Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• msinfo32- о системе (Tizim haqida ma’lumotlar)ni ishga tushirish
• explorer.exe – bir qarashda ushbu buyruq foydalidek tuyulmaydi: u shunchaki Проводник
oynasini ekranga chaqiradi, lekin bu muammosiz ishlayotgan tizim uchun shunday. Aytaylik, siz
tizimni ishga tushirayotib, “qora ekran” va “sichqoncha ko‘rsatkichi” holatiga duch kelib
qolsangiz, ushbu buyruq boshqacha tarzda ishlash ehtimolligi bor: u ishchi stoli, vazifalar paneli
va Windows'ning odatiy boshqa elementlarini ishga tushiradi (bu payt CTRL + SHIFT + ESC
klavishlari birikmasi yordamida Диспетчер задач oynasi ishga tushiriladi va unda Файл ->
Новая задача (Выполнить...) bandlari orqali Выполнить oynasi chaqiriladi).
• msconfig.exe – buyrug‘i yordamida biz har tomonlama foydali bo‘lgan Конфигурация
системы oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oyna yordamida biz: turli parametrlar bilan xavfsiz
rejim (Безопасный режим)ni faollashtirishimiz yoki Windows 10'ning odatiy yuklanishini
amalga oshirishimiz; yuklanishdan keraksiz operatsion tizimlarni olib tashlashimiz; Сервис
varaqa (вкладка)sida tizim bilan birga keluvchi diagnostika dasturlarini ishga tushirishimiz
mumkin.
• control.exe – buyrug‘i Windows'ning Панель управления oynasini ekranga chaqiradi.
• msinfo32.exe – buyrug‘i yordamida biz Сведения о системе oynasini ekranga chaqiramiz.
Ushbu oynada kompyuteringizning apparat va dasturiy komponentlari haqida: asosiy plataning
modeli, MAC-manzil, operativ (tezkor) xotira hajmi, protsessor yadrolari soni, Windows 10'ning
versiyasi va razryadi (arxitekturasi) kabi ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
• cleanmgr.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Очистка диска Windows yordamchi
dasturini ishga tushiradi. Ushbu dastur keraksiz vaqtinchalik fayllar, Очистить системные
файлы tugmasi bosilganida esa — hajmi ba’zida gigabaytlardan ham oshuvchi,
qo‘llanilmayotgan tizim fayllarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan.
• mstsc.exe – Подключение к удаленному рабочему столу oynasini ekranga chaqiradi.
• sdclt.exe – buyrug‘i tizimni tiklash diskini yaratish, fayllarning tarixini sozlash, tizimning
rezerv nusxasini yaratish imkonini beruvchi Windows 10'ni rezerv nusxalash va tiklash
parametrlari oynasini ishga tushiradi.
• mmc.exe – Консоль управления (MMC) oynasini ishga tushiradi — bu, birinchi navbatda
tizim administratorlari uchun tizimning apparat va dasturiy komponentlari holatini boshqarish va
monitoring qilishga mo‘ljallangan Microsoft'ga va boshqa ishlab chiqaruvchilarga tegishli
ulanadigan platformalar bilan ishlash uchun vositadir.
• resmon.exe – buyrug‘i tizim resurslarining samaradorligi va iste’molini tahlil qilish uchun qulay
bo‘lishi mumkin bo‘lgan, tizim bilan birga keluvchi Монитор ресурсов yordamchi dasturini
ekranga chaqirish uchun xizmat qiladi.
• regedit.exe – juda ko‘p marotaba esga olinuvchi buyruq, Редактор реестра oynasini ishga
tushiradi, u tizimning “juda nozik”, foydalanuvchidan o‘ta ehtiyotkorlikni talab etuvchi
sozlamalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uni boshqarishni yaxshi tushunib olish orqali
tizimni o‘zingiz uchun qulay holda sozlash va uning ishlash tezligini ancha oshirishingiz
mumkin.
• perfmon.exe – tizim samaradorligini kuzatish vositalarini o‘z ichiga oluvchi Системный
монитор yordamchi dasturini ishga tushiradi. Shuningdek u, tizim barqarorligi monitorini o‘z
ichiga oladi.
• mrt.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Средство удаления вредоносных программ
Microsoft Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi, uning tizimda mavjudligini ko‘pchilik
bilmasligi ham mumkin (Защитник Windows bilan adashtirmang). U har oy yangilanadi va
kompyuterga tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni tekshirish uchun birlamchi vosita sifatida
xizmat qilishi mumkin.
• winver.exe — o‘rnatilgan Windows'ning versiyasi, nashri va yig‘ilishi (сборка) haqida
ma’lumot beruvchi oynani ekranga chaqiradi.
• calc.exe — tizim bilan birga keluvchi Калькулятор dasturini ishga tushiradi.
• charmap.exe — foydalanuvchiga klaviaturada uchramaydigan, qo‘shimcha belgi (simvol)lardan
foydalanish imkonini beruvchi Таблица символов yordamchi dasturini ishga tushiradi.
• osk.exe — sichqoncha yordamida boshqariluvchi ekran klaviaturasini ishga tushiradi.
• taskmgr.exe — Windows'da ishlab turgan jarayonlar, xizmatlar, avtoyuklanishda turgan
dasturlar, protsessor, operativ xotira, disklar, tarmoqning ishlash ko‘rsatkichini o‘zida aks
ettiruvchi oynasi ishga tushiradi.
• dxdiag.exe — tizim, kompyuterning grafik va ovoz komponentlari parametrlari va imkoniyatlari
haqidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi, DirectX diagnostika uchun yordamchi dasturini
ishga tushiradi.
• shutdown.exe — kompyuterni o‘chirish, qayta yuklash va boshqa vazifalar uchun buyruq,
masalan, shutdown /o /r /t 0 buyrug‘i kompyuterni tiklash muhitida qayta yuklash uchun xizmat
qiladi.
Boshqaruv paneli (Панель управления) va boshqaruv konsoli (Консоль управления)larga
tegishli elementlarini ishga tushirish buyruqlari:
• compmgmt.msc — buyrug‘i kompyuterni boshqarish elementlari (tizim yordamchi dasturlari)ni
taqdim etuvchi oynani ochadi. Ularning barchasini alohida ochish ham mumkin, albatta, biroq
kimgadir aynan shunday interfeys ma’qul kelishi mumkin.
• devmgmt.msc — Kompyuterga ichki va tashqi ulangan qurilmalar dispetcheri (Диспетчер
устройств).
• diskmgmt.msc — Windows disklarini boshqarish (Управление дисками). (Qattiq) diskni
bo‘lim (раздел)larga bo‘lish va disklar bilan ishlashdagi boshqa maqsadlar uchun qo‘llanishi
mumkin.
• eventvwr.msc — Windows hodisalarini kuzatish (Просмотр событий). Nosozliklar yuz
berganda tizimning xatti-harakatlarini tahlil qilish, xatoliklar sabablarini aniqlashga imkon beradi.
• services.msc — buyrug‘i Xizmatlar (Службы) oynasini ishga tushiradi, u orqali Windows'dagi
ishlab turgan xizmatlarning joriy holatini ko‘rish, ularni ishga tushirish yoki to‘xtatish, ishga
tushirish turini o‘zgartirish mumkin.
• gpedit.msc — lokal guruh siyosati (Групповая политика) muharriri. Windows 10 Home
(Домашняя)da mavjud emas.
• ncpa.cpl — Windows'dagi tarmoq ulanishlari ro‘yxati, ushbu vosita yordamida ularning holatini
kuzatish va sozlash mumkin.
• appwiz.cpl — buyrug‘i dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish (Программы и компоненты)
interfeysini ekranga chaqirish.
• lusrmgr.msc — lokal foydalanuvchilar va guruhlar (Локальные пользователи и группы)ni
boshqarish.
• powercfg.cpl — noutbuk yoki ShK elektr ta’minoti (Электропитание) parametrlarini sozlash
oynasiga murojaat etish.
• firewall.cpl — Windows brandmauer (tarmoqlararo ekran, Firewall)i parametrlari.
• sysdm.cpl — virtual xotira fayli (файл подкачки), tizimni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan
tiklanish nuqtalari (точки восстановления), tizimning tezkor ishlash parametrlari (параметры
быстродействия), o‘zgaruvchi muhitlarni sozlash uchun mo‘ljallangan Параметры системы
oynasini ekranga chaqirish.
• mmsys.cpl — Windows'ning yozib olish va ijro etish qurilmalari holatini kuzatish oynasi
(Звуки).
• taskschd.msc — Windows 10'dagi vazifalarni rejalashtirish (планировщик заданий) oynasini
ishga tushirish.
• “\” — bevosita (C:) diskiga o‘tish.
• “.” — Joriy foydalanuvchining papkasini ochish (C:\Users\Foydalanuvchi_nomi).
• “..” — “Foydalanuvchilar” (“Пользователи”, “Users”) papkasini ochish.
• “%temp%” — Vaqtinchalik fayllar papkasi (Temp)ni ochish.
• “%appdata%” — Joriy foydalanuvchining AppData\Roaming papkasini ochish.
• “%localappdata%” — Joriy foydalanuvchining AppData\Local papkasini ochish.
• “%systemroot%” — C:\Windows papkasini ochish.
• “%programdata%” — C:\ProgramData papkasini ochish.
Do'stlaringiz bilan baham: |