Shundan so’ng olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat)lar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning to’lig’icha to’g’ri baholanganligi va hisob registrlarida aks ettirilganligi to’g’risida dalillarga ega bo’lishi zarur. Auditorlar dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini shartnomalar, buyurtmalar, schyot-fakturalar va loyiha-smeta hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)larni kirim qilishning to’liqligi, to’g’riligi va o’z vaqtidaligi to’g’risida dalillarga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |