Ayni vaqtda beshinchi avlod EHMlari ustida ish olib borilayapti. Ushbu avlod mashinalari oddiy so'zni "tushunadigan", chizma, rasmlarni "ko'ra oladigan", tovushlarni "eshita oladigan", sekundiga 1 mlrd. atrofida amal bajara oladigan va katta hajmdagi xotiraga ega bo'lgan holda ixcham bo'lishi kerak.Elektron hisoblash mashinasi hisoblashlarni ko'p karra takrorlash, ko'p sonli variantlar orasidan berilgan alomatlar bo'yicha eng yaxshisini tanlash, amalda cheklanmagan hajmdagi axborotni saqlash va ular orasidan keraqli ma'lumotlarni tez topish xususiyatiga ega. Bularning hammasi katta hajmdagi hisoblash bilan bog'liq bo'lgan murakkab ilmiy-texnik masalalarni hal etish, istalgan ko'lamdagi boshqarishni amalga oshirish, axborot-izlash tizimlarni yaratish imkonini beradi.Zamonaviy kompyuterlar kasalliklarga diagnoz qo'yishga, o'quvchilarni o'qitish va tegishli konsultatsiyalar berishga, matn va har xil hujjatlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |