Ganchkorlikda ishlatiladigan asboblar. O’tmishda xalq ustalari ustachilik asboblarini mukaddas deb bilganlar xamda o’z asbob-uskunalarini iste’dodli shogirdlariga meros qilib qoldirganlar. Bu milliy an’ana zamirida chuqur insoniy ma’no va mazmun yotibdi. Ana shunday baxtga muyassar bo’lgan ustalardan biri Buxorolik ganch uymakor ustasi akademik Usta Shirin Murodovdir. Uning ustozi Usta xayot kunlardan bir kun Shirinni oldiga chaqirib, men sendan xursandman, endi mustaqil ishlayversang xam bo’ladi. deydi. Milliy an’ana bo’yicha, 10-15 ta ustalar, shogirdlar yig’ilishib, e’tiborga loyiq bo’lgan shogirdga usta nomini berishadi. Bunda uni o’rtaga chaqirib, belidagi eng yaxshi ganch o’ymakorlik asbobi shuturgardanni qiyiqchasiga qistirib qo’yishadi va fotixa berishadi. Shundan so’ng u xalq o’rtasida usta degan sharafli nomga ega bo’ladi. Dono xalqimizda ― “ish quroling soz bo’lsa, mashaqqating oz bular” degan maqol bor. Shu boisdan har usta yoki shogird muayyan ishni bitirganidan so’ng oxirini yengil, mushkulini oson qiladigan ish qurollarini xamisha shay qilib qo’yishi, biror ishni qilib bo’lgandan so’ng ularni tozalamasdan bir chekkaga uloqtirib, zang bostirib qo’ymasligi, o’tmas bo’lib qolsa charxlab, o’tkir qilib qo’yishi, buzilsa tuzatishi, ularni maxsus joyda saqlashi kerak. Ganchkorlikda xam o’ziga xos asboblar ishlatiladi. Naqsh kompozisiyalar chizish uchun chizgichlar, parkor, yumshoq va qattiq qora qalamlar, daftar, albom, uchirgichlar, shaffof kog’ozlar kerak bo’ladi. Ganch qorish uchun sirli tog’ora, elaklar, katta va kichik chelaklar, ruletka, andava, ganch yuzasini ishqalash uchun mayin latta, sovun, o’lchov asboblari, maxsus qo’lkopcha, qum kog’ozlar, simlar va boshkalar zarur. Asboblarni charxlash uchun qayroq tosh, ganch taxta tayyorlash uchun to’rtta reykali ramka va boshqalar ishlatiladi. Ganch o’yish va pardozlash uchun jarroxlik pichog’i, iskana, shuturgardan (tuya-bo’yin), qalamtok ( kalami shkufta), minkor, morpech qalamlar, qalampux, patak bindi, iskana, lulakush, zamin qalam, navo qalam, pilta qalam, dudmal qalam va boshqa asboblar ishlatiladi.
Ganchkorlar qadimda 20 ga yaqin ganchkorlik asbob turlarini tayyorlaydigan temirchi ustalarimiz juda oz qolganligi va bu asboblar rastalarda sotilmasligi natijasida xozirgi ustalarimiz asosan jarroxlik pichoxi ( skalpel), minkor, iskana va shuturgardandan foydalanmoqdalar. Maktabda dastlabki ganchkorlik sirlarini o’rganish uchun asosan jaroxlik pichoxi va iskana kerak bo’ladi. Ganch uyish va pardozlash uchun ishlatiladigan asboblar bilan yakindan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |