1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari


Мумтоз адабиётда ғазалларнинг мавзусига кўра таснифи



Download 2,2 Mb.
bet12/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93
Bog'liq
barcha javob (1)

19. Мумтоз адабиётда ғазалларнинг мавзусига кўра таснифи
Adabiyotshunoslikda g'azalning bir necha turiari farqlanadi:
1. Oddiy yoki odatiy g ’azal (qofiyalanishi: a-a, b-a, v-a, g-a...):
2. G'azali husni matla’ (qofiyalanishi: a-a, a-a, b-a, d-a...):
3. G'azali qit’a (qofiyalanishi: b-a, v-a, g-a...)-asosan Almaiy, Hamza.
Sobir Abdulla ijodida uchraydi:
4. G’azali musajja’ (ikkinchi baytdan boshlab ichki qofiya qo'lllaniladi-
gan) - Navoiy, Bobur, Mashrab she’riyatida keng qo'llanilgan:
5. G'azali mulamma’ (misralari ikki va undan ortiq tilda bitiladigan)
Navoiy, Mashrab ijodida uchraydi:
6. G'azali muvashshah (bayt yoki misralarining bosh harflaridan muayyan ism yoki so'z kelib chiqadigan) - Munis, Ogahiy, Uvaysiy, Nodira, Muqimiy kabi shoirlar ijodida qo'llanilgan:
7. G'azali m ushoira (ikki yoki undan ortiq shoirning badiha yo'li bilan g’azal aytishiga asoslangan) - Fazliy va Mahzunaning mushoirasi mashhur:
8. G'azali zulqofiyatayn (zulqofiyatayn san’ati - ikki qofiyalilikka asoslangan) - Alisher Navoiy ijodida uchraydi:
9. G‘azali zulradifayn (ikki radifga asoslangan) - Alisher Navoiy ijodida uchraydi:
10. G'azali zebqofiya (qofiyalanishi: a-a, a-a, a-a, a-a...)
Kompozitsion jihatdan g'azalning parokanda (ma'lum bir syujet asosiga qurilmagan, har bir bayt o'zicha mustaqil) va voqeaband (yakpora yoki musalsal - muayyan sujetga ega bo'lgan, matla’da boshlangan mavzu g'azal so'ngigacha rivojlanib boruvchi) turlari ham farqlanadi.O’zbek mumtoz g’azaliyoti g’oya va mavzusiga ko’ra hamd, na’t, oshiqona, orifona, rindona, axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-falsafiy, hajviy, peyzaj va b. turlarga bo’linadi.
20. Navoiy she'riyatida irsoli masal san'ati (nazariy ma’lumot va misollar bilan)
Irsoli masal (ar. – maqol yoki matal yuborish) – baytda maqol, matal va hikmatli so‘zlarni keltirishga asoslangan she'riy san'at. Ilmi badi'ga doir deyarli barcha manbalarda ushbu san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Irsoli masal haqidagi nisbatan to‘liqroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning “Badoyi' us-sanoyi'” (15-a.) asarida keltirilgan bo‘lib, unda ushbu san'atning ikki usul bilan hosil bo‘lishi aytiladi: “Birinchi va afzali uldurkim, masalning so‘z va tartibin o‘zgartirmay bergaylar... Ikkinchi yo‘li uldurkim, masalda o‘zgarish yuz berur”. Bunda muallif irsoli masal san'atining birinchi turida she'r tarkibida keltiriladigan maqol yoki hikmatli so‘zning hech o‘zgarishsiz berilishini, ikkinchi turida esa matnning mazmuni saqlangan holda she'r talabi bilan maqol yoki hikmatli so‘zning shakli bir oz o‘zgartirilishi mumkinligini ta'kidlaydi. Shuningdek, Atoulloh Husayniy irsoli masal san'atining lug‘aviy ma'nosiga ham e'tibor qaratib, “irsol” so‘zi “yubormoq, jo‘natmoq” ma'nosini bildirishini, baytda masa keltirishdan maqsad esa uni muayyan kishiga jo‘natish ekanligini ham aytib o‘tadi: “Irsol lug‘atta yubormoqdur... Aksar baytta masal keltirish, ani mahbub yo mamduh yoki o‘zga kishiga yubormoq uchun bo‘lur, aning uchun bu san'atni aning arzi e'tibori bilan irsol ul-masal deb atapturlar”. Atoulloh Husayniy o‘z fikrini davom ettrib, irsoldan murod irod (keltirish) ham bo‘lishi mumkin, shu sababli bu san'at nomini irod ul-masal deb ham atashlari haqida ham ma'lumot beradi. Alisher Navoiy ijodida ham irsoli masal san'ati keng qo‘llanilgan. Shoir ijodida bu san'atning istifoda etilishini uch xil holatda ko‘rish mumkin: 1) bayt tarkibida qo‘llanilayotgan maqol, matal yoki hikmatli so‘z “masal”, “masaldur”, “masalkim”, “derlar” jumlalari yordamida keltiriladi: Chun masal bo‘ldi soching zulm ichra, yoshurmoq ne sud Mushk isin yashursa bo‘lmas, bu masal mashhur erur. (G‘aroyib us-sig‘ar, 186-g‘azal) Buki, derlar: “Bordurur devor keynida quloq”, Ul fazo davrida ko‘z yetguncha devor o‘lmag‘ay. (G‘aroyib us-sig‘ar, 611-g‘azal) 1) maqol yoki matal yuqoridagi jumlalarsiz aynan keltiriladi: O‘qlaring ko‘nglumga tushkach kuydi ham ko‘z, ham badan Kim, kuyar o‘lu qurug‘ chun naysitong‘a tushti o‘t. (G‘aroyib us-sig‘ar, 86-g‘azal) Har kishikim birovga qozg‘oy choh, Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh. (Sab'ai sayyor) 1) maqol yoki matalning mazmuni saqlangan holda, uning shakli bir oz yoki butunlay o‘zgartiriladi: Chu mazra' ichra sochting har ne dona, Hamul dona ko‘targung jovidona (Farhod va Shirin) Qachon sochsa tufroqqa bug‘doy birav, Yo‘q imkonkim, ul arpa qilg‘ay darav. (Saddi Iskandariy) Yuqoridagi ikki baytda “Har kim ekkanini o‘radi” xalq maqoli o‘zgargan shaklda keltirilyapti.


Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish