20-BILET
1. O‘zbekiston Respublikasidagi huquq sohalari to‘g‘risida gapirib bering.
2. 18 yoshga to‘lmagan, voyaga yetmaganlarning huquqlarini aytib bering.
1. Har qanday jamiyatda shu jamiyat a’zolarining huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun ma’lum bir huquq tizimi zarur. Bu tizim turli-tuman, lekin o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan huquq normalari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Huquq tizimi - bu jamiyatdagi mavjud huquq normalarining bir butun voqelik sifatida harakatlanishi, huquq normalari va sohalarini muayyan izchillikda, o‘zaro uzviy aloqadorlikda joylanishi.
Qaysi huquq normasini qaysi obyektga nisbatan ishlatish lozimligini aniqlashtirish uchun ularni turlarga ajratish lozim. Huquq tizimi, avvalambor, huquq tarmoqlari (sohalari) deb nomlanuvchi alohida tarmoqlarga ajra- tiladi. Bunda, davlatdagi ijtimoiy munosabatlarning xilma-xilligi e’tiborga olinadi. Aynan shu munosabatlar huquqiy tartibga solish (boshqaruv)ning predmetini tashkil qiladi. Huquqiy tartibga solish (boshqarish) usuli esa, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishga yordamlashadigan yo‘llari, usullari, vositalarining yig‘indisidir.
Ijtimoiy munosabatlarning mehnat munosabatlari, ijtimoiy ta’minot, mo- liya va hokazolar kabi turlari alohida huquqiy normalar orqali tartibga solinadi.
Bu huquq tarmoqlaridan ayrimlarini tavsiflaylik:
Konstitutsiyaviy huquq sohasi - bu huquq tarmog‘i huquq tizimidagi eng asosiy huquq sohasi. Chunki, unda huquqning bosh tamoyillari, davlat- ning huquqiy qiyofasi belgilab beriladi. Konstitutsiyaviy huquq tomonidan davlat, jamiyat va shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Unda davlat suvereniteti, davlatning siyosiy, boshqaruv shakli, ma’muriy-hududiy tuzilishi, davlat organlarining huquqiy maqomi, insonlarning asosiy huquq va erkinliklari, jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlari kabi muhim masalalar mustahkamlangan.
Mehnat huquqi sohasi orqali - korxonalar, tashkilotlar va ularning xodimlari o‘rtasidagi mehnat munosabatlari tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqi sohasi orqali - mulk bilan aloqador hamda nomulkiy munosabatlar tartibga solinadi.
Oila huquqi sohasi orqali - oiladagi, oila va nikoh bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinadi.
Ekologiya huquqi sohasi orqali - tabiatni muhofaza qilish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinadi.
Jinoyat huquqi sohasi orqali - qanday xatti-harakatlar jamiyat uchun xavfli ekanligi belgilanadi, ularni sodir etganlar qanday jazolanishi va bu borada yuzaga keladigan barcha munosabatlar tartibga solinadi.
Protsessual huquqlar sudlarning faoliyatini tartibga soladi va qaysi tar- moqqa oid huquqiy masalalarni ko‘rayotganligiga qarab yuqoridagi sharhda keltirilgan 3 ta turga bo‘linadi:
Fuqarolik-protsessual huquq normalari sudlarning fuqarolik, oilaviy, mehnat, yer bilan bog‘liq va moliyaviy munosabatlar kabi bir qator sohalar- dagi faoliyatini tartibga soladi. Ya’ni, shu sohalarga oid ishlar ko‘rilayotgan bo‘lsa, sudlar fuqarolik-protsessual qonunchilikka asosan ish ko‘radilar.
Iqtisodiy protsessual huquqida ham yer, agrar, moliyaviy, ekologiya sohalariga oid huquqiy munosabatlarni sudlar orqali yechish ko‘zda tutilgan. Agar fuqarolik-protsessual huquqida fuqarolar jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar o‘z aksini topsa, iqtisodiy protsessual huquqda xo‘jaliklararo mulkiy nizolarni hal etish nazarda tutilgan.
Jinoyat-protsessual huquq sudlov, tergov, prokuratura organlarining jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish faoliyatini tartibga soladi.
Yuqorida atalgan tarmoqlar davlatning ichki huquq tizimini tashkil qiladi. Bundan tashqari xalqaro huquq tizimi ham mavjud bo‘lib, bu huquq tizimi normalari davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa subyektlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.
Xalqaro huquq tizimi quyidagi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi: xalqaro ommaviy huquq, xalqaro xususiy huquq, xalqaro tashkilotlar huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi, diplomatiya va konsullik huquqi, xalqaro dengiz huquqi va boshqalar.
Huquq institutlari - bu o‘zaro bog‘langan, bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar guruhidan iborat. Konsli- tutsiyaviy huquq sohasida prezidentlik, fuqarolarning huquq va erkinliklari instituti, jinoyat huquqi sohasida - javobgarlik instituti, oila huquqida - nikoh instituti va boshqalar. Bu huquq institutlari huquq sohasining ichki tarkibiy qismidir. Huquq institutlari birlashib, huquq sohasini tashkil etadi. Ya’ni huquq institutlari huquq sohalarining tarkibiy qismidir.
2. 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziliklarisiz quyidagi- larni mustaqil amalga oshirishga haqli:
o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
fan, adabiyot yoki san‘at asarining, ixtironing yohud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan (boshqa natijasi) mualliflik hu qu qini amalga oshirish;
qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va ularni tasarruf etish;
mayda maishiy bitimlarni, tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlanishni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar, qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomo- nidan biror bir maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mab- lag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlar.
yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar yuqoridagilarga muvofiq o‘zlari tuzgan bitimlar bo‘yicha mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |