3.Amaliyot haqiqat mezoni. Amaliyotning predmeti va maqsadi. Dunyoni bilish bu nafaqat nazariy, balki hayotiy, amaliy jarayondir. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning amaliyoti bu insoniyatning tabiatni ongli ravishda va maqsadga muvofiq tarzda ozgartirishga qaratilgan faoliyatidir, bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga qaralgan mehnat jarayonidir. Amaliyot hamisha ijtimoiy harakterda boladi, kishilar ortasidagi aloqa va munosabatlarsiz amaliyot bolishi mumkin emas. Amaliyot tarixiydir, u qurshab turgan tabiatni ham, insonning ozini ham, kishilarning turmush sharoitini ham ozgartirishdan iborat.Gnoseologik kategoriya sifatida amaliyot subekt bilan obekt ortasidagi shunday munosabatni ifodalaydiki, bunda subekt obektni biron-bir jihatdan ozgartirish maqsadida unga ongli ravishda tasir korsatadi. Amaliy faoliyat jarayonida, obektning ozgarishi tasiri ostida subekt ham ozgaradi, uning amaliy qobiliyati va malakasi chuqurlashadi, fikrlash doirasi kengayadi, ongi va xotirasi boyiydi, dunyoqarashi ozgaradi.Amaliyot nazariy bilimdan Yuqori turadi. U nafaqat umumiylik, balki bevosita voqelik xislatiga ega. Amaliyotda asosiy qarama-qarshiliklar ideal qarama-qarshilik (subektiv reallik sifatida) va moddiy qarama-qarshilik (obektiv reallik sifatida) birga qoshilishadi. Amaliyot bu voqelikni insoniyat oldida turgan maqsadlarga muvofiq tarzda uzluksiz ozgartirish jarayonidir. Agar jamiyatda biron-bir amaliy ehtiyoj paydo bolsa, bu bilish jarayoniga onlab universitetlarga qaraganda koproq asos boladi, chunki amaliyot ehtiyojlari ilmiy bilishning ozini olga siljitadi.Amaliyot bilish jarayoniga boshidan oxirigacha «amaliyot nazariya, yana amaliyot yana nazariya» tarzidagi formula boyicha kirib borib uni boyitadi. Amaliyotdan ajralgan bilish bolishi mumkin emas. Faqat amaliyotgina u yoki bu nazariyaning togri yoki notogriligini korsatib beradi. Amaliyot ozgarmas emas, fan Yutuqlari tufayli u doimo takomillashib, boyib va rivojlanib boradi. Bilish va amaliyot bir-biridan ajralmasdir. Amaliyot bilish haqiqatligining asosiy nuqtasi, harakatlantiruvchi kuchi, maqsadi va mezonidir. 4.Haqiqatga erishishda tushunish va tushuntirish dialektikasi. Falsafa tarixida tushunish san’ati haqidagi qarashlar evolutsiyasi. Haqiqat masalasi butun bilish nazariyasining eng muhim vazifasidir. Faylasuflar orasida haqiqat va uning bilishdagi roli togrisida yagona fikr yoq.Subektiv idealizm uchun haqiqat subektiv narsadir. Masalan, nimaiki foydali bolsa u haqiqat deb davo qiluvchi pragmatizmda, yoki hamma etirof etgan, hamma uchun ahamiyatli bolgan narsa haqiqatdir deb hisoblovchi konvensionalizm va neopozitivizmda ham haqiqat subektiv narsadir. Materializm uchun haqiqat bu tashqi dunyoning ongimizda adekvat, togri aks etishidir.Haqiqat, bu bizning dunyo togrisidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning dunyoning oziga, obektiv reallikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni nohaqiqatdan, yanglishuvdan, yolgondan farqlashtirish, ajratish uchun bizning bilimimiz obektiv voqelikka, uning yashash va rivojlanish qonunlariga qanchalik mos kelishini aniqlab olmoq kerak. Aristotel haqiqatning «klassik» konsepsiyasi muallifidir. U ozining «Metafizika» sida bunday deb yozadi: «Bor narsani yoq deyish yoki yoq narsani bor deyish yolgon gapirishdir; borni bor va yoqni yoq deyish esa haqiqatni gapirishdir».Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida obektiv haqiqat tushunchasi tez-tez uchrab turadi. Obektiv haqiqat bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir kishiga ham, butun insoniyatga ham bogliq emas. Haqiqatning obektivligini u mavjud olamning inikosi bolishi belgilaydi. AbsolYut haqiqat bu bilish obekti haqidagi inkor etib bolmaydigan toliq va tugal bilimdir, nisbiy haqiqat esa bilish predmeti togrisidagi notoliq va notugal bilimdir. AbsolYut haqiqat toliq hajmdagi obektiv haqiqatdan boshqa narsa emas, nisbiy haqiqat esa notugal shakldagi, notuliq hajmdagi obektiv haqiqatdir. AbsolYut haqiqatni absolYutlashtirish dogmatizmga, nisbiy haqiqatni absolYutlashtirish relyativizm (nisbiylikni mutlaqlashtirish)ga olib keladi. Relyativizm va dogmatizmning cheklanganligiga sabab ularda absolYut haqiqat bilan nisbiy haqiqat bir-biridan ajratib olinganligi va qarama-qarshi qilib qoyilganligidadir. Bizning bilimlarimiz ayni bir vaqtning ozida ham absolYut, ham nisbiydir. Egallagan bilimlarimiz va tajribamiz asosida biz bilib olgan va tasvirlay oladigan narsa, sodir bolgan, inkor etib bolmaydigan narsa bizning bilimlarimizning absolYut jihatini tashkil etadi. Lekin, shu bilan birga, biz har bir bosqichda hamma narsani ham bilavermaymiz. Bizning bilimlarimiz ayni bir vaqtning ozida uzluksiz kengayib va chuqurlashib boradi. SHu manoda ular absolYut emas, balki nisbiydir, shu boisdan absolYut haqiqatning ozi nisbiy haqiqatlar yigindisidan tarkib topishini etirof etmoq kerak. Bilimlarimizning haqiqat yoki yolgonligini, ularning absolYutlik va nisbiylik darajasini konkret joy va vaqt sharoiti belgilab beradi. Joy va vaqt sharoiti almashinib, ozgarib turadigan omil ekanligi sababli bir sharoitda haqiqat bolgan narsa ozgargan sharoitda yanglish yoki yolgon bolib chiqadi.Agar haqiqatga jarayon deb qarab unga uning rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashiladigan bolsa, bu holda konkret haqiqatga abstrakt haqiqat qarama-qarshi qoyiladi. Abstrakt haqiqat bu toliq bolmagan, rivojlanmagan, birtomonlama haqiqat, konkret haqiqat esa, aksincha, - toliq, rivojlangan, koptomonlama haqiqat. Har qanday haqiqat, u bilish jarayonida rivojlanib borganligi sababli, abstraktlikni ham, konkretlikni ham oz ichiga oladi.
5-mavzu 1.Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining mantiqiy qarashlari. Dialektik mantiq . Formal mantiq. Matematik mantiq. Tafakkur va til mutanosibligi. Fikrni to‘g‘ri ko‘rishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama Yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri ko‘rish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat.Olamdagi narsa va hodisalar harakati o‘ziga xos ichki qonunlar asosida Yuzaga keladi. Bu harakatning inson ongidagi in’ikosi, ya’ni tafakkur jarayoni ham o‘ziga xos ob’ektiv qonuniyatlar asosida amalga oshadi.Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiq ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi. Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bo‘ysunadi. Ular dialektika qonunlari va formallashgan mantiq qonunlaridir. Dialektika qonunlari ob’ektiv olam va bilish jarayoniga xos bo‘lgan eng umumiy qonunlar bo‘lib, dialektik mantiq ilmining o‘rganish sohasi hisoblanadi. Formallashgan mantiq qonunlari esa, faqat tafakkurdagina amal qiladi. Dialektika qonunlari mantiqiy tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq qonunlari esa, fikrning to‘g‘ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo‘lishini e’tiborga olgan holda o‘rganadi.Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonulari) deyilganda fikrlashga xos muhim, zururiy bog‘lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari ob’ektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.Bu qonunlar fikrlashning to‘g‘ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo‘lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o‘zaro aloqalarini ifodalaydi.Tafakkur qonunlari Yuzaki qaraganda sub’ektiv qonunlardek bo‘lib tuYulsa ham, aslini olganda, ob’ektiv mazmunga egadir. Bu qonunlar hamma kishilarning fikr Yuritishida bir xil amal qiluvchi umuminsoniy qonunlardir. Ularni buzish, almashtirish, o‘zgartirish, yangilash mumkin emas. Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr Yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan holi bo‘lish va isbotlilik (asoslanganlik) to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. 2. Tushuncha, hukm va xulosaning fikr teranligini ta‘minlashdagi roli. Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo‘lganligi uchun ko‘p belgilarga ega. Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo‘lgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruhiga tegishli bo‘lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga ega. SHuning bilan birga kishilarning ma’lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat va shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr Yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy munosabat larda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos bo‘lgan umumiy belgilarga ega. Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo‘lishi uning o‘z maydoni, aholisi, xokimiyat organlariga ega bo‘lishini taqoza etadi. Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo‘qolishi bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli bo‘lishi individning inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim emas. SHuni ham aytish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo‘lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo‘lishimizga qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo‘lmagan belgilar, boshqa munosabatda muhim bo‘lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo‘lsa, inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, ob’ektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo‘lishi bilan zaruriy aloqada bo‘lgan belgilardan) farq qiladi.Nihoyat, predmet to‘xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo‘lganligi uchun, vaqt o‘tishi bilan uning muhim bo‘lgan belgisi nomuhim bo‘lgan belgiga yoki, aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin. Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o‘zimiz yozib o‘tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. «Umuman qalam» ni idrok qilib bo‘lmaydi. CHunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o‘zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani holda, ularning har biriga xos bo‘lgan individual belgilarni tashlab Yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan spetsifik beligilar bo‘lib ham xizmat qiladi. Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak uni to‘laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma’noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan o‘zoqrokda turadi. Lekin, tushuncha predmetning muhim belgilarini in’ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to‘laroq ifoda etadi. Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o‘laroq, inson miyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlash tirishlardan iborat. Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi.Taqqoslash analizni taqoza qiladi. CHunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bo‘lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko‘ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi kismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganiladi.Sintez analizga teskari usul bo‘lib, u analiz davomida ajratilgan kismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan iborat. Sintez bo‘lmasa predmet xaqida yaxlit fikr hosil qilib bo‘lmaydi. Analiz va sintez uzviy bog‘liqdir. Tushuncha hosil qilish uchun predmetning Yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraktsiyalash yordamida amalga oshiriladi. Tushuncha va uning turlari.Xukmning fikr yo‘nalishini belgilashdagi roli. Xulosa chiqarishning tuzilishi va turlari. Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, hajmiga ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi. YAkka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Fikr Yuritish jarayonida ayiruvchi va to‘plovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo‘linadilar. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari - konkret tushunchalar, «qaxramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir. Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O‘qituvchi» va «O‘quvchi», «Ijobiy qaxramon» va «Salbiy qaxramon», «Sabab» va Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi. Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushuchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi. Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuxro Yulduzi», «Ideal gaz» va «Go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar o‘rganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Mulohaza (hukm) predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr Yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun, ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi. Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tishdan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin mulohazalar bo‘lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak.Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa chiqmaydi. Masalan: «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi.Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Mazkur klassifikatsiyada xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to‘liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin. Isbotlash va rad qilishda dalillarning orni .Argumentlash( dalillash) ning mantiqiy xulosa chiqarishdagiahamiyati. a) Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xarakterga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning strukturasi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat xarakteristikalari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. b) Induktiv xulosa chiqarishi. Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan.Bilish, qaysi sohada amalga oshishidan qat’iy nazar-sog‘lom aql darajasidami yoki ilmiy bilishdami – doimo predmet va hodisalarning hissiy idrok etiladigan xossa va munosabatlarini o‘rganishidan boshlanadi. Uni falsafada, mantiqda empirik bilish bosqichi deb atashadi. Bu bosqichda sub’ekt turli xil tabiiy jarayonlar, ijtimoiy hodisalarda o‘xshash sharoitlarda ma’lum bir xususiyatlarning takrorlanishini kuzatadi. Bu ana shu turg‘un holda takrorlanib turuvchi xossaning ayrim predmetning individual xossasi emas, balki ma’lum bir sinfga mansub predmetlarning umumiy xossasi bo‘lsa kerak, degan fikrga kelishga asos bo‘ladi. Masalan, qaysi davlatda demokratiya prinsiplariga yaxshi amal qilinsa o‘sha davlat aholisining ijtimoiy turmush darajasi Yuqoriligini kuzatish mumkin. SHu asosda demokratiyaning prinsiplari, shartlari yaxshi amal qiladigan har qanday davlatda aholining turmush darajasi Yuqori bo‘ladi, degan xulosaga kelish mumkin.v) Analogiya (grek. - moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan xususiylikka qarab, induksiyada xususiylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada esa bir xususiy holatdan boshqa xususiy holatga qarab harakatlanadi.Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda ob’ektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, ob’ektiv o‘xshashlik ham mavjuddir. Ular inson ongida o‘z ifodasini topadi. Ob’ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan voqealikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o‘xshash bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |