Ctrl+9 (Qatorni yashirish) – Ctrl+9 bilan qatorni tez yashiring (Ishora: Yashirilgan qatorni ko’rsatish uchun Shift ni qo’shing). U bir necha qatorlarda ham ishlaydi. Yashirilgan qatorlarni osongina ochsa bo’ladi, shuning uchun ma’lumotlarni “himoyalash” uchun buni ishlatmang.
Ctrl+T (Jadval yaratish) – Ctrl+T bilan ro’yhatning ichida xohlagan joydan jadval yarating. Siz hamma kataklarni tanlashingiz shart emas, keyin u jadvalni kengaytirishingiz mumkin.
Shift+F11 (Yangi varaq ochish) – Shift+F11 bilan faol varaqning o’ng tomonidan yangi varaq qo’shing. Ikkita yoki ko’proq kerakmi? Sizga kerak bo’lgancha varaqlarni tanlang, so’ng qisqa buyruqdan foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |