163
bo’ylab ritmik silash va surtish usullarini qo’llab erishiladi. Massaj sekin
sur’atda uzoq vaqt davomida olib boriladi.
3. Trofik ta’siri.
Trofik ta’sir qon va limfa oqimining tezlashishi bilan
bog’liqdir. Bunda to’qimalarga kislorod va boshqa oziq moddalarining olib
borilishi yaxshilanadi. Mushaklarning ish bajarish qobiliyatini tiklashda trofik
ta’sirning ahamiyati kattadir.
4. Energotrop ta’siri.
Bu ta’sir asab-mushak apparatining ish bajarish
qobiliyatini oshirishga qaratilgan va quyidagicha namoyon bo’ladi :
- mushaklar
bioenergiyasining faollashishi;
- mushaklarda modda almashinuvining yaxshilanishi;
- mushak tolalariga asabiy qo’zg’alishni uzatishni kuchaytiruvchi
atsetilxolin hosil bo’lishining oshishi;
- mushak tomirlarini kengaytiruvchi gistamin hosil bo’lishining oshishi;
- mushaklar qisqarish tezligini oshirishga va fermentativ jarayonlarning
tezlashishiga olib keluvchi uqalanayotgan to’qimalarda haroratning oshishi.
5. Organizm funktsiyasini normallashtiruvchi ta’siri.
Bu ta’sir bosh miya
katta yarim sharlar po’stlog’ida asab jarayonlar dinamikasining regulyatsiyasida
namoyon bo’ladi. Asab tizimida qo’zg’alish yoki tormozlanish jarayonlarining
keskin ustunligida bu ta’sir muhim ahamiyatga ega. Massaj vaqtida harakat
analizatorlari sohasida qo’zg’alish o’chog’i hosil qilinadi, bu manfiy induktsion
qonuni bo’yicha dimlanish, bosh miya po’stlog’idagi patologik o’choqlarni
bostiradi. Massajning normallashtiruvchi ta’siri jarohatlarni davolashda katta
ahamiyatga ega, ya’ni to’qimalarning tiklanishini va atrofiyani bartaraf etilishini
tezlashtiradi. Har xil a’zolarning funktsiyasini normallashtirishda ma’lum
refleksogen sohalarda segmentar massaj o’tkaziladi.
Massaj qanday maqsadda qo’llanilishiga qarab quyidagi turlariga
bo’linadi:
1. Sport massaji.
Bu massaj turi sportchilarning funktsional holatini, sport
formasini yaxshilash, jismoniy ish bajarish qobiliyatini oshirish, jarohat va
164
tayanch-harakat apparati kasalliklarining oldini olish uchun qo’llaniladi. Sport
massaji dastlabki (mobilizatsion) va tiklovchi massajlarga bo’linadi.
Dastlabki massaj mashg’ulotdan (musobaqadan) oldin o’tkaziladi. Bundan
maqsad – asab-mushak apparatini, yurak-qon tomir va nafas tizimlarini
tayyorlash, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirish, tayanch-harakat apparati
jarohatlarining oldini olishdir. Bajariladigan ish xarakteriga, sport turiga,
sportchining ruhiy holatiga qarab tinchlantiruvchi va tetiklashtiruvchi massaj
farqlanadi.
Tiklovchi massaj katta jismoniy va ruhiy yuklamalardan so’ng bajariladi.
Uning vazifasi bo’lib hisoblanadi: sportchining funktsional holatini tiklash,
jismoniy ish bajarish qobiliyatini oshirish, umumiy holsizlanishni chetlashtirish.
Asosan umumiy tiklovchi massaj, kam holatlarda mahalliy (kurashchi, bokschi,
gimnastlar uchun tanaffus vaqtida) tiklovchi massaj qilinadi. Katta jismoniy
yuklamalardan so’ng avaylovchi xarakterda bo’ladi, dam olish kunlari massaj
ancha chuqur o’tkaziladi. Massajning qo’llanilish soni holsizlanish darajasiga,
tayyorgarlik bosqichiga va boshqa omillarga bog’liq holda qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: