WINDOWS operatsion sistemasining asosiy afzalliklari: - ko'p masalaliligi - bir vaqtning o'zida bir necha dastur va oynalar bilan ishlash mumkin;
- yagona dastur interfeysi - WINDOWS operatsion sistemasi muhitida ishlaydigan bir dasturda tayyorlangan ma'lumotlarni boshqa dasturlarga olib o'tish imkoniyati mavjud;
- yagona foydalanuvchi interfeysi - WINDOWS operatsion sistemasidagi bir dastur interfeysida ishlashni o'zlashtirib olgandan keyin, boshqa dastur interfeysini o'rganish oson;
- yagona apparatli-dasturiy interfeys - WINDOWS muhiti turli qurilma va dasturlarning bir-biriga mosligini ta'minlaydi hamda WINDOWS muhiti boshqa, masalan, MS DOS, operatsion sistemalarida yaratilgan dasturlardan ham foydalanish imkoniyatini beradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |