Web dasturlashga kirish fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha
uslubiy ko`rsatma
«WEB dasturlashga kirish» kursi WWW ning rivojlanish bosqichlari, kliyent-server texnologiyalari, internet protokollar, web ilovaning tarkibiy qismlari, frontend va backend texnologiyalarini loyihalash va yaratish, web-saytlarni ishlab chiqishda ma’lumotlar bazasi bilan aloqani o‘rnatish, murakkab so‘rovlarni amalga oshirish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan.
Mazkur kursning maqsadi zamonaviy web dasturlashning nazariy va amaliy bilimlarini o‘rganish va ularni yaratish texnologiyalarini, web dasturlash uchun mo‘ljallangan HTML5, CSS3-4, JavaScript, JQuery, Bootstrap, AngularJs va PHP dasturlari, zamonaviy freymvork platformalari orqali web texnologiyalarning asosiy tushunchalarini, server tomondan dasturlash texnologiyalarini, MySQL, AJAX texnologiyasi va ular bilan ishlash, MVC freymvork texnologiyalari bilan ishlash, YII2 freymvorkda veb-saytlarni loyihalashning ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Ushbu dasturga muvofiq kurs ma’ruzalar mavzulari, talabalarning individual mashg‘ulotlari mavzulari, talabalarning mustaqil ishlari mavzularidan iborat.
Talabalar individual mashg‘ulotlarini bajarish orqali yuqoridagi bilimlarga ega bo’lishga zamin yaratiladi. Talabalarning mustaqil ishlashlar uchun quyida laboratoriya topshiriqlar keltiriladi. Har bir talaba bitta mavzuni tartib nomeri bo’yicha oladi. Bu mavzuda berilgan qandaydir web saytni sahifasini 1-laboratoriya mashg’uloti sifatida bajaradilar. Mavzulashtirilgan laboratoriya ishlarini topshirishda talaba hisobot shaklida topshiriq natijalarining rasmlari va dastur kodilarini topshiradi.
Web dasturlashga kirish fanidan laboratoriya ishlari topshiriqlari
1. Boshlang'ich ta'lim online maktab web sayti
2. Elektron kutubxona (online kitoblar)
3. Ilmiy anjumanlar faoliyatini yoritib borishga mo’ljallangan web ilova yaratish
4. Taomlar, ovqatlar, pishiriqlar retsepti web sayti
5. Sog'liqni saqlash uchun (kasalliklar ma'lumotnomasi +online doktor konsultatsiyasi) web sayti
6. “Dasturchilar forumi” nomli web ilova yaratish
7. online virtual turizm web sayti
8. Ingliz tilini o’rganuvchilar uchun “Conversation dictionary” (so’zlashuvda ishlatiladigan so’z va iboralar) nomli veb ilovani yaratish.
9. “Ofis qurilmalariga xizmat ko’rsatish” mavzusini yoritishga mo’ljallangan web ilova yaratish ( kompyuter, printer, skayner, mobil qurilmalar ... , tuzatish yo’llari va maqsadli foydalanish bo’yicha ko’rsatma va izohlar)
10. Ishga joylashish haqida konsultatsiya web sayti (employing.uz)
11. Bolalar ijodiyotini yoritib borishga yo’naltirilgan web ilova yaratish
12. Business ideas - Yangi biznes g'oyalar web sayti (biznesni qanday va nimadan boshlash bo'yicha konsultatsiya)
13 History of the Uzbekistan. O'zbekiston tarixi haqida ma'lumotnoma web sayti
14. Online Oliy Matematika web sayti (Ma'lumotlar, topshiriqlar, yechimlar)
15. AutoOlam.uz AvtomMashinalar, AvtoKompaniyalar, AvtoSalonlar. Spravochnik. Foydali materiallar web sayti
16. Xususiy maktablarda masofaviy ta’limni amalga oshiruvchi axborot tizimni yaratish
17. Futbol chempionatlari web sayti
18. Bola tarbiyasi (chaqaloqlikdan to o'smirlik paytigacha)uchun yordam beruvchi maxsus web sayt (ota-onalar uchun)
19. Online saylov tizimi web sayti
20. Arxitektura sohasi uchun web sayti (Yangiliklar, foydali manbalar, Arxitektura tashkilot firmalari haqida ma'lumotlar)
21. Manufacture.uz. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati, yangiliklari, ko'rsatkichlari web sayti (O'zbekistondagi yirik korxonalar)
22. O'zbekistondagi barcha Oliygohlar (Universitet, institut...) ni umumiy ma'lumotlari, yangiliklari, yagona birlashmasi web sayti
23 Reklama xizmati web sayti (video, audio, image ko'rinishdagi barcha turdagi reklama xizmatlari)
24. Dori-darmon ma’lumotnomasi web sayti. (Barcha turdagi dorilar yo'riqnomasi, xususiyatlari va hk)
25. Qishloq xo'jalik mahsulotlari online savdosi web sayti
26. Chorvachilik bo'yicha maxsus tizim (chorva mollari xususiyatlari, vet. spravochnik, kerakli ko'rsatma, ma'lumotlar)
27. Dehqonchlik hamda bog'dorchilik bo'yicha maxsus tizim (foydali manbalar, ma'lumotlar)
28. Dasturchilarning interaktiv veb saytini yaratish
29. Go'zallik sirlari web sayti (Sog'lom turmush tarzi, go'zallik sirlari bo'yicha
foydali ma'lumotlar)
30. Yo’l harakati qoidalarini o’rgatishga yo’naltirilgan web ilova yaratish
31. Dasturchilarning interaktiv veb saytini yaratish.
32. Korporativ sayt yaratish
33. Elektron do’kon yaratish
34. Elektron jurnal yaratish
35. Elektron dorixona yaratish
Do'stlaringiz bilan baham: |