Vrach nazorati fani bo’yicha o’zlashtiradigan


 Shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalari va shakllari



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/188
Sana13.01.2022
Hajmi2,25 Mb.
#358747
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   188
Bog'liq
A.A. Usmanxodjayeva. Shifokor nazorati, shifobaxsh jismoniy

 
4.2. Shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalari va shakllari 
 
Shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalariga quyidagilar kiradi: 
1. Jismoniy mashqlar; 
2. Tabiatning tabiiy omillari; 
3. Shifobaxsh massaj; 
4. Mehnat bilan davolash. 
Jismoniy mаshqlar. 
Jismoniy mashqlar ShJT ning asosiy vositasi bo’lib hisoblanadi. Jismoniy 
mashqlar quyidagilarga bo’linadi: 
1. Gimnastik mashqlar; 
2. Amaliy sport mashqlari; 
3. O’yinlar. 
Gimnastik  mashqlar
  jismoniy  mashqlarning  asosini  tashkil  etadi. 
Gimnastik mashqlar o’z navbatida bo’linadi: 
A. Nafas mashqlariga: 
a) statik yoki turg’un nafas mashqlari: 
- ko’krak nafas mashqlari; 
- diafragmal yoki qorin orqali nafas mashqlari; 
- to’liq yoki aralash nafas mashqlari; 
- lokal yoki mahalliy nafas mashqlari. 
b) dinamik nafas mashqlari: 
- fiziologik nafas mashqlari; 
-  Strelnikov  bo’yicha  paradoksal  nafas  mashqlari  –  o’pkaning 
ventilyasiyasini oshirish va drenajini yaxshilash uchun beriladi, qo’l va oyoqlar 
bilan birgalikda harakat qilinib, asosiy e’tibor nafas olishga qaratiladi. 


 
147 
c) maxsus nafas mashqlari: 
- ritmik yurish – bunda nafas olish yurishga moslashtiriladi, ya’ni 1-nafas 
olinadi, 2-nafas chiqariladi. 
- tovushli nafas mashqlari – tovushli nafas mashqlarini bajarish maqsadida 
unli  va  undosh  harflardan  foydalaniladi.  Bu  mashqlar  o’pka  ventilyasiyasini 
oshirish  maqsadida  qo’llaniladi,  masalan:  nafas  olib,  nafas  chiqarishda  unli 
harflardan  foydalaniladi.  Shuningdek  nafas  yo’llaridan  balg’amni  haydash 
maqsadida nafas chiqarishda undosh harflarni aytish bilan amalga oshiriladi; 
-  drenajlovchi  nafas  mashqlari  –  asosiy  e’tibor  drenajlovchi  dastlabki 
holatlarga  qaratiladi,  ya’ni  unga  talab  shuki,  patologik  o’chog’  bronxlar 
bifurkatsiyasidan,  tananing  bosh  qismidan  yuqori  turishi  kerak.  Quyidagi 
dastlabki holatlar qo’llaniladi: 
a) sog’ yon boshda yotgan; 
b) tizza-tirsak; 
c) qorinda yotib, bosh pastga tushurilgan; 
d) qorinda yotib, oyoq qismi 15˚, 30˚, 45˚ larga ko’tarilgan; 
e) o’tirgan, bosh qismi pastga engashtirilgan. 
B. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarga: 
Umumiy  rivojlantiruvchi  mashqlar  belgilari  bo’yicha  quyidagilarga 
bo’linadi : 
a) anatomik belgisi bo’yicha: 
- yuz, ensa mushaklari uchun mashq; 
- bo’yin, yelka va orqa mushaklari uchun mashq; 
- qo’l mushaklari uchun mashq; 
- qorin oldi mushaklar pressi va tos tubi mushaklari uchun mashq; 
- oyoq mushaklari uchun mashq; 
- butun tana mushaklari uchun mashq. 
b) faollik belgisi bo’yicha mashqlar: 


 
148 
-  passiv  mashqlar  –  to’shak  tartibotidagi  bemorlar  uchun  tavsiya  etiladi, 
uslubchi, shifokor, hamshira yoki boshqalar yordamida mashqlar bajariladi; 
- faol mashqlar – bemorlar o’zi mustaqil mashqlarni bajaradi; 
-  ideomotor  mashqlar  –  hayolan  bajariladigan  mashq,  organizmga  
neyroreflektor ta’sir ko’rsatadi; 
c) snaryadlarni qo’llash belgisi bo’yicha mashqlar: 
- snaryadsiz bajariladigan mashqlar; 
-  snaryadlar  bilan  bajariladigan  mashqlar  (gimnastik  tayoqcha,  meditsin-
bol, koptok, sakratgich, halqa, espander, gantella va h.z.); 

snaryadlarda 
bajariladigan 
mashqlar 
(gimnastik 
o’rindiqlar, 
sog’lomlashtiruvchi narvon, sog’lomlashtiruvchi disk va h.z) 
-  mexanoterapiya  –  bunda  tibbiy  asboblar,  apparatlar  va  trenajyorlardan 
foydalaniladi. Tibbiy asboblar – og’izni va lablarni kengaytiruvchi, apparatlar – 
ortopedik  moslamalar,  yordamchi  moslamalar  va  Jom  apparati,  trenajyorlar  – 
veloergometr,  velotrenajyor,  yuguruvchi  yo’lka,  “eshkak  eshish”,  kuch  talab 
qiluvchi trenajyorlar, “chigiritka” trenajyori va h.z. 
d) o’quv-tarbiyaviy belgisi bo’yicha mashqlar: 
- intizomlashtiruvchi mashqlar; 
- tayyorlovchi mashqlar; 
- tuzatuvchi (korrektsiyalovchi) mashqlar; 
- mos harakatli (koordinatsiyaga) mashqlar; 
- ritmoplastik mashqlar; 
- muvozanat uchun mashqlar; 
- tirmashish mashqlari; 
- o’rmalash mashqlari; 
- osilib turish mashqlari; 
- irg’itish mashqlari; 
- sakrash mashqlari; 
- qarshilikda bajariladigan mashqlar. 


 
149 
Amaliy  sport  mashqlari
  –  bu  mashqlar  yordamida  yuklamalarga 
moslashtirish, oshirib borish, qon va limfa aylanishlari, modda almashinuvining 
yaxshilanishi  amalga  oshiriladi.  Ularga  quyidagilar  kiradi:  yurish,  yugurish, 
o’tirgan  va  turgan  holatlarda  eshkak  eshish,  suzish,  chang’i  va  konki  uchish, 
velosiped haydash. 
O’yinlar
 – ular quyidagilarga bo’linadi: 
-  kam  harakatli  o’yinlar  –  shaxmat,  shashka  va  h.z.  Bunda  bemorlarni 
kasallikdan  chalg’itish,  emotsional-ruhiy  holatiga  ta’sir  etish,  e’tiborini 
kuchaytirish amalga oshiriladi; 
- harakatli o’yinlar – stol tennisi, badminton, kegelban, kreket va h.z. Ular 
yordamida  bemorlarning  emotsional  holati  yaxshilanadi,  harakat  kengligi 
oshiriladi, o’sib boruvchi yuklamalarga organizm moslashtiriladi; 
-  sportga  oid  o’yinlar  –  voleybol,  basketbol,  futbol  va  h.z.  Ular  ham 
bemorlarning  emotsional  holatini  yaxshilaydi,  o’sib  boruvchi  yuklamalarga 
organizmni moslashtiradi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish