sahifa nomi uchun teg;
saytning eng pastki qismi (podval) uchun zarur bo’lgan teg. Asosan bu
tegning ichiga “copyright” kabi ma’lumotlar yoziladi;
sayt navigatsiyasi uchun teg ;
asosan sektsiyalar (o’ng yoki chap menyular) yaratish uchun ishlatish
mumkin bo’lgan teg;
sahifadagi asosiy ma’lumotlarni chiqarish uchun;
- yangiliklar , kommentariyalar maqolalarning kontentlarini chiqarish
uchun.
Bu teglarni kerakli joylarda to’g’ri ishlatish sayt strukturasini tushunarli (tartibli)
bo’lishiga olib keladi.
Hozirgi kunda saytlarni formalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, ya’ni formalar
saytlarning asosi bo’lib qilgan. Formalar asosan ro’yxatdan o’tishda ,
kommentariyalar yozishda , qandaydir blankalarni to’ldirishda zarur bo’ladi.
Foydalanuvchilar formalarni to’latib , serverga jo’natish jarayonida kiritilgan
ma’lumotlarning to’liqligi va to’g’riligini tekshirish uchun alohida skriptlar yoziladi.
HTML5da yangi Web Forms 2.0 nomli formalar bilan ishlash uchun tartib qoidalar
ishlab chiqilgan. Yangi “required” va “email” nomli atributlar orqali avtomat tarzda
foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar tekshiriladi. Hattoki elektron pochta adreslari
to’g’ri kiritilganligi to’g’risida ma’lumot beradi. Bu atributlardan boshqa yana bir
necha forma ma’lumotlarini tekshiradigan atributlar mavjud(url, data, datetime,
week, month, number,..).
Saytlar orqali videolar ko’rmoqchi bo’lib, videoga oid saytni ochsangiz, u yerda
flash player qidirishni boshlaysiz. Ortiqcha ish bajarasiz va vaqtingizni yo’q joydan
sarflaysiz va bir hisobda pulingizni ham (yuklab olish uchun ketadigan
megabaytlar). HTML5 tuzuvchilari multimedia yo’nalishida ham yangi teglar
yaratishdi va bu teglarni va < audio> deb nomlashdi. Endi biz sayt foniga
musiqalarni va sayt sahifalariga video fayllarni osonlik bilan joylashtirishingiz
mumkin bo’ladi.
HTML5 ning yana bir yutug’i User Interaction nomli qismi. Bu qism orqali saytni
interaktiv shaklda yaratish mumkin. Contenteditable atributi orqali saytni qaysi
qismini foydalanuvchilar o’zgartirish mumkinligini belgilab qo’yish mumkin.
Shablonlar yaratish jarayonida bu atributni ishlatish qulay bo’ladi , ya’ni web
texnologiyadan xabarsiz bo’lgan foydalanuvchilar ham visual tarzda sayt qismlarini
o’zgaretirish mumkin bo’ladi.
Javascript dasturlash tili haqida ma’lumotlar:
Javascript bu web sahifalarni o’zaro ta’sirini hosil qilish uchun foydalaniladigan
dasturiy tildir. Bu sahifagfa hayot beradi ya’ni foydalanuvchini jalb qiladigan o’zaro
ta’sirlashuvchi elementlar va animatsiyalar hosil qiladi. Agar bosh sahifada qidiruv
qutisini ishlatgan bo’lsangiz , yoki videoni tomosha qilgan bo’lsangiz , u Javascript
orqali ishlayotgan bo’lishi mumkin.
JavaScript va HTML
HTML va JavaScript ikki xil narsadir , lekin ular bir birini to’ldiradi. HTML – static
veb kontentni aniqlash uchun mo’ljallangan formatlash tilidir. Bu veb-sahifani uning
asosiy tuzilishi bilan ta’minlaydi. JavaScript bu sahifadagidinamik vazifalarni ,
masalan, animatsiya yoki qidiruv maydonchasini bajarish uchun mo’ljallangan
dasturiy tildir.
JavaScript veb-saytning HTML tizimida ishlash uchun yaratilgan va odatda bir
necha marta ishlatiladi. Agar siz kod yozishni davom ettirmoqchi bo’lsangiz , ularni
alohida fayllarga joylashtirsangiz JavaScript ga osonroq kira olasiz. (.JS
kengaytmasidan foydalanish ularni aniqlashda yordam beradi.) JavaScript ni HTML
ga teg kiritish orqali bog’lanadi.
Interfaol veb-saytlarni yaratishda , kod ishlashini sinab ko’rishda ,
foydalanuvchi qurilmasi bilan ishlashda va boshqa ko’p narsalarda yordam
beradigan funksiya va xususiyatlarni qamrab olishda html5 va apin lardan
foydalaniladi.HTML5 spesifikatsiyasi yangi APIlarga bir qator foydali funksiyalarni
qo’shdi. Lekin ularni brauzer yordami yetishmasligi sababli o’rganish murakkab.
Asosiy 10 ta HTML5 API lar:
1.Yuqori aniqlikdagi API
2. Foydalanuvchi vaqti API
3. Navigatsiya vaqti API
4. Tarmoq haqida ma’lumot API
5. Tebranish API
6. Batareya holati API
7. Sahifa ko’rinishi API
8. To’liq ekran API
9. Foydalanuvchi media API
10. Veb rozetka API
HTML5 Javascript API indeksi HTML5 spetsifikatsiya hujjatlaridan avtomatik
ravishda IDL bo’laklarini skanerlash orqali hosil bo’ladi.Indeks generatori IDL
kodini tahlil qiladi va uni mos keladigan sarlavhalarga bog’laydi , freymlardan
foydalanib qulay tarzda o’tish mumkin bo’lgan o’zaro bog’liqlik yaratadi.
API- bu atama bilan ozgina bo’lasa ham shug’ullangan odam uchun nimanidir
anglatadi. Lekin, hamma ham u nimani anglatishini va u nimaga kerakligini to’liq
tushunishmaydi. Dasturchi Pyoter Gazarov API haqida oddiy tilda o’zining blogida
gapirib berdi.
API abbereviaturasi “Application Programming Interface” so’zalrining bosh
harflariodan olingan bo’lib, dasturlarni dasturlash interfeysi yoki dasturlarni dasturiy
interfeysi deb tarjima qilinadi. Ko’plab katta kompaniyalar ma’lum darajaga
yetishganda, o’z mijozlari yoki kompaniya ichida qo’llanilishi uchun , API
yartishadi. API’ni dastur yaratishda yoki biznesda qanday qo’llanilishi tushunish
avvalo “butunjahon o’rgimchak to’ri” qanday ishlashi bilan tanishib chiqish kerak
bo’ladi.
Butunjahon o’rgimchak to’ri va uzoqdagi(boshqa joydagi ) serverlar
WWW’ ni bir biri bilan bog’langan, serverlarning katta tarmog’I sifatida tasavvur
qilish mumkin va ularda har bitta sahifa saqlanadi. Oddiy noutbukni tarmoqda butun
bir sayt ishlashini ta’minlaydigan serverga aylantirish ham mumkin. Lokal serverlar
esa, dasturchilarga ular sayt yaratishlari uchun vaqtincha server vazifasini bajarish
mumkin. Brauzerning manzil qatorida
www.facebook.com
yozilganda , boshqa
joydagi facebook serveriga kerakli so’rov yuboriladi. Brauzer serverdan javob ilishi
bilanoq u kodni interpretatsiya qiladi(“chizadi”) va foydalanuvchiga sahifani
ko’rsatadi.
Foydalanuvchi har gal tarmoqdagi qaysidir sahiufaga tashrif buyurganda u boshqa
joydagi server API’ si bilan bog’langan. API – serverning asopsiy qismi bo’lib, u
so’rovlar qabul qiladi va ularga javoblar qaytaradi.
API-mijozlarga xizmat ko’rsatish usuli
Ko’plab kompaniyalari API’ni tayyor mahsulot sifatida taqdim etishadi. Masalan ,
Weather Underground metereologik ma’lumotlar olish uchun API sotadi.
Google Kalerndarning Api’sini tarmoqdagi boshqa serverlarning API’sidan qanday
farqi bor?
Bu savolga texnik yondashadigan bo’lsak, so’rov va javobning formatida. Brauzer
butrun web sahifani generatsiya qilish uchun javobni HTML ifodalash tilida kutadi.
Google Kalendarning API’si esa ma’lumotlarni JSON formatida qaytaradi.
Agar API’ga so’rovni kompaniyasi veb sayti server yuborsa , kompaniya server
mijoz bo’ladi (xuddi foydalanuvchi saytni tashrif buyurganda brauzer mijoz bo’lgani
kabi).
API yordamida foydalanuvchi saytni tark etmagan holda har xil harakatlar qilish
imkoniga ega bo’ladi. Hozirda saytlar aksariyat hollarda bir nechta API
xizmatlaridan foydaalanishadi. Ko’plab topshiriqlar tayyor yechimlarga ega bo’lib ,
bu holda ular dasturchilarga kutubxonalar yoki boshqa xizmatlar taklif qilishadi. Va
albatta umuman olib qaraganda aynan shunaqa tayyor yechimlaridan foydalanish
eng to’g’ri yo’l hisoblanadi.
Ko’plab dasturchilar dastur yaratrish jarayonida dastur yaratish dastur qismlarini bir
nechta serverlarga bo’lib yuboradilar. Bu qismlar o’zaro API yordamida ma’lumot
almnashadilar. Bosh serverga qo’shimcha yoki yordamchi ffunksiyalar taqdim
etadigan dasturlar- mikroxizmatlar (microservices) deb ataladi.
Shunday qilib , kompaniya o’z foydalanuvchilariga API taqdim etishi- kompaniya
bir qancha maxsus URL yaratgan , ular esa o’z navbatida faqat ma’lumot qaytarishi
demakdir.
Ko’p hollarda bunday so’rovlarni brauzer yordamida yuborish mumkin. HTTP
protocol orqali ma’lumot almashish matn ko’rinishida bo’lganligi sababli ,
brauzerlar API qaytargan javobni bemalol ko’rsata olishadi. Masalan, brauzer
yordamida to’g’ridan to’g’ri GitHub API’ga ulanish mumkin va bunda quyidagi
JSON formatidagi javobni olish mumkin:
Brauzer hech qanday qiyinchilik va muammosiz JSON javobni namoyish eta oladi.
Bunday matndan hech qanday qiyinchiliksiz keyinchalik qo’llash uchun istalgan
ma’lumotni ajratib olish mumkin.
API’larga yana bir nechgta misol
“application” (dastur, ilova) so’zi bir qancha hollarda qo’llanilishi mumkin. API
holatida u:
Dasturiy ta’minotning oldindan aniqlab olingan funksiyasiga javob beruvchi
qismi;
Butun bir server, butun bir dastur yoki dasturni alohida bir qismi.
Umuman olganda , har qanday dasturiy ta’minotning fragmentini umumiy
to’plamdan ajratib olish mumkin va uni ingliz abbreviaturasidagi “A” harvi bilan
almoshtirish mumkin. Va u ham qaysidir ma’noda API’ga ega bo’lishi mumkin.
Masalan dasturchi biron bir kodni o’z dasturiga tadbiq qilishi uchun boshqa
dasturchilar tomonidan yaratilgan kutubxonadan foydalanishi mumkin. Va bu
kutubxona dasturchi dasturining bir qismi bo’lib qoladi. Bunda u dasturiy
ta’minotning mustaqil fragmenti bo’ladi va dasturning boshqa joylaridan kodda
unga murojaat qilish uchun o’z API’siga ega bo’ladi.
Obyektga yo’naltirilgan loyihalashda kod mustaqil obyektlar ko’rinishida bo’ladi.
Dasturda bir biri bilan muloqotda bo’ladigan bunday obyektlar soni yuzdan oshiq
bo’lishi mumkin. Va bunda ularning har birida o’zining API’si bo’ladi. Demak bu
holda API dasturdagi obyektlarning ochiq metod va xossalari bo’lib, ular yordamida
obyektlar o’zaro muloqotda bo’lishadi. Bundan tashqari obyektlar shaxsiy , ichki
logikaga ega bo’lishi va bu logikalar yashirilgan bo’lishi mumkin. Lekin ular API
bo’la olmaydi.
XULOSA:
Men bu mustaqil ishni tayyorlash jarayonida HTML5, JavaScript, API dasturlash
tillari bilan tanishdim va ular haqida bilim va ko’nikmaga ega bo’ldim.
Adabiyotlar:
Merser,Devid. Schaums HTMLning oson tuzilishi. NYC:McGraw Hill
Professional, 2003. Chop etish
Pauell. HTML vaCSS:to’liq ma’lumotnoma(5-nashr). Dehli: Tata MakGrou-Xill
ta’limi,2010
Kastro,Yelizaveta. Umumjahon internet uchun HTML. Berkli , Kaliforniya:
Peachpit, 2003
Do'stlaringiz bilan baham: |