8. Korreksiya qanday funksiyalarni bajaradi?
A) Tiklash funksiyasi
B) Rag‘batlantirish funksiyasi
C) Axloq tuzatish funksiyasi
D) Hamma javoblar to`g`ri
9.Guruhning mashg`ulot turlari nechiga bo`linadi?
A) 2 ta B) 3ta C) 4 ta D) 5 ta
10. Guruhning mashg`ulot turlari yo`nalganligiga ko`ra necha turga bo`linadi?
A) 2 B) 5 C) 3 D) 4
O‘zini o‘zi nazorat qilish uchun savollar va topshiriqlar:
1.Bolalar xulq-atvorida agressivlikning sabablari nimalardan iborat?
2.Tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni tarifini keltiring.
3.Psixologlar tomonidan tarbiyasi og‘ir bolalarning qanday tiplari ishlab chiqilgan?
4.Bazal tahlika nima?
5.Korreksiyani qanday tushunasiz?
6.Yu.B.Vasilkovaning «qiyin» o‘spirinni tarbiyalashga qaratilgan 6 bosqichli yondashuvni tariflab bering.
13- MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGNING QOBILIYATLI BOLALAR BILAN ISHLASHI
Режа:
1. Yoshlarda tolerantlik tushunchasini shakllantirish.
2. Qobiliyatlar va ularni rivojlantirish.
3. Ijtimoiy pedagogning qobiliyatli bolalar bilan ishlash usullari.
Tayanch iboralar: Tolerantlik, umumiy va maxsus qobiliyatlar, qobiliyatlarning shakllanishi va rivojlanishi, iste’dod, iste’dodning namoyon bo‘lishi, ijtimoiy pedagog.
Mashg‘ulotning maqsadi:Talabalarni tolerantlik tushunchasi bilan tanishtirish hamda ularda qobiliyatli bolalar bilan ishlash amaliyotini shakllantirish .
1.Yoshlarda tolerantlik tushunchasini shakllantirish.
Bugungi kunda tolerantlik, ya’ni “bag‘rikenglik” tushunchasi o‘ziga xos sinonimlarga ega bo‘lgani holda, ilmiy va ommabop manbalarda turlicha izohlanmoqda.
Ijtimoiy ensiklopedik lug‘atda: “Tolerantlik - ijtimoiy ishning boshqaruv tamoyili, individlar, guruh‘lar va ijtimoiy hamjamiyatlar o‘rtasidagi madaniy va boshqa tafovutlarni tan olish, odamlarning tashqi qiyofasi, xatti-harakati, qadriyatlar yo‘nalishi va ulardagi farqlarga nisbatan bag‘rikenglikdir,” - deyilgan.
Tolerantlik muammosiga katta ahamiyat berilayotganini shundan ham bilsa bo‘ladiki, so‘nggi yillarda jahon hamjamiyatining bu hayotiy muammoga e’tiborini jalb qiluvchi xalqaro tadbirlar ko‘lami ortib bormoqda. Jumladan, 1995 yil 16 noyabrda Parij shahrida YuNESKO Bosh Konferensiyasining yigirma sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi” alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlarda tolerantlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratish yo‘llari izlanmoqda hamda muammoni hal etishga xalaqit berayotgan omillarni bartaraf etishga harakat qilinmoqda.
Dunyoning rivojlangan mamalakatlarida madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik, iqtisodiyot, tarix, pedagogika, sotsiologiya va psixologiya kabi fanlar doirasida bu atamaning predmeti atroflicha o‘rganilgan.
Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, tolerantlik tushunchasining ko‘p ma’noli va turlicha ekanligining guvohi bo‘lish mumkin. Har bir madaniyatga xos tolerantlikning boshqalariga o‘xshash bo‘lgan ta’riflari mavjud bo‘lsa-da, lekin o‘ziga xos ajralib turuvchi jihatlari ham bor. Quyida dunyo tillarida tolerantlikni ta’riflovchi ba’zi atamalarining lug‘aviy ma’nolari ochilgan. Shunga ko‘ra:
- Shyegapse (ingl.) - muruvvatli, sabr-toqatli bo‘lishga tayyorlik;
- Shyegapse (fr.) - boshqalar bizlarga qaraganda yaxshiroq va mukammalroq fikrlashlari mumkinligiga bo‘lgan qat’iy ishonch;
Cho1yegaps1a (isp.) - o‘z fikrlari va g‘oyalaridan ham mukammalroqlari borligini tan olish;
-kiap gopd (xit.) - boshqalarni boricha qabul qilish va boshqalarga bag‘rikeng munosabatda bo‘lish;
Chashti (arab.) - ko‘ngilchanlik, rahm-shafqatlilik, kechirimlilik, boshqalarni boricha qabul qilish va kechrish; -tolerantnost (rus.) - sabrli bo‘lish (o‘zini tuta bilish, toqatli bo‘lish, har qanday sharoitda murosa qila olish), boshqalarning borligini qabul qilish va tan olish, boshqalarga yoki biror narsaga munosibligini anglash, tan olish.
Shu jihatdan olib qaraganda, tolerantlik - a) boshqalarning fikriga, qarashlari va harakatlariga g‘ayritabiiy tarzdagi passiv tobelik emas; b) itoatkorona sabr-toqat qilish emas, balki faol ma’naviy pozitsiyadir; v) etnoslar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi hamjihatlik yo‘lida, o‘zga madaniy, milliy, diniy yoki ijtimoiy muhit kishilari bilan ijobiy o‘zaro munosabat yo‘lida bag‘rikenglikka ruhiy tayyorlikdir. Shu sababli - tolerantlik - o‘zbeklarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri sanaladi. Uni milliy xarakterning o‘zagi deb atash ham mumkin. Psixologik nuqtai nazardan tolerantlik (lotincha ShyegapIa - sabrlilik, chidam) - insoniy bag‘rikenglilikning bir ko‘rinishi yoki ifodasi bo‘lib, inson uchun yoqimsiz, noxush bo‘lgan biror omilga nisbatan qat’iy javobning yo‘qligi yoki uning kuchsizligini bildiradi. O‘sha vaziyat yoki omil qanchalik shaxsga yoqmasa-da, u bunga chidaydi, bosiqlik qiladi, kerak bo‘lsa, moslashadi. Bu juda murakkab, ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib, u o‘zbekistonliklar xarakterida oilaviy munosabatlarning deyarli barcha ko‘rinishida namoyon bo‘lib, muayyan ma’noda asrlar davomida oila institutining mustahkamligida o‘zining rolini o‘ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |