№8 – Amaliy mashg‘ulot
|
WINDOWS OPERATSION TIZIMI,ISH STOLI VA UNING TARKIBI
|
|
Ishning maqsadi:
|
Talabalarga windows operatsion tizimi,ish stoli va uning tarkibini o’rgatish.
|
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Kompyuter qurilmalari va ular asosida shaxsiy kompyuterlarni yig‘ish, kompyuterdan nima maqsadda foydalanishga bog‘liqdir. Masalan:
Odatiy ishlar uchun
Offis ishlari uchun
Buxgalteriya ishlarini bajarish uchun va boshqalar.
Kompyuterlarni yig‘ish uchun kerak bо‘ladigan komponentlar va qurilmalar:
|
Korpus
|
|
Video karta
|
|
Ona plata
|
|
SD-Rom
|
|
Protsessor
|
|
Qattiq disk yoki vinchester
|
|
Kuler, vintelyatorlar
(Parrak)
|
|
Monitor
|
|
Xotira qurilmalari
|
|
Klaviatura
|
|
Ovoz kartasi
|
|
Sichqoncha
|
|
Ichki yoki tashqi modem
|
|
Kolonkalar
|
|
Tarmoq kartasi
|
Va boshqalar
|
|
Foydalanadigan uskunalar:
Otvertkalar tо‘plami
Shurupovert
Pinset
Termopasta
Vintlar tо‘plami
Shleyflar komplekti
Audiokabel va boshqalar
Korpusni komponentlarni yig‘ishga tayyorlash.
Korpusning devor qismlarini yechish.
Buning uchun korpusning orqa qismini о‘zingizga qaratib buring va yon devorlarini ushlab turuvchi vintlarini ohista yeching.
Ona plata komponentlarini о‘rnatish.
Ona platani karton yoki paralon tо‘shalgan stol ustiga qо‘ying. Karton yoki paralonni tо‘shalishi stolni qirilishidan himoya qiladi.
Maxsus joy, ya’ni razyemga protsessorni о‘rnatish. Buning uchun razyem yon tomonlarida joylashgan temir richaklarni vertikal holatgacha kо‘tarib qо‘ying.
Ortiqcha kuch ishlatmasdan protsessorni razyemga о‘rnating va temir richaklarni joyiga tushuring.
Protsessorga siliq holda termopasta surkang.
Kulerni protsessorga о‘rnating. Bunda protsessor va kulerning о‘yiq joylari bir biriga mos kelishiga e’tibor bering.
Vintelyatorning elektr ta’minlagichini ona plata razyomiga о‘rnating, razyom о‘zining kalitiga ega bо‘lib, uni notо‘g‘ri о‘rnatib bо‘lmaydi.
Xotira modullariga razyemlarni tanlash (DDR1,DDR2,DDR3) va о‘rnatish.
Ona platani korpusga о‘rnating, bunda ona platani qotiruvchi vintlardan foydalaning.
Adapterlarni о‘rnatish. Video kartani mos razyemga о‘rnating. Bu razyemning rangi boshqalaridan farqlanib u elektr ta’minlagich bloki (blok pitaniya) ga yaqinroq joylashgandir.
Boshqa adapterlarni, ya’ni ovoz kartasi, tarmoq kartasi, ichki modem razyemlarga mos ravishda о‘rnatiladi. Agar iloji bо‘lsa turli adapterlarni yonma yon о‘rnatmagan ma’quldir, chunki bu holat ularni qizishni oldini oladi. Adapterlar о‘rnatilgandan keyin ularni vintlar bilan qotirib chiqing.
Portlarni о‘rnating (о‘yin, usb portlari, ma’lumotlar tez chiqaruvchi maxsus port,...).
Portlar razyemlarini ona plataga о‘rnating.
Parraklar (Vintelyator)-larni o‘rnatish. Hozirgi zamon ona platalar havo temperaturasiga qarab parraklar harakatini boshqaradi. Parraklarning ichga havo tortuvchi va tashqariga issiq havoni chiqaruvchi kо‘rinishlari mavjuddir.
Parraklar elektr ta’minlagichini ona plataga о‘rnating.
Qattiq disk (vinchester) va CD-ROM-larni о‘rnating. Ularni maxsus karkas deb ataluvchi qismlarga vintlar yordamida qotiriladi. CD-ROMni о‘rnatishda uning ustki va ostki qismlaridan ozgina tirqich qolishiga e’tibor bering, bu tirqich havo aylanishini ta’minlaydi.
Bu qurilmalar elektr ta’minlagichlarini ular uchun ajratilgan maxsus joylariga о‘rating.
Korpusning yon devorlarini о‘rniga qо‘ying va apparat qismlarini (monitor, sichqoncha, klaviatura, kolonkalar va boshqa) larni о‘rnating.
Yig‘ilgan kompyuter foydalanishga tayyor(albatta kompyuterning ikkinchi muhim qismi, ya’ni dasturiy ta’minoti о‘rnatilgandan sо‘ng).
Yakuniy xulosa:
Kompyuter yig‘ildi.
Erishilgan natija sо‘ralgan talablarga javob beradi va kelgusida yana kompyuterni qо‘shimcha jihozlantirish imkoniyatiga ega.
Birinchidan bu foydalanayotgan RAM hajmiga va yuqori chastotali protsessorning soniga tegishlidir.
Yana bir bor diqqat bilan barcha ulanishlarni kо‘zdan kechiring, о‘rnatilgan qurilmalarning tо‘g‘riligiga ishonch hosil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |