Massaj shakllari.
1. Umumiy massaj.
Bunda butun tana yuzasi massaj qilinadi. Massajning
davomiyligi uning turiga, massaj olayotgan tana vazniga, yoshiga, jinsiga va
boshqalarga bog’liqdir. Umumiy massaj qilinayotganda massaj usullarining
ketma-ketligi inobatga olinadi. Avval silash, siqib chiqarish, surtish keyin
yumshatish va vibratsion usullari qilinadi. Massaj silash bilan tugatiladi. Odatda
massaj tananing katta yuzali sohasida va yirik mushaklaridan boshlanadi,
shuning uchun umumiy massajni orqadan boshlagan ma’qul. So’ngra bo’yin va
qo’llarga o’tiladi. Bir tomondan ikkinchisi o’tib orqa va bo’yin sohalarini
alohida massaj qiladi. Shuningdek o’ng va chap qo’llarni alohida massaj
qilinadi. Keyinchalik tos sohasi, dumba va son massaj qilinadi, so’ngra tizza
bo’g’imi, boldir, axill payi, tovon uqalanadi. Keyingi bosqichda oyoq panjalari,
tovon bo’g’imi orqada yotgan dastlabki holatda o’tkaziladi, so’ngra tizza
bo’g’imi va songa o’tiladi. Avval uzoqda yotgan ko’krak uqalanadi va yaqin
yotgan qo’llarga o’tiladi. Massajchi boshqa tomonga o’tib, yuqoridagi
harakatlarni qarama-qarshi tomonda o’tkazadi. Massaj so’ngida qorin uqalanadi.
169
2. Mahalliy massaj.
Bunda tananing alohida bir bo’lagi massaj qilinadi,
masalan: bo’yin, orqa, oyoq va h.z. Zaruriyat tug’ilganda ma’lum bir mushak,
bo’g’im, bog’lam va boshqalar massaj qilinadi. Massajning davomiyligi
tananing qaysi qismi uqalanishiga bog’liq. Oddatda mahalliy massaj 3
daqiqadan kam, lekin 25 daqiqadan ko’p qilinmaydi. Massaj usullarining ketma-
ketligi huddi umumiy massajnikidek. Uqalashni yuqori sohadan boshlash kerak,
masalan: qo’l massaji yelkadan boshlanib (avval ichki yuzasi, so’ngra tashqi
yuzasi) bilak bo’g’imiga, bilakka, kaftga, qo’l barmoqlariga o’tiladi. Kaft
massaji o’tkazilayotganda avval bilak sohasidan boshlash kerak. Mahalliy
massaj asosan bir Massajchi tomonidan, ba’zi hollarda juft massaj, hamda
o’zini-o’zi massaj qilishlardan foydalaniladi.
3. O’zini-o’zi massaj qilish.
Bunda inson o’zini-o’zi massaj qiladi. U
ko’pincha ertalabki badan tarbiyadan so’ng, hammomda, jarohat va
kasalliklarda, sportda keng qo’llaniladi.
4. Juft massaj.
Bu massaj turi ertalabki badan tarbiyadan so’ng, saunada,
sport musobaqalaridan oldin va keyin, sport mashg’ulotlaridan oldin va keyin
qo’llaniladi. Juft massaj ba’zi kasallik va jarohatlarda, umurtqa pog’onasi
jarohatlarida, bel-dumg’aza radikulitida, qo’l-oyoq paralichida, bronxial
astmada, surunkali zotiljam va o’pkaning boshqa kasalliklarida, gastritda,
kolitda, xoletsistitda va h.z. larda qo’llanilmaydi.
Juft massaj ikkita massajchi tomonidan o’tkaziladi. Ko’p hollarda bu
massaj turi vakuum yoki vibratsion apparat yordamida o’tkaziladi. Birinchi
massajchi orqani uqalayotganda, ikkinchisi oyoqlarning orqa sohasini uqalaydi.
Biri ko’krak va qo’llarni uqalayotganda, ikkinchisi oyoqlarning oldingi yuzasini
uqalaydi. So’ngra birinchi massajchi ko’krak va qo’llarni uqalab bo’lganidan
keyin, qorin sohasiga massaj qilishga o’tiladi. Juft massajning davomiyligi
massaj olayotganning jinsga, yoshga, tana vazniga va organizmining funktsional
holatiga bog’liqdir. Odatda massajning davomiyligi 5-8 daqiqani tashkil etadi.
170
5. O’zaro massaj.
O’zaro massaj saunada, maishiy hayotda, ishlab
chiqarishda va h.z. larda qo’llaniladi. Bunda ikki kishi bir-birini massaj qilib,
massajning asosiy usullarini qo’llaydilar. O’zaro massaj qo’l va apparat
yordamida umumiy va mahalliy ko’rinishda o’tkazilishi mumkin. Mahalliy
massajda ko’proq tananing holsizlangan qismi va mushaklari uqalanadi. Kuchli
jismoniy yuklamadan so’ng umumiy tiklovchi massaj o’tkazish mumkin. O’zaro
massajning davomiyligi 10-15 daqiqadir. Uzilib o’tkaziladigan vibratsion usuli,
ya’ni urish, chapak chalish, kesish venoz bosimini va mushak tonusini
oshirishga olib keladi, shuning uchun o’zaro tiklovchi massajda ular
qo’llanilmaydi.
Massaj o’tkazilishiga qarab quyidagilarga bo’linadi :
Do'stlaringiz bilan baham: |