Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlami aks ettiradi.
O’zbek xalqining ko’p asrlik ma‘naviy-milliy, madaniy qadriyatlami, uning odob-axloqini belgilab beruvchi Qur‘oni Karim, Hadisi Shariflar, imom Buxoriy, imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, So’fi Olloyor, Sulaymon Boqirg’oniy kabi mutaffakkirlaming bebaho merosini; Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, A1 Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Axmad Yugnakiy, Mirzo Ulug’bek, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi allomalaming jahon fani va madaniyati xazinasiga qo’shgan ulug’, bebaho hissalarini tadqiq etish va shu asosda yosh avlodni tarbiyalash muxim axamiyat kasb etadi.
Axloq-ma‘naviyatning o’zagi, inson axloqi shunchaki salom-alik, yaxshi muomaladangina iborat emas. Axloq-bu, awalo insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik demakdir. Ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, Sharqona axloq Kodeksini ishlab chiqqanlar. Ko’hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlami o’z-o’zini idora etishga, yaxshi xislatlami ko’paytirib, yomonlaridan xalos bo’lishiga chorlagan. Har bir insonga, oila, jamoa, xalqqa rahnamo bo’lgan. Kishilami og’ir sinovlarga bardosh berishga, yorug’ kunlarga intilib yashashga da‘vat qilgan, ishontirgan. Bunday da‘vat o’z navbatida odamlarga kuch-quwat bag’ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga mehroqibatini oshirgan. «Demak, din xalq ma‘naviyatining, ma‘rifatining yuksalishiga katta hissa qo’shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar yeuzganda dinni eng awalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e‘tiborda tutishimiz lozim.
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlaming ma’naviy kiyofasini shakllantirishda, ulami ilm-ma‘rifatli, diyonatli, yuksak axloqli bo’lishlari bilan birga, zamonaviy texnika va texnologiyalami puxta o’zlashtirib olishlariga katta axamiyat berilmokda. O’zbekiston Davlati fuqarosining ma‘naviy qiyofasini belgilovchi fazilatlar-vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy g’urur, mehnatsevarlik, baynalminalchilik kabilar maktab va o’qituvchining faol ishtirokida, tarbiyaviy ta‘siri ostida shakllanadi. O’qituvchilik kasbi o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy xarakterga ega Shuning uchun ham, awalo, muallimning o’zi umuminsoniy va milliy qadriyatlami puxta o’zlashtirib olishi va axloq bobida shaxsan ibrat bo’lishi zarur. Demak, inson tarbiyasi va uning tarbiyalanganlik darajasi o’z davrining ilmiyamaliy mezonlari bo’yicha tadqiq etishlik ko’p asrlik fan tarixiga ega. Insoniyatning yer yuziga kelishidan e’tiboran kishilar muayyan sociumning a’zosi tariqasida shaxslararo munosabatga kirishishi, muloqot o’matishi, muomala maromiga rioya qilishi lozim, deb belgilanishi tarbiyalanganlik o’lchovlarining vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Mustaqil, ma’rifiy-madaniy, adolatli va insonparvar jamiyatda yosh avlodni har tomonlama yetuk, axloqli, odobli insonlar sifatida kamol toptirish dolzarb vazifadir. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Pedagogika fani Konsepsiyasi» talablari bilan hamohang ravishda barkamol insonni voyaga yetkazish uchun yoshlarda quyidagi xususiyatlami shakllantirish lozim:
-ijobiy fazilatlar mohiyati va mazmunini to’g’ri tushunish hamda tahlil qilish, shaxsiy munosabatini bildira olish;
-jamoada уashash, mehnat qilish malakalarini egallash;
-barkamol inson siymosini idrok etish, uning ma’naviy qiyofasini shakllantirish usullarini izlash.
Yoshlami ma’naviy boy, jismoniy jihatdan sog’lom qilib tarbiyalash maqsadida dastlab, ulaming tarbiyalanganlik darajasini aniqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |