Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil martdagi
farmoni bilan ilmiy kadrlar tayyorlanishini tashkil etuvchi vakolatli organ –
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi.
Oliy attestatsiya komissiyasi
Prezidentning 1992-yil iyuldagi “Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga tajriba orttirishga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi.
1997-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklanib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘linmasi sifatida tashkil etildi.
2000-yili Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi dunyoning eng boy qo‘lyozmalar xazinasidan biri sifatida YuNESKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq
Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tashkil etildi
2008-yildan buyon Toshkentda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o‘tkazib kelinmoqda.
2008–2015-yillar davomida o‘tkazilgan I–VIII yarmarkalar doirasida jami 4000 dan ortiq ishlanmalar taqdim etildi.
Arxeologiya fani sohasida ham ma’lum siljishlar bo‘ldi.
2002-yildan “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” yillik to‘plami, 2010-yildan esa “O‘zbekiston Arxeologiyasi” ilmiy jurnali chop etila boshlandi.
Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi.
O‘zbekiston fani va ta’limi integratsiyasini
ta’minlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu jarayon 2012-yilga qadar Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy-o‘quv markazlari
tashkil etilishi orqali amalga oshirildi.
2012-yildan esa oliy ta’lim tizimida ilmiy sektor rivojini ta’minlash maqsadida Fanlar akademiyasining 5 ta ilmiy tadqiqot instituti, 4 ta mintaqaviy ilmiy markazlari ilmiy bo‘linma tarzida qayta tashkil etildi.
Fanlar akademiyasi tuzilmalarini qisqartirish hamda akademik fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish maqsadida 2014-yilda 2 ta institut va 1 ta bo‘linma oliy ta’lim muassasalari qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazlari sifatida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni ilk bor mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi.
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan edi.
O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko‘proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2 mingdan ortiq fan doktori va 9 mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.
Savol va topshiriqlar:
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil etilgan Oliy attestatsiya komissiyasining vazifalari nimalardan iborat edi?
2. Fanlar akademiyasining faoliyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Ilmiy daraja (fan nomzodi, fan doktori)ga ega bo‘lishning bir bosqichli tizimidan ikki bosqichli tizimga o‘tishga nimalar sabab bo‘ldi?
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ilm-fanni rivojlantirish borasidagi tashabbuslari nimalarda namoyon bo‘ldi?
5. Bugungi kunda O‘zbekistonda qancha akademik faoliyat olib bormoqda? Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib ularning ayrimlari nomini sanang.