Web saytini yaratish mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga annotatsiya



Download 5,26 Mb.
bet1/3
Sana22.07.2022
Hajmi5,26 Mb.
#836974
  1   2   3
Bog'liq
Bmi


ANNOTATSIYA
“Turizmva sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali web saytini yaratish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga annotatsiya.
Ushbu malakaviy ish zamonaviy kompyuter imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalangan xolda PHP Yii2 yordamida yaratildi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, analitik qism, loyiha qismi, tadbiq qilishni tashkil etish va samaradorligi, mehnat muhofazasi, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.
Kirish qismida axborot texnologiyalarini rivojlanishi xaqida gap boradi.
Analitik qismda HTML, CSS va PHP dasturlash tili, MySQL, Yii2 haqida gap boradi.
Bitiruvchi malakaviy ishining loyiha qismi 3 qismdan iborat bo‘lib, saytni yaratish uchun texnik topshiriq, sayt ma’lumotlar bazasini loyixalash, dasturiy vositadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar berilgan.
Tadbiq qilishni tashkil etish va loyihalar samaradorligi qismida sayt boshqaruv paneli va dasturini samaradorligi va tadbiq qilinishi ko‘rib chiqilgan.
Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishi yakunida xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilova o‘z o‘rnini topgan.


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………6
I

1.1 HTML ,CSS , PHP tillari. 10
1.2 MySQL ma’lumotlar bazasi, versiyalari va tiplari 25
1.3 Yii framework, afzalliklari va kamchiliklari 30
II. LOYIHA QISMI 33
2.1 Web sayt uchun texnik topshiriq. 33
2.2. Sayt ma’lumotlar bazasini loyihalash 35
2.3. Saytni yaratish. 38
III. TADBIQ QILISHNI TASHKIL QILISH VA LOYIHA SAMARADORLIGI 47
3.1 Sayt boshqaruv paneli. 47
3.2 Web saytlardan foydalanishning samaradorligi va bugungi kundagi zaruriyati 50

Xozirgi kunda axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Internet texnologiyalarining yaratilishi turli manbalardan tez va oson yo‘l bilan axborot olish imkoniyatlarini xamma uchun oddiy fuqarodan tortib yirik tashkilotlargacha misli ko‘rilmagan darajada oshirib yubordi. Davlat muassasalari, fan-ta’lim muassasalari, tijorat korxonalari va alohida shaxslar axborotni elektron shaklda yaratib-saqlay boshladilar. Bu muhit avvalgi fizikaviy saqlashga nisbatan katta qulayliklar tug‘diradi. Saqlash juda ixcham, uzatish esa bir onda yuz beradi va tarmoq orqali bor ma’lumotlar bazalariga murojaat qilish imkoniyatlari juda keng. Axborotdan samarali foydalanish imkoniyatlari axborot miqdorining tez ko‘payishiga olib keldi. Biznes qator tijorat soxalarida bugun axborotni o‘zining eng qimmatli mulki deb biladi. Bu albatta ommaviy axborot va xamma bilishi mumkin bo‘lgan axborot xaqida gap borganda o‘ta ijobiy xodisa. Lekin pinxona (konfidensial) va maxfiy axborot oqimlari uchun internet texnologiyalari qulayliklar bilan bir qatorda yangi muammolar keltirib chiqardi. Internet muxitida axborot xavfsizligiga taxdid keskin oshadi:
- Axborot o‘g‘irlab qo‘yish;
- Axborot mazmunini buzib qo‘yish, egasidan iznsiz o‘zgartirish;
- Tarmoqqa va serverlarga o‘g‘rincha suqilib kirish;
-Tarmoqqa tajovuz qilish;
-Avval qo‘lga kiritilgan transaksiya(amallarning yaxlit ketma-ketligi)larni qayta yuborish, "xizmatdan yo axborotga daxldorlikdan bo’yin tovlash", jo‘natmalarni ruxsat berilmagan yo‘l orqali yo‘naltirish.
Ma’lumki, xozirgi kunda web-sahifalarni yaratish eng zamonaviy dasturlashlardan xisoblanadi. Bir necha yil avval ko‘plab web-sahifalarini yaratuvchilar statistik ma’lumotlargagina qo‘llar edilar. Web-sahifalar HTML-fayllardan tashkil topib, foydalanuvchi o‘z brauzerini ishga yuklar va o‘qiy olar edi.
Sekin asta web-tarmoqida foydalanuvchilar bilan aloqa uchun formalar yaratilib, qidiruv funksiyalari hamda o‘zaro axborot almashinish imkoniyatlari yaratila boshlandi, lekin sahifaga murojat qiluvchiga statistik ma’lumotlar avvalgidek ko‘rinishda ifodalab berildi. Kompyuterdan foydalanuvchi o‘z shaxsiy ish rejalariga ega bo‘lib, bu ishlarni, ya’ni elektron pochtani tekshirish, ko‘rish rejalarini tartibga solish kabilarni shu web sahifa asosida amalga oshiradi. Xatto ba’zi bir maxsus ma’lumotlarni tarmoq orqali mijozga namoyish etish uchun ham sahifa ko‘rinishida uzatilib beriladi.
Agar biz web-sahifalarini tayyorlovchi sifatida asosan HTML, JavaScript va grafik dizaynerlik bilan shug‘ullansangiz yoki biz dasturchi bo‘lsak, lekin web-dasturlash texnologiyasi bilan tanish bo‘lmasak u xolda bu fan (soxa) biz uchundir. U sizga yuqori eng zamonaviy yo‘nalishda qadam qo‘yishingizga yordam beradi. PHP tili Perl, ASP va Java tillari bilan bir qatorda dinamik web-sahifalarni yaratishda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.
Insoniyat rivojlanishining zamonaviy bosqichi axborotning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatining beqiyos o‘sishi bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi pochat jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish xamda pochta jo‘natmalarii, pensiya va nafaqalar, davriy nashrlarni etkazib berrishda bir biri bilan o‘zaro uzluksiz bog‘langan pochta aloqasi ob’ektlari va pochta yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarorida “Respublika milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yilllar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturi” tasdiqlandi. Ushbu kompleks dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-O‘zbekiston Respublikasida 2013-2020 yillar mobaynida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini rivojlantirish dasturi:
-«Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi komplekslari va ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha tadbirlar va loyihalar ro‘yxati
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil etildi.
«Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi komplekslari va ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha tadbirlar va loyihalar ro‘yxatidan xam ko‘rinib turibdiki, axoli va tadbirkorlarni barcha tashkil etiladigan axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari bilan bog‘lash yagona davlat interaktiv xizmatlari va davlat organlari saytlari orqali amalga oshiriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda xar bir korxona muassasada faoliyat olib boruvchi xodimlar o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishlari talab qilinadi. Xar bir lavozimning o‘ziga xos bo‘lgan vazifalari mavjud. Bu vazifalar lavozim yo‘riqnomalarida to‘la ko‘rsatib berilgan.
Axborot texnikasiga birmuncha torroq doiradagi texnik vositalarni, chunonchi: “qog‘ozli” va “elektron” axborot bilan, uning hamma turlari va ko‘rinishlarida ishlash uchun foydalaniladigan vositalarni kiritish mumkin.
Axborot texnikasi ilg‘or boshqarish tizimlarining moddiy bazasini tashkil etadi. Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi- yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo‘lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har-xil to‘siqlarga duch keladi va shu to‘siqlarni engib o‘tish mobaynida yana yangi kashfiyotlar vujudga keladi. Lekin, xayot tajribalaridan ma’lumki, ko‘pincha yangi kashfiyot ma’lum bir muammoni xal qilish jarayonida yuzaga keladi.
Davr talabiga ko‘ra bugungi kunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni boshqarish, ayniqsa, xozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumotlarni boshqarish tizimlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelayapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lgan informatika sohasida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo‘layotgan o‘zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o‘zgarib va boyib bormoqda.
Yangi axborotlar texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarning paydo bo‘lishi bu sohadagi hizmat qilish usulini tubdan o‘zgartirdi. Yaqin – yaqinlargacha biror masalada kompter yordamida echish uchun algoritmlarni, dasturlash tililaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolari-yu natijani taxlil qilishni bilish talab etilar edi. Bu ishni faqatgina mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo, bu sohada mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko‘payishi jamiyat oldida ma’lum qiyinchiliklarni tug‘dirdi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari – bu kompyuterlarni qo‘llash, foydalanuvchilarning ( dasturlash sohasida kasb egasi bo‘lmaganlarning ) axborot jarayonida keng ishtirok etishiga, do‘stona foydalanuvchi interfeysning yuqori darajasiga, umumiy va muammoviy belgilanishdagi amaliy dasturlar paketini keng qo‘llashga, EHM ning hisoblash tarmoqlari tufayli foydalanuvchini uzoqlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va dasturlariga kirishga asoslangan texnologiyalardir.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ijtimoiy rivojlanish-ning sanoat davridan jahon ko‘lamidagi axborot davriga o‘tishning asosidir.
Hozirgi paytda yangi axborot texnologiyasi sohasida dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog‘liq yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi.
O‘zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intelektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Axborot texnologiyalarining turli vositalariga ehtiyoj mamlakatimizda kundan-kunga ortib bormoqda.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va zamona-viylashtirish respublikamizda ustuvor o‘rinlarga chiqmoqda.
ANALITIK QISM

1.1 HTML ,CSS , PHP tillari.


Gipermatnlar tili (HTML) web-brauzerlar ekraniga ma’lumotlarni standart kodlar orqali chop etish imkoniyatini beradi. HTML dan foydalanib o‘zida taxrirlangan matn, tasvir, multimediya elementlarini aks ettirgan web-saxifalarni yaratish mumkin.
HTML ni dasturlash tillaridan farqlash lozim. HTML ni web-brauzerlarga matn yoki tasvirlarni qay holatda chop etish ko‘rsatmalar to‘plami deyish ham mumkin. Masalan HTML xujjat o‘zida quyidagi matnni aks ettirgan bo‘lsin:

Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish