tekislikning izi deyiladi.
PHh to‘g‘ri chiziq P tekislikning gorizontal izi PV —frontal izi, Pv — profil izi, Px, Рy Pz nuqtalar esa izlarning uchrashish nuqtalari deyiladi. Chizmada tekislikning ikki izi ma’lum bo‘lsa, uning uchinchi izini topish mumkin. Shu sababli tekislik epyurda uch izi bilan emas, balki ikki izi bilan beriladi. Umuman, turli geometrik shakllar bilan berilgan tekisliklaming izlari mazkur shaklga tegishli bolgan ikki kesishuvchi yoki parallel chiziqlaming izlarini yasash yo‘li bilan aniqlanadi.
ABC uchburchak bilan berilgan tekislikni ABC (abc, a’b’c’) ko‘rinishda, izlari bilan berilgan P tekislik esa P (PH, PV) ko‘rinishda yoziladi.
Tekislik proyeksiya tekisliklari H, V va W larga nisbatan umumiy yoki xususiy vaziyatda bo‘lishi mumkin.
Agar tekislik proyeksiyalari tekisliklarining hammasiga og‘ma vaziyatda bo‘lsa, bunday tekislikni
Do'stlaringiz bilan baham: |