- yangiliklar , kommentariyalar maqolalarning kontentlarini chiqarish uchun.
Bu teglarni kerakli joylarda to’g’ri ishlatish sayt strukturasini tushunarli (tartibli) bo’lishiga olib keladi.
Hozirgi kunda saytlarni formalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, ya’ni formalar saytlarning asosi bo’lib qilgan. Formalar asosan ro’yxatdan o’tishda , kommentariyalar yozishda , qandaydir blankalarni to’ldirishda zarur bo’ladi. Foydalanuvchilar formalarni to’latib , serverga jo’natish jarayonida kiritilgan ma’lumotlarning to’liqligi va to’g’riligini tekshirish uchun alohida skriptlar yoziladi. HTML5da yangi Web Forms 2.0 nomli formalar bilan ishlash uchun tartib qoidalar ishlab chiqilgan. Yangi “required” va “email” nomli atributlar orqali avtomat tarzda foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar tekshiriladi. Hattoki elektron pochta adreslari to’g’ri kiritilganligi to’g’risida ma’lumot beradi. Bu atributlardan boshqa yana bir necha forma ma’lumotlarini tekshiradigan atributlar mavjud(url, data, datetime, week, month, number,..).
Saytlar orqali videolar ko’rmoqchi bo’lib, videoga oid saytni ochsangiz, u yerda flash player qidirishni boshlaysiz. Ortiqcha ish bajarasiz va vaqtingizni yo’q joydan sarflaysiz va bir hisobda pulingizni ham (yuklab olish uchun ketadigan megabaytlar). HTML5 tuzuvchilari multimedia yo’nalishida ham yangi teglar yaratishdi va bu teglarni
HTML5 ning yana bir yutug’i User Interaction nomli qismi. Bu qism orqali saytni interaktiv shaklda yaratish mumkin. Contenteditable atributi orqali saytni qaysi qismini foydalanuvchilar o’zgartirish mumkinligini belgilab qo’yish mumkin. Shablonlar yaratish jarayonida bu atributni ishlatish qulay bo’ladi , ya’ni web texnologiyadan xabarsiz bo’lgan foydalanuvchilar ham visual tarzda sayt qismlarini o’zgaretirish mumkin bo’ladi.
Javascript dasturlash tili haqida ma’lumotlar:
Javascript bu web sahifalarni o’zaro ta’sirini hosil qilish uchun foydalaniladigan dasturiy tildir. Bu sahifagfa hayot beradi ya’ni foydalanuvchini jalb qiladigan o’zaro ta’sirlashuvchi elementlar va animatsiyalar hosil qiladi. Agar bosh sahifada qidiruv qutisini ishlatgan bo’lsangiz , yoki videoni tomosha qilgan bo’lsangiz , u Javascript orqali ishlayotgan bo’lishi mumkin.
JavaScript va HTML
HTML va JavaScript ikki xil narsadir , lekin ular bir birini to’ldiradi. HTML – static veb kontentni aniqlash uchun mo’ljallangan formatlash tilidir. Bu veb-sahifani uning asosiy tuzilishi bilan ta’minlaydi. JavaScript bu sahifadagidinamik vazifalarni , masalan, animatsiya yoki qidiruv maydonchasini bajarish uchun mo’ljallangan dasturiy tildir.
JavaScript veb-saytning HTML tizimida ishlash uchun yaratilgan va odatda bir necha marta ishlatiladi. Agar siz kod yozishni davom ettirmoqchi bo’lsangiz , ularni alohida fayllarga joylashtirsangiz JavaScript ga osonroq kira olasiz. (.JS kengaytmasidan foydalanish ularni aniqlashda yordam beradi.) JavaScript ni HTML ga teg kiritish orqali bog’lanadi.
Interfaol veb-saytlarni yaratishda , kod ishlashini sinab ko’rishda , foydalanuvchi qurilmasi bilan ishlashda va boshqa ko’p narsalarda yordam beradigan funksiya va xususiyatlarni qamrab olishda html5 va apin lardan foydalaniladi.HTML5 spesifikatsiyasi yangi APIlarga bir qator foydali funksiyalarni qo’shdi. Lekin ularni brauzer yordami yetishmasligi sababli o’rganish murakkab.
Asosiy 10 ta HTML5 API lar:
1.Yuqori aniqlikdagi API
2. Foydalanuvchi vaqti API
3. Navigatsiya vaqti API
4. Tarmoq haqida ma’lumot API
5. Tebranish API
6. Batareya holati API
7. Sahifa ko’rinishi API
8. To’liq ekran API
9. Foydalanuvchi media API
10. Veb rozetka API0
HTML5 Javascript API indeksi HTML5 spetsifikatsiya hujjatlaridan avtomatik ravishda IDL bo’laklarini skanerlash orqali hosil bo’ladi.Indeks generatori IDL kodini tahlil qiladi va uni mos keladigan sarlavhalarga bog’laydi , freymlardan foydalanib qulay tarzda o’tish mumkin bo’lgan o’zaro bog’liqlik yaratadi.
API- bu atama bilan ozgina bo’lasa ham shug’ullangan odam uchun nimanidir anglatadi. Lekin, hamma ham u nimani anglatishini va u nimaga kerakligini to’liq tushunishmaydi. Dasturchi Pyoter Gazarov API haqida oddiy tilda o’zining blogida gapirib berdi.
API abbereviaturasi “Application Programming Interface” so’zalrining bosh harflariodan olingan bo’lib, dasturlarni dasturlash interfeysi yoki dasturlarni dasturiy interfeysi deb tarjima qilinadi. Ko’plab katta kompaniyalar ma’lum darajaga yetishganda, o’z mijozlari yoki kompaniya ichida qo’llanilishi uchun , API yartishadi. API’ni dastur yaratishda yoki biznesda qanday qo’llanilishi tushunish avvalo “butunjahon o’rgimchak to’ri” qanday ishlashi bilan tanishib chiqish kerak bo’ladi.
Butunjahon o’rgimchak to’ri va uzoqdagi(boshqa joydagi ) serverlar
WWW’ ni bir biri bilan bog’langan, serverlarning katta tarmog’I sifatida tasavvur qilish mumkin va ularda har bitta sahifa saqlanadi. Oddiy noutbukni tarmoqda butun bir sayt ishlashini ta’minlaydigan serverga aylantirish ham mumkin. Lokal serverlar esa, dasturchilarga ular sayt yaratishlari uchun vaqtincha server vazifasini bajarish mumkin. Brauzerning manzil qatorida www.facebook.com yozilganda , boshqa joydagi facebook serveriga kerakli so’rov yuboriladi. Brauzer serverdan javob ilishi bilanoq u kodni interpretatsiya qiladi(“chizadi”) va foydalanuvchiga sahifani ko’rsatadi.
Foydalanuvchi har gal tarmoqdagi qaysidir sahiufaga tashrif buyurganda u boshqa joydagi server API’ si bilan bog’langan. API – serverning asopsiy qismi bo’lib, u so’rovlar qabul qiladi va ularga javoblar qaytaradi.
API-mijozlarga xizmat ko’rsatish usuli
Ko’plab kompaniyalari API’ni tayyor mahsulot sifatida taqdim etishadi. Masalan , Weather Underground metereologik ma’lumotlar olish uchun API sotadi.
Google Kalerndarning Api’sini tarmoqdagi boshqa serverlarning API’sidan qanday farqi bor?
Bu savolga texnik yondashadigan bo’lsak, so’rov va javobning formatida. Brauzer butrun web sahifani generatsiya qilish uchun javobni HTML ifodalash tilida kutadi. Google Kalendarning API’si esa ma’lumotlarni JSON formatida qaytaradi.
Agar API’ga so’rovni kompaniyasi veb sayti server yuborsa , kompaniya server mijoz bo’ladi (xuddi foydalanuvchi saytni tashrif buyurganda brauzer mijoz bo’lgani kabi).
API yordamida foydalanuvchi saytni tark etmagan holda har xil harakatlar qilish imkoniga ega bo’ladi. Hozirda saytlar aksariyat hollarda bir nechta API xizmatlaridan foydaalanishadi. Ko’plab topshiriqlar tayyor yechimlarga ega bo’lib , bu holda ular dasturchilarga kutubxonalar yoki boshqa xizmatlar taklif qilishadi. Va albatta umuman olib qaraganda aynan shunaqa tayyor yechimlaridan foydalanish eng to’g’ri yo’l hisoblanadi.
Ko’plab dasturchilar dastur yaratrish jarayonida dastur yaratish dastur qismlarini bir nechta serverlarga bo’lib yuboradilar. Bu qismlar o’zaro API yordamida ma’lumot almnashadilar. Bosh serverga qo’shimcha yoki yordamchi ffunksiyalar taqdim etadigan dasturlar- mikroxizmatlar (microservices) deb ataladi.
Shunday qilib , kompaniya o’z foydalanuvchilariga API taqdim etishi- kompaniya bir qancha maxsus URL yaratgan , ular esa o’z navbatida faqat ma’lumot qaytarishi demakdir.
Ko’p hollarda bunday so’rovlarni brauzer yordamida yuborish mumkin. HTTP protocol orqali ma’lumot almashish matn ko’rinishida bo’lganligi sababli , brauzerlar API qaytargan javobni bemalol ko’rsata olishadi. Masalan, brauzer yordamida to’g’ridan to’g’ri GitHub API’ga ulanish mumkin va bunda quyidagi JSON formatidagi javobni olish mumkin:
Brauzer hech qanday qiyinchilik va muammosiz JSON javobni namoyish eta oladi. Bunday matndan hech qanday qiyinchiliksiz keyinchalik qo’llash uchun istalgan ma’lumotni ajratib olish mumkin.
API’larga yana bir nechgta misol
“application” (dastur, ilova) so’zi bir qancha hollarda qo’llanilishi mumkin. API holatida u:
Dasturiy ta’minotning oldindan aniqlab olingan funksiyasiga javob beruvchi qismi;
Butun bir server, butun bir dastur yoki dasturni alohida bir qismi.
Umuman olganda , har qanday dasturiy ta’minotning fragmentini umumiy to’plamdan ajratib olish mumkin va uni ingliz abbreviaturasidagi “A” harvi bilan almoshtirish mumkin. Va u ham qaysidir ma’noda API’ga ega bo’lishi mumkin. Masalan dasturchi biron bir kodni o’z dasturiga tadbiq qilishi uchun boshqa dasturchilar tomonidan yaratilgan kutubxonadan foydalanishi mumkin. Va bu kutubxona dasturchi dasturining bir qismi bo’lib qoladi. Bunda u dasturiy ta’minotning mustaqil fragmenti bo’ladi va dasturning boshqa joylaridan kodda unga murojaat qilish uchun o’z API’siga ega bo’ladi.
Obyektga yo’naltirilgan loyihalashda kod mustaqil obyektlar ko’rinishida bo’ladi. Dasturda bir biri bilan muloqotda bo’ladigan bunday obyektlar soni yuzdan oshiq bo’lishi mumkin. Va bunda ularning har birida o’zining API’si bo’ladi. Demak bu holda API dasturdagi obyektlarning ochiq metod va xossalari bo’lib, ular yordamida obyektlar o’zaro muloqotda bo’lishadi. Bundan tashqari obyektlar shaxsiy , ichki logikaga ega bo’lishi va bu logikalar yashirilgan bo’lishi mumkin. Lekin ular API bo’la olmaydi.
XULOSA:
Men bu mustaqil ishni tayyorlash jarayonida HTML5, JavaScript, API dasturlash tillari bilan tanishdim va ular haqida bilim va ko’nikmaga ega bo’ldim.
Adabiyotlar:
Merser,Devid. Schaums HTMLning oson tuzilishi. NYC:McGraw Hill Professional, 2003. Chop etish
Pauell. HTML vaCSS:to’liq ma’lumotnoma(5-nashr). Dehli: Tata MakGrou-Xill ta’limi,2010
Kastro,Yelizaveta. Umumjahon internet uchun HTML. Berkli , Kaliforniya: Peachpit, 2003