1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi



Download 1,42 Mb.
bet37/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

Qishloq — aholi yashaydigan joy bo‘lib, u aholi qishloq xo‘jalik mehnati bilan shug‘ullanishi jarayonida tarixan shakllangan alohida turmush tarzi bilan tavsiflanadi. Qishloq turmush tarzining xususiyatlari aholi hayoti va mehnati bilan bog‘liq. Xususan, bu yerda mazkur omillar yil mavsumlariga bo‘ysunadi, mehnat sharoitlari shahardagidan og‘irroq ekanligi bilan ajralib turadi. Hayot ukladida an’anaviylik unsurlari ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Qishloqda aholi tarkibi barqaror, kasbiy va madaniy tabaqalanish sust, qarindoshlik va qo‘shnichilik aloqalari yanada yaqinroq bo‘ladi. Qishloqqa aholi o‘rtasida muloqotning ochiqligi xosdir. Aholi vakillari o‘rtasida katta ijtimoiy va madaniy farqlarning yo‘qligi, aloqalarning oz sonliligi qishloqliklar muloqotiga yanada yaqinroq tus beradi. Maktab, pochta, tibbiyot shoxobchasi, yaxshi yo‘llar va transportning mavjudligi yoki mavjud emasligi kabi omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq manzilgohlari bolalar va o‘smirlarning ijtimoiylashuviga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu asosan ularda inson xulq-atvori ustidan ijtimoiy nazoratning kuchliligi bilan belgilanadi. Aholi sonining kamligi tufayli odamlar o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatiladi, shu bois hamma bir-birini va bir-biri haqida biladi, kishining anonim mavjudligi deyarli mumkin emas.
Qishloq oilasi o‘z a’zolarining ijtimoiylashuvida shahar oilasiga qaraganda kattaroq rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, qishloq bolalari o‘zlarini o‘z ota-onasi bilan shahar bolalariga qaraganda ko‘proq darajada identifikatsiya qiladi. Bu hol qishloqda muloqot qilish imkoniyatlari cheklanganligi bilangina emas, balki unga kiruvchi odamlar ijtimoiy-madaniy xususiyatlariga ko‘ra bir- biridan uncha farq qilmasligi bilan ham bog‘liq bo‘lsa kerak.
Qishloq aholisining ijtimoiylashuvida so‘nggi yillarda kuchayib borayotgan shaharning qishloqqa ta’siri ham alohida rol o‘ynaydi. U qishloq sharoitlarida mavjud bo‘lgan qadriyatlar qatoriga shaharga xos bo‘lgan qadriyatlarni ham kiritadi.
Ijtimoiy pedagogika nuqtai nazaridan ijtimoiylashuvning mezoomillari tavsifi ulkan ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, ular turli yosh va kasbiy guruhlarni ijtimoiy tarbiyalash jarayonida ularning ob’yektiv yashash sharoitlarini hisobga olish imkoniyatini beradi. Ikkinchidan, ijtimoiylashuvning mezoomillari xususiyatlarini bilish ijtimoiy tarbiya yo‘llari va usullarini topish uchun sharoitlar yaratadi.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish