammo G‘azzoliy keyingi "Faylasuflarning o‘z-o‘zini inkor qilishi" asarida mantiqiy tafakkurning ichki ziddiyatlarini, islom ma’rifatchiligi davri faylasuf allomalarining asarlaridagi o‘zaro zid keluvchi o‘rinlarni chuqur tahlil qilib berdi. G‘azzoliy ko‘proq mutakallimfaylasuf edi, ammo u asarlarida mutakallimlarni ham ayab o‘tirgani yo‘q, ular mantig‘idagi zaif joylarni ham keskin fosh etdi. Alloma behudaga "Haqiqat izlovchilar"ning turli toifalarini sanab ko‘rsatgan emas. Maqsad ularning qarashlarini birma-bir tahlil qilib chiqib, o‘zaro ichki ziddiyatlarni aniqlash, oradagi mo‘tadil muvozanat holatini topishga urinish edi. G‘azzoliy faqat faylasuflar bilan emas, balki barcha yo‘nalish vakillari bilan bahsga kirishadi, xristianlarning, botiniylarning (ismoiliya bid’ati vakillarining), so‘fiylarning qarashlaridagi ifrotiy (ya’ni umumiy me’yordan chiqib ketgan) joylarini ilmiy tahlil asosida ochib beradi. G‘azzoliyning tafakkuri turli nazariyalardagi ichki ziddiyatlarni teran ko‘ra bilish qudratiga ega edi. Uning SHarqdagi eng mashhur va keng qamrovli asari "Ehyoyi ulum addin" ("Diniy bilimlarning qayta jonlanishi") bo‘lib, bu asarda alloma o‘z qarashlarini muntazam bir tarzda bayon etgan. G‘azzoliyning falsafiy qarashlari islom mintaqa ma’naviyatining ma’lum bir bosqichi yakunlanib, yangi bosqich boshlanayotganidan yorqin bir nishona edi. G‘azzoliy dunyoga kelgan davrda Saljuqiylar islom mintaqasining katta va muhim qismini qamrab olgan, mustahkam markazlashgan islom davlatini tuzishgan edi. Mintaqada harbiy kuch va hokimiyat to‘liq turkiy sulola qo‘liga o‘tgan bo‘lib, arab xalifalari faqat rasmiy diniy peshvolik hurmatini saqlab qolgan, turli davlat ishlarini boshqarishda esa ko‘proq yangi fors tili qo‘llanilar edi. SHu sababli ulug‘ vazirlarning ko‘pchiligi fors tilida gaplashuvchilardan bo‘lib, kelib chiqishi turkiy elat vakillari bo‘lgan amaldorlar ham odatiy qoidaga ko‘ra davlat ishlariga oid yozuvlarni fors tilida yuritar edilar. G‘azzoliy Xurosonda turkiy va forsiy elatlar azaldan aralash yashaydigan Tus shahrida tug‘ildi. U ukasi Ahmad bilan erta etim qolishdi. G‘azzoliy boshlang‘ich ta’limni Tusda olgach, ilmini oshirish uchun Jurjon (Astrobod) va Nishopurga keldi va ash’ariy oqimining atoqli namoyandalaridan Imom al-Haramayn (ikki muqaddas dargoh imomi) deb shuhrat topgan mutakallim al-Juvayniy (vafoti 478-1085) qo‘lida to uning vafotigacha ta’lim oldi.
Kuchli mutakallim va fiqh olimi bo‘lib etishgan G‘azzoliy ulug‘ vazir Nizom ul-mulk ning (1063-1092) diqqatini tortdi va Nizomiya madrasasida dars berishga jalb etildi. 1095(488 hijriy) yilda kuchli ruhiy iztirobga tushgan G‘azzoliy o‘zining butun mudarrislik va faqihlik faoliyatini to‘xtatib, hajga yo‘l oldi va tasavvuf yo‘liga kirib, 11 yil mobaynida zohidlik va tarkidunyo bilan kun kechirdi. SHu davr ichida o‘zining eng mashhur va mukammal asari — "YOhyoyi ulum addin"ni yozib tugatdi. 1106-yilda Nizom ul-mulkning o‘g‘li Faxrulmulk iltimosiga quloq osib, yana Nizomiyada dars berishga qaytdi va shu davrda o‘z falsafiy qarashlarining takomil bosqichlarini aks ettiruvchi "al-Munqiz min addalal" asarini yozdi. Umrining oxirida yana ona shahri Tusga qaytib, so‘fiy xonaqohini ixtiyor etdi va muridlariga so‘fiyona hayot tarzidan saboq bera boshladi.
G‘azzoliyning bosh kitobi "Ehyoyi ulumaddin" to‘rt qismdan iborat bo‘lib, har bir qism 10 kitobdan tashkil topgan. Birinchi qism "Ibodatlar" deb ataladi va unda ilm va aqoyid haqida umumiy ruhdagi muqaddimadan so‘ng, tahorat, namoz, zakot, ro‘za, haj, Qur’on tilovati, zikr va Allohga munojot amallarining ichki mohiyati, ruhiy mazmuni asosli ravishda ochib berilgan.
Ikkinchi qism "Odatlar" deb nomlangan va "Taom iste’mol qilish qoidalari"dan tortib "Payg‘ambarlik axloqi"gacha, inson hayot tarziga oid barcha muammolar batafsil tahlil qilib chiqilgan.
Uchinchi qism — "Muhliqot"("Insonni zalolatga boshlovchi ishlar va xislatlar") haqida bo‘lib, unda ko‘ngil mo‘jizalari va dil tarbiyatiga oid suhbat boshlanadi va turli zararli hoyu havaslar — ochko‘zlik va hirs, ezmalik, hasad va nafrat, baxillik va dunyo to‘plashga intilish, kibr va munofiqlik kabilar qoralanadi.
To‘rtinchi qism-"Munjiyot" ("Najotga eltuvchi xislatlar") deb unvon olgan bo‘lib, ko‘proq tasavvuf maqomlari yo‘nalishida tavba, sabr va shukronalik, xavfu rijo (yomon amallar uchun Alloh jazosidan qo‘rqish va yaxshi amallar evaziga Alloh inoyatiga umid bog‘lash), zuhd va faqr, tavhid va tavakkul, ishq, hijron, qanoat, niyat, samimiyat va haqgo‘ylik, o‘z-o‘zini ehtiyot va nazorat qilish, o‘z holini mushohada qilish va o‘limni yodda tutish masalalariga maxsus e’tibor qaratilgan. Asar muallifi ham faylasuf, ham muqaddas kitoblar bilimdoni, ham huquqshunos-faqih ham tasavvuf sirlaridan chuqur xabardor alloma, ham axloqshunos nosih (nasihat etuvchi) sifatida o‘zini namoyon etadi. Kitobda axloqiy, diniy, huquqiy, irfoniy tushuncha va muammolar baquvvat mantiqiy dalillar yordamida jiddiy tahlil etiladi va ishonarli tarzda tushuntirib beriladi. Ulug‘ allomaning ushbu asaridagi g‘oyalar ixchamlashgan tarzda "Kimyoyi saodat" nomi bilan fors tilida ham bayon qilingan.
9 asrdan avj ola boshlagan Islom ma’rifatchiligi 10-11 asrlar davomida mintaqa madaniyatiga islomgacha bashariyat yaratgan butun ma’naviy boylikni o‘sha davr imkoni darajasida olib kirib, uni chuqur o‘zlashtirish va yangicha ruhda qayta talqin qilishga erishdi. Ammo bu orada ushbu bosqichning noqis jihatlari ham ko‘rinib qola boshladi. Birinchidan g‘oyalar xilma-xilligi nihoyatda kuchayib, ular orasida ba’zan murosasiz kurash va ziddiyatlar avj olib ketdi. Islom dini ichida turli bid’atlar beadad ko‘payib ketgan edi. Ikkinchidan, ko‘proq hukmdorlar saroyida va xos ziyolilar orasida yuqori darajalarga ko‘tarilgan ilm va mantiqiy tafakkur mevalari hanuz Sunna va shariat bosqichida qolib kelayotgan oddiy shahar va qishloq aholisi (avom) orasiga ko‘p singib bormagan va ma’lum ma’noda, keng xalq ommasi bilan xos ilmiy doiralar tafakkur darajasi orasida uzilish vujudga kelgan edi. Sunna yo‘nalishi namoyandalari jamiyatni ushbu uzilish tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ma’naviy nomavzunlik holatidan himoya qilish niyatida moturidiya va ash’ariya Kalomiga tayangan holda xalifa al-Qodir (991—1031) farmoni bilan imon asoslarini ishlab chiqdilar va joriy etdilar. Ammo bu bilan fikr rivoji to‘xtab qolgani yo‘q. Tavhid ta’limoti zaminida borliqni anglab etish turli yo‘nalishlarda davom eta berdi va tafakkur rivojini hech qanday farmon bilan ushlab turish mumkin emasligi borgan sari oydinlashib bordi. Uchinchidan, Abbosiylar (750-1055), Somoniylar (874-999), G‘aznaviylar (955-1048), Saljuqiylar (1040-1092) tomonidan takomillashtirilib, islomgacha davrga nisbatan butunlay yangilangan davlat tizimi va jamiyat tizimi ma’lum avj pallasiga ko‘tarilib, 11 asr oxirlariga borganda uning muayyan ichki ziddiyatlari namoyon bo‘la boshladi. Ismoiliya bid’atining yaratuvchilik faoliyati susayib, yashirin qotilliklar yo‘liga o‘tishi, ulug‘ vazir Nizomulmulkning o‘ldirilishi (1092 yil) va buyuk saljuqiy hukmdori Malikshoh (1072-1092) vafotidan so‘ng o‘g‘illarining tojtaxt janjallari shu ulg‘ayib kelayotgan ijtimoiy siyosiy bo‘hronning nishonalari edi.
To‘rtinchidan, shahar aholisi, ayniqsa, hunarmand kosiblar va o‘rta hol savdo ahlining ma’rifati va ijtimoiy mavqeyi yuksalib borar, ularning ma’naviy ehtiyojlari va bilim darajasi keskin oshib, ijtimoiy taolliklari har sohada sezila boshlagan edi. Futuvva va axiylik jamoalari borgan sari keng tarkib topib, tasavvuf g‘oyalari xonaqoh va hujralardan chiqib, xalq ichiga yoyildi. Xullas, 11 asr oxiri 12 asr boshlarida jamiyatning ma’naviy ahvoli yangi bir bosqichda uyg‘unlashuv va muvozanatni taqozo etardi. G‘azzoliy ijodi ushbu ehtiyojga eng mukammal javob bo‘ldi. O‘zaro bahs va nizolar echimiga el ma’naviyatida shunday bir uyg‘un muvozanat taklif etildiki, uning barcha toifa va yo‘nalishlar, barcha ijtimoiy guruhlar va fikriy oqimlarga o‘zaro yaqinlashuv imkonini beruvchi qudrati va mazmun boyligi yaqqol sezildi. G‘azzoliy o‘zining bosh asarida Sunna va tasavvuf qadriyatlarini o‘zaro uyg‘un ekanligini isbotlab qo‘yaqolmay, imon, ilm va irfonning yaxlitligini mantiqiy asoslab berdi. Sunna ahlini ilm va irfon vakillari bilan yaqinlashtirib, islom olamida yangi bosqichdagi ma’naviy uyg‘unlikni ta’minlashga ulkan asos yaratdi. SHu bilan birga G‘azzoliyning ilmiy-ijodiy faoliyati mintaqa xalqlari ma’naviy kamolotini islom ma’rifatchiligi bosqichidan tasavvuf irfoni bosqichiga uzil kesil olib o‘tib qo‘yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, deb ham bemalol aytish mumkin.



Download 237,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish