Virusga qarshi kurashish dasturlari Kompyuter viruslarini qidirib topish, o’chirish va ulardan himoyalanish uchun maxsus dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlar antiviruslar deyiladi. Antiviruslarning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: - viruslarning kompyuter tizimiga kirishiga to’sqinlik qilish;
- kompyuter tizimida virusning mvjudligini aniqlash;
- kompyuter tizimidan, sistemaning boshqa obyektlariga zarar yetkazmagan holda, viruslarni yo’qotish;
- virusning ta’siridan zararlanishni minimallashtirish.
Antivirus dasturlarining quyidagi turlarini ajratish mumkin: - detektor-dasturlar;
- doktor-dasturlar yoki faglar;
- revizor-dasturlar;
- filtr-dasturlar;
- vaksina-dasturlar yoki immunizatorlar.
Detektor-dasturlar tezkor xotirada va fayllarda aniq virus uchun xarakterli belgilarni qidirishni amalga oshiradi. Topilganda mos signal beradi. Bunday antivirus dasturlarining kamchiligi – faqat dasturni ishlab chiquvchi uchun ma’lum bo’lgan viruslarni topadi. - Detektor-dasturlar tezkor xotirada va fayllarda aniq virus uchun xarakterli belgilarni qidirishni amalga oshiradi. Topilganda mos signal beradi. Bunday antivirus dasturlarining kamchiligi – faqat dasturni ishlab chiquvchi uchun ma’lum bo’lgan viruslarni topadi.
- Doktor-dasturlar yoki faglar, hamda vaktsina-dasturlar virus bilan zararlangan faylllarni nafaqat topadi, balki ularni «davolaydi» ham, ya’ni fayldan virus-dastur tanasini o’chiradi va faylni asl holatiga qaytaradi.
- Faglar ishning boshlanishida tezkor xotirada viruslarni qidiradi va mavjud bo’lsa, yo’qotadi, so’ngra fayllarni «davolashga» o’tadi. Faglar ichida polifaglarni, ya’ni katta hajmdagi viruslarni qidirish va yo’qotishga mo’ljallangan Doktor-dasturlarni ajratish mumkin. Masalan, Aidstest, Scan, Norton AntiVirus, Doctor Web, Kasperskiy antivirus dasturi va boshqalar. Yangi viruslarning yaratilishini hisobga olgan holda detektor- dasturlar va doktor-dasturlar tez eskiradi va doimiy yangi talqinlarining yaratilishini talab qiladi.
- Revizor-dasturlar viruslardan himoyalanishning eng ishonchli himoya vositalari hisoblanadi. Revizorlar kompyuter virus bilan zararlanmaganda dasturning boshlang„ich holatini, kataloglar va diskning tizim sohasini «eslab» qoladi, so’ngra davriy yoki foydalanuvchi ixtiyoriga ko’ra joriy holatini boshlang’ich holati bilan taqqoslaydi. Topilgan o’zgarishlar monitor ekraniga chiqariladi. Taqqoslashda faylning uzunligi, siklik nazorat kodi (faylning nazorat yig’indisi), modifikatsiya vaqti va kuni va boshqa parametrlari tekshiriladi. Revizor-dasturlar ancha rivojlangan algoritmga ega bo’lib, stels-viruslarni ham topishi va tekshirilayotgan dasturni virus tomonidan kiritilgan o’zgartirishlardan tozalashi mumkin. Revizor-dasturlarga keng tarqalgan Adinf dasturini kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |