Delphi 6. Bu versiya 2001 yilda ishlab chiqarilgan bo’lib, u o’zida 5- versiyaning barcha imkoniyatlari va utilitalarini qayta ishlagan variantlarini olgan. Unga quidagicha o’zgartirishlar kiritilgan:
variat o’zgaruvchi tiplari Variants.pas moduliga birlashtirildi;
5- versiyadagi interfeys modullari yanada kengaytirildi va qayta nomlandi;
ba’zi-bir komponentlar tipiga mos holda qayta joylashtirildi va bir qancha
yangi komponentlar qo’shildi;
To-Do ro’yxatini ishlash texnologiyasi o’zgartirildi: alfavit va tipi bo’yicha
saralash; so’zni kiritish jarayonida ro’yxatni so’zga mos filtrlash va
saralash; ro’yxatni keraklicha kattalashtirish;
yangi Object TreeView oynasi qo’shildi;
Formaga yangi hususiyatlar qo’shidi: AlphaBlend: Boolean-oynani shaffof
ko’rinishga o’tkazish/ olib qo’yish; AlphaBlendValue:byte-oynaning
shaffoflik darajasi; TransparentColor:Boolean-formaning belgilangan
rangdagi qismlarini ko’rinmas xolatga o’tkazish/olib qo’yish;
TransparentColorValue:TColor-ko’rinmas xolatga o’tkazilishi kerk bo’lgan
rang qiymati;
Internet bilan ishlovchi komponentlar qayta ishlab chiqilgan.
Delphi 7. 2002 yilda ishlab chiqarilgan ushbu versiya o’zida ko’plab o’zgarishlarni mujassamlashtirgan. Bu versiyaning asosiy o’zgarishlari quyidagicha:
bu versiya Windows 2k va XP OC larni qo’llab quvvatlaydi va o’zida XP.MANIFEST(vizual stillar) ni ta’minlovchi resurslari mavjud;
6-versiya komponentlari va resurslari bilan mos tushadi va fayllarni qo’llab quvvatlaydi;
yangi Nevrona firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan Rave Reports 5.0 3 qismdan iborat bo’lga hisobotlar generatori qo’shildi:
hisobot generatori yadrosi hisobotlarni tayyorlashni boshqaradi, oldindan ko’rishni va printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlaydi;
Rave Reportsning visual muhiti Delphiga utilita sifatida kiritilgan bo’lib, turli xildagi hisobotlarni tayyorlash uchun xizmat qiladi. U hisobot listlari qo’shishni, unga matn hamda grafik tasvirlar qo’yish, hisobotga ma’lumotlar bazalarini bog’lashni boshqaradi. Hisobot fayllari .rav ko’rinishda saqlanadi;
Rave Reports komponentlar Delphi komponentlar palitrasining Rave saxifasida joylashgan. Ular yordamida hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi; Hisobotlar generatori / Delphi7/Rave5 papkaga o’rnatiladi.
Internet hamda intranet serverlar uchun mo’ljallangan IntraWeb komponentlar paketi qo’shildi. U yordamida Web sahifa dasturlari osongina ObjectPascal ko’rinishida tuzilaveradi. Kerakli komponentlar IntraWeb sahifasida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |