“Matematika va informatika” fakulteti Informatika kafedrasi qoshida tashkil etilgan " WEB DASTURLASH " ilmiy-amaliy toʼgaragi haqida
HISOBOT
1. " Web dasturlash " ilmiy-amaliy toʼgaragi Informatika va AT kafedrasi qoshida tashkil etildi.
2. "Web dasturlash" ilmiy-amaliy toʼgaragi Nizomi, ish rejasi va toʼgarak tarkibi kafedraning 2021-yil 23-avgustdagi 1-sonli yigʼilishida koʼrib chiqildi va tasdiqlandi.
3. Mazkur nizom, ish rejasi, toʼgarak tarkibi “Matematika va informatika” fakulteti kengashida 2021-yil___ -avgustda muhokama qilindi va tasdiqlandi.
4. Toʼgarak nizomi 2017-yil - iyuldagi "Toshkent viloyati Chirchik davlat pedagogika institutini tashkil etish toʼgʼrisida"gi OʼzR Prezidentining farmonida aks ettirilgan tavsiya va vazifalar asosida ishlab chiqildi.
5. Toʼgarak koʼp yillik anʼanadan kelib chiqqan holda oʼz atrofiga fakultetining taʼlim va ilmiy sohasidagi eng ilgʼor iqtidorli talabalarini jamlagan. Toʼgarakning hozirgi tarkibi ham ayni shu jihatdan kelib chiqib saylandi.
6. Toʼgarak yilda ikki marta yigʼilish oʼtkazib, hozirgi axborot kommunikatsiya tizimi jarayonidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Kafedra mudiri: t.f.d D.G. Аxmedjanov
Toʼgarak rahbari: J.G’.Abduraimov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Аniq fanlar fakulteti Informatika va AT kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Web dasturlash” ilmiy-amaliy toʼgaragining
1- sonli majlisi
BАYONNOMАSI
2021 yil sentyabr Chirchiq shahri
Qatnashdilar:
Oʼqituvchilar: D.G. Аxmedjanov (majlis raisi), J.Abduraimov (toʼgarak rahbari)
Talabalar: Toʼgarak aʼzolari
Kun tartibi:
1. Ilmiy-amaliy toʼgarakning yillik rejasini tasdiqlash.
2. Ilmiy-amaliy toʼgarak faoliyatini muntazam va tartibli olib borish maqsidida talab hamda takliflarni oʼrganish.
3. Oʼz ijod namunalarini muhokamaga qoʼyadigan ijodkor talabalar roʼyxatini tuzish.
Birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri - majlis raisi soʼzga chiqdi. Rais oʼz nutqida Prezidentimiz farmoniga binoan tashkil etilgan Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, oʼquv jarayonining muhim qismi hisoblangan taʼlim sifatini oshirish chora-tadbirlari haqida soʼzladi. Shuningdek, ilmiy-adabiy toʼgaraklarning tashkil qilinishi zarurati borasida ham fikr bildirdi. Informatika va AT kafedrasi qoshida tashkil qilingan “Web dasturlash” ilmiy-adabiy toʼgaragi haqida maʼlumot berib, toʼgarakning ish rejasi bilan tanishtirish uchun soʼzni oʼqituvchi J.Abduraimovga berdi. oʼqituvchi J.abduraimov toʼgarakning 2021-2022 oʼquv yillari uchun tuzilgan ish rejasi haqida bayon qildi.
Ikkinchi masala yuzasidan soʼz olgan toʼgarak rahbari J.abduraimov toʼgarak aʼzolari safini yanada kengaytirish borasida taklif bildirdi. Yosh ijodkorlar ishlarini matbuotda eʼlon qilinishiga doir kerakli mulohazalarini aytib oʼtdi.
Majlis raisi: t.f.d D.G. Аxmedjanov
Majlis kotibi: J.Abduraimov
Do'stlaringiz bilan baham: |