Gipotonik javob reaktsiyasi – jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir
tizimi tomonidan berilayotgan javob reaktsiyasi. Bunda:
- puls keskin ortadi;
- maksimal arterial bosim o’zgarmaydi yoki qisman oshadi, ba’zida
pasayadi;
- minimal arterial bosim o’zgarmaydi yoki oshadi;
- puls bosimi deyarli o’zgarmaydi;
- tiklanish vaqti 5 daqiqa va undan ko’p.
Gipertonik javob reaktsiyasi – jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir
tizimi tomonidan berilayotgan javob reaktsiyasi. Bunda:
- puls keskin ortadi;
- maksimal arterial bosim keskin ortadi;
- minimal arterial bosim ortadi;
- puls bosimi ortadi;
- tiklanish vaqti 5 daqiqa va undan ko’p.
Do'stlaringiz bilan baham: |