§. Xalqaro huquqda me 'yorlarni yaratish jarayoni
Xalqaro-huquqiy tizimi me’yorlarini yaratishning o'ziga xos tomoni shundaki, bu jarayonda subyektlaming o'zi ixtiyoriy ravishda, xohish-irodasini bildirish yo'li bilan ishtirok etadilar. Xalqaro-huquqiy tizim subyektlarining o'zidan boshqa qandaydir bir bu tizimga nisbatan «tashqaridan» bo'lgan subyektlar me’yorlar yaratish jarayonida ishtirok etmaydi. Shu bois, xalqaro-huquqiy tizimning subordinarlik xarakteri inkor qilinadi, hech kim xalqaro huquq subyektlarining ixtiyoriga qarshi ular uchun xulq-atvor qoidalarini, ya’ni, me’yorlami o'matishi mumkin emas. Binobarin, xalqaro huquqqa nisbatan «qonunchilik», «xalqaro qonuniylik» tushunchalarini qo'llash ma’lum ma’noda noto'g'ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |