Web-texnologiya tushunchasini ta`riflang



Download 55,83 Kb.
bet7/15
Sana17.01.2022
Hajmi55,83 Kb.
#380567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
3-lab mashg`uloti javobi 11.12.2021

Internet – axborotlarni qidirish, saqlash va uzatish uchun ajoyib tarmoqdir. Bu hayotimizning axborot loyihasidir.

Uning xizmat doirasi keng:


ilm va san`at, tijorat va siyosat;


  • o`qish va ish, dam olish va ko`ngilochar o`yinlar;


  • ajoyib insonlar bilan uchrashuvlar, xizmat sohasi va boshqalar. Internetning barcha axborotlari elektron ko`rinishda taqdim etilgan.


Internet – jahon bo`yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan yaxlit tarmoq bo`lib, unda yagona «til» – andoza-qoidalar majmui asosida axborot almashadilar. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma`noni anglatadi. Umuman olganda Internetni tarmoqlarning tarmoqi sifatida qabul qilish to`g`ri bo`ladi.

Internet unga ulangan tarmoqqa kiruvchi kompyuterlarning o`zaro ma`lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet davlat buyurtmalarini bajarishda tashkilotlarning birgalikda olib boriladigan faoliyatlarini yengillashtirish maqsadida o`tgan asrning 60-yillari oxirida (yanada aniqroq aytadigan bo`lsak, 1969-yilning 2-yanvarida) AQSh mudofaa vazirligining loyihasi asosida yuzaga kelgan. Bu boshlang`ich tarmoq ARPANet bo`lib, avvalo Kaliforniya va Yuta shtatlaridagi 4 ta kompyuterni o`zaro bog`lagan. 1972-yilda ARPANet tajriba tarmog`i namoyish etiladi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo`lib, barcha kompyuterlar teng huquqli bo`lishga va resurslarga faqat murojaat qilishga mo`ljallangan dasturiy ta`minot yordamidagina kirish mumkin bo`lgan. Keyinchalik bu tarmoq kengayib 80-yillar oxirida (1987-yil NSFNet Backbon) AQSh milliy ilmiy jamiyatning ixtiyoriga topshirildi va NSFNet (National Science Foundation (NFS) – Milliy ilmiy fond) shaklida rivoj topdi. Bu davrda boshqa davlatlarda ham milliy tarmoqlar shakllana bordi. Asta-sekin turli davlatlarning kompyuter tarmoqlari birlasha bordi va 90-yillarga kelib hozirgi Internet tarmog`i shaklandi.

Internetdan foydalanishda quyidagi tendentsiyalar kuzatildi:

1981-yilda 213 ta kompyuter;

1983-yilda 562 ta kompyuter;

1986-yilda 5089 ta kompyuter;

1992-yilda 727000 ta kompyuter;

1995-yilda 20 mln.dan ortiq kompyuter.

Bundan ko`rinib turibdi-ki, Internet tarmog`iga ulangan kompyuterlar soni yil sayin ortib bormoqda.

Internetga egalik qilish huquqi hech kimga berilmagan, ya`ni turli davlatlar vakillaridan tashkil topgan BMTga o`xshash maxsus nazorat qiluvchi tashkilotlar yo`q. 1998-yilda Amerika hukumati Internetga tegishli bo`lgan masalalarni yechish (foydalanuvchilarning huquqilarni himoyalash, intellektual mulkni himoyalash, ta`magirlikka qarshi kurash va h.k.) uchun bir nechta notijorat tashkilotlarini tashkil qilishni taklif qildi. Natijada Internet Corporation for Assigned Names & Numbers (ICANN) tashkiloti yuzaga keldi.

Internet XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli jahondagi millionlab kompyuterlar yagona tarmoqqa birlashtirildi. Bosh kompyuterni internet tarmog`iga ulash uchun joylardagi internet ishini boshqaruvchi tashkilotga murojat qilinishi kerak.

Kompyuterni internetga yuklash uchun dastlab telefon tarmog`i orqali internetda xizmat ko`rsatadigan provayder serveriga ulanish kerak bo`ladi. Ulanish vaqtida kompyuterda mijozning ismi (login) va paroli kiritilishi talab qilanadi. Agar kiritilgan ism va parol to`g`ri bo`lsa, mijozning kompyuteri provayder serveriga ulanadi. Ulanish va uning tezligi xaqida ma`lumot oynasi hamda kompyuterning topshiriqlar jadvalida oldinma-keyin joylashgan kompyuterlar tasviri paydo bo`ladi. Ushbu jarayonlar to`g`ri bajarilgandan so`ng, istalgan biror-bir brauzerdastur yordamida Internet tarmog`iga ulaniladi. Agar aloqa o`rnatilmay qolsa, aloqa o`rnatilmaganligi haqida xabar beruvchi oyna paydo bo`ladi. Bunday xolda aloqani o`rnatish uchun yuqoridagi jarayon qayta takrorlanadi.

Internet tarmog`ida barcha mavjud bo`lgan aloqa tarmoqlaridan foydalanilmoqda: past tezlikdagi telefon tarmoqlaridan yuqori tezlikdagi raqamli sputnik kanallarigacha. Internet tarmog`ida ko`plab kompyuterlar Unix yoki VMS operatsion tizimlarida ishlamoqda. Bundan tashqari, NetBlazer yoki Cisco turidagi maxsus tarmoq marshrutizatorlari taqdim etilgan. Internetda «WWW» nom tarkibiga kiruvchi manbalar ko`pchilikni tashkil etadi. Yuqori darajaning eng katta domeni «COM» hisoblanadi va u 3,96 mln.dan ortiq saytga ega bo`lib, saytlar umumiy sonining 25% ini tashkil etadi. Hozirda EDU, NET, Japan, NIL domenlari ham tez kengayib bormoqda.

Internet turli korxona va tashkilotlarga tegishli bo`lgan ko`plab lokal va global tarmoqlardan tashkil torgan. Bu tarmoqlar o`zaro turli aloqa tarmoqlari orqali bog`langan. Internetni turli kattalikdagi tarmoqlardan tashkil topgan va o`zaro bir-biri bilan xabar, fayl va boshqalar jo`natib, faol aloqada bo`lgan mozaika ko`rinishida tasavvur qilish mumkin.

Internet tarmog`ini tashkil etuvchi negiz kompyuterlar xostlar (Host) yoki tarmoq bo`g`inlari deyiladi. Bunday kompyuterlar o`rtasida aloqa 24 soat mobaynida davom etadi. Ular ilmiy va o`quv binolarida, korxonalarda, katta firmalarda va boshqa korxonalarda joylashgan. Tarmoq bo`g`inlari o`rtasida aloqa shisha tolali, sputnikli, radioreleli va telefon kanallari orqali amalga oshiriladi.

Internet ko`pqavatli tarkibga ega. Asos tarmoqda yuqori tezlikdagi optik bog`lanish kanallaridan foydalaniladi. Unga lokal tarmoqlar va kompyuterlar bilan o`zaro aloqalarni ta`minlovchi hududiy tarmoqlar ulangan. Lokal tarmoqlar va kompyuterlar Internet provayderlari deyiladi.


Download 55,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish