Would you work if you didn’t need the money



Download 14,79 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi14,79 Kb.
#196428
Bog'liq
Soliyev Bobur maqola


MUROJAATNOMA – IQTISODIYOT RIVOJI KAFOLATI

Soliyev Bobur Javlon o’g’li,

NamMTI iqtisodiyot fakulteti

1 - bosqich talabasi

Demokratik islohotlarni yuqori bosqichga olib chiqish uchun mamlakatimizda yangi siyosiy muhit yaratildi. Muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabrda O’zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi xalqimizni yanada faol va tashabbuskor bo’lishga undadi. Eng asosiysi, mazkur murojaatnomada aholimizning yetarli daromad topishi uchun xalq manfaatlariga xizmat qiladigan farovon va munosib turmush sharoitini yaratish, bajarilishi lozim bo’lgan ko‘plab vazifalar belgilab berildi.

Yangi 3-renesans davriga o‘tar ekanmiz, kelajak yoshlarimizning har tomonlama yetuk, malakali mutaxassis bo‘lishlari uchun ularga katta ahamiyat qaratilmoqda. Ayniqsa, 2021-yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb e’lon qilingani biz, yoshlar, qalbida yanada kelajakka katta ishonch tuyg’usini uyg’otdi. Mazkur murojaatnomada iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o‘shishini ta’minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birga, bu yil meva – sabzavotchilik, uzumchilik, urug‘chilik, chorvachilik, agro-logistikani rivojlantirish, suvni tejaydigan texnalogiyalarni keng joriy etish to‘g‘risida ustuvor yo’nalish va vazifalar belgilab olindi. “Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyaimiz o‘zgaradi. Men bunga qat’iy ishonaman va bu fikrni Sizlar ham qo‘llab-quvvatlaysizlar, deb o‘ylayman”1, deya ta’kidlashlari yoshlarga o‘z ustida ishlash va hozirgi zamon texnologiyalari asosida yangicha bilim, ko‘nikmalarini yanada takomillashtirib borishlari uchun turtki bo‘ldi.

Murojatnomada kam ta’minlangan va uy-joy sharoitini yanada yaxshilashga muhtoj besh ming oilaga, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishlari uchun 116 milliard so‘mdan ziyod boshlang‘ich badal to‘lab berilgani to‘g‘risida alohida ta’kidlandi. Boshqaruv sifatini oshirishda “xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy tamoyilni amalda to‘liq ta’minlash bo‘yicha hali ko‘p ishlar qilish kerakligi aytib o‘tildi. Endi davlat idoralari rahbarlari va hokimlarning ushbu murojaat qay darajada hal etilayotgani bo‘yicha hisobotlari parlament va xalq deputatlari kengashlarida muntazam eshitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Mahalla budjetlarining qo‘shimcha daromadini taqsimlash, nafaqa oluvchilarni adolatli belgilash, ijro organlari rahbarlari ishiga baho berish bundan buyon xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida amalga oshirilishi haqda so‘z ketar ekan, bugungi kunda xalqimiz turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi kerak bo‘lgan bunday harakatlar e’tibordan chetda qolmaydi. Shu yurt uchun fidoyi xizmat qilib, o‘z farzandlari va kelgusi avlodga o‘rnak bo‘ladigan turmush sharoitini yaratish talab etilmoqda. Bugungi kunga kelib, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini optimallashtirish zarurligi, biz bunda e’tiborni o‘qishga kirish jarayonlariga qaratishmiz kerakligi haqida Prezidentimiz, atroflicha to‘xtalib o‘tar ekanlar, oliy o‘quv yurtlarida yoshlarimizning asosiy e’tiborini chinakam bilim va tarbiya olishga qaratish lozimligi kerakligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdilar. Shu maqsadda qilinishi kerak bo‘lgan quyidagi vazifalarni belgilab berdilar:



  • “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi;2 “El-yurt umidi’’ jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxasislarni xorijda tayyorlash vatandoshlar bilan muloqot qilish maqsadlari, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilar edi. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

  • 240 mingdan ziyod maktab o‘qituvchilariga sinf rahbarligi uchun ustama to‘lovlar 1,5 baravarga oshirilib, budjetdan 400 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi;

  • 30 ta yetakchi OTMga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

  • a’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi;

  • boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatdagi olis tumanga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lanadi;

  • kelgusi yil maktabgacha ta’lim qamrovi 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkaziladi. Bu ishlarga byudjetdan 600 milliard so‘m subsidiya berish hisobidan qo‘shimcha 2 mingta nodavlat bog‘cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi;

  • keyingi yildan oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi;

Murojaatnomada mamlakatimizdagi tub o‘zgarishlar, yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish kun tartibidagi masala ekanini nazarda tutib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bo‘yicha yagona ko‘rsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish tavsiyasi berildi.

Murojaatnomada O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi “O‘zbekiston yoshlari – 2025” konsepsiyasini ishlab chiqishi, unda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlari belgilanishi zarurligi ta’kidlandi.

Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda hech kim chetda turmasligi, “O‘z bolangizni, o‘z uyingizni, o‘z Vataningizni ko‘z qorachig‘idek asrang!” degan shior odamlarimiz qalbidan chuqur joy olishi kerakligi aytib o‘tildi.

Jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit-qizlarimizning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish – birinchi darajali ahamiyatga ega ekani, shu bois, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy g‘oya asosida, yoshlarni ona-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish – o‘ta sharafli vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

Muhtaram Prezidentimiz mazkur murojaatnomada yoshlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasidan boshlangan yangi tashabbusni butun mamlakatimiz bo‘yicha amalga oshirish, fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlash borasida navbatdagi muhim qadam qo‘yish zarurligi va bu borada viloyat rahbarlarini, joylardagi barcha jamoatchilikni ushbu masalaga jiddiy e’tibor berishga chaqirdilar. Murojaatnomada, ayniqsa, mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan, lekin O‘zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘la olmayotgan minglab yurtdoshlarimizning ana shu muammosini qonuniy hal etish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish haqida muhim tavsiyalar berildi. Xususan, 1995-yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi avtomatik tarzda berilishi darkorligi va shu tariqa 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bog‘liq uzoq yillardan buyon yechilmasdan kelayotgan muammolari hal etilishi nazarda tutildi3. Bunga ko‘ra O‘zbekiston Respblikasi Adliya Vazirligining Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari shakillarini to‘ldirish qoidalariga o‘zgartrish kiritilgani yorqin misol bo‘la oladi. Vazirlar Mahkamasi bu masalani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqib, joriy yil 1-mayga qadar tegishli qonun loyihalarini taqdim etishi lozimligi belgilandi. O‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi va ijod qilishlari uchun huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar yaratilgani va bundan keyin ham “to‘rtinchi hokimiyat” vakillarining erkin va xolis faoliyat yuritishlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlarni xalqimiz va xalqaro hamjamiyat uchun ochiq-oydin yoritishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish haqida aytib o’tildi. Joylardagi muammo va kamchiliklarni ro‘y-rost ochib berish, ularni haqqoniy yoritishlarida professional jurnalistlarni hamisha va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari haqida aytib o‘tdilar.

Muhtaram Prezidentimiz barchamiz bir tan-u bir jon bo‘lib, yakdil va ahil bo‘lib harakat qilsak, halol-pok bo‘lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalq ekanimizni sharaf bilan ta’kidlab o‘tdilar. Yoshlarga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, oldimizga qo‘yilgan olamshumul maqsadlar yo‘lida fidokorona mehnat qilishga va Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirishga bor kuch-g’ayratimiz bilan mehnat qilishimiz darkor. Biz, yoshlar, bu yo‘lda har qanday qiyinchilik va mashaqqatlar bo‘lmasin, barchasini mardona yengib o‘tishga tayyormiz. Buning uchun bizdan hozirgi kun talablariga javob bergan holda o‘z bilim va malakalarimizni oshirish talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning parlament va O’zbekiston xalqiga 2020-yil 29-dekabrdagi murojaatnomasi.



2. www.lex.uz sayti.

1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning parlament va O’zbekiston xalqiga 2020-yil 29-dekabrdagi murojaatnomasi.

2 www.lex.uz


3 www.lex.uz


Download 14,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish