Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish tartibi



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish tartibi
Ma’muriy  huquqbuzarlikni  surishtirish  natijalariga  ko‘ra 
buzilishi  ma’muriy javobgarlikni  keltirib  chiqaradigan  qoidalarga 
rioya  etilishini  tekshirish  va  nazorat  qilish  qonun  hujjati  bilan 
zimmasiga  yuklatilgan  tegishli  organning  vakolatli  mansabdor 
shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g ‘risidagi bayonnomani tuzadi.
Mazkur  bayonnomada:  bayonnoma  tuzilgan  sana  va 
joy,  bayonnoma  tuzgan  shaxsning  familiyasi,  ismi,  otasining 
ismi;  m a’muriy  huquqbuzarlik  sodir  etilgan  joy,  vaqt  va  bu 
huquqbuzarlikning  mohiyati;  ana  shunday  huquqbuzarlik  uchun 
javobgarlikni  nazarda tutuvchi  me’yoriy  hujjat;  agar  guvohlar  va 
jabrlanuvchilar bo‘lsa, ulaming familiyalari va yashash manzillari; 
huquqbuzaming  tushuntirish  xati;  ishni  hal  qilish  uchun  zarur 
bo‘lgan  boshqa  ma’lumotlar  ko‘rsatiladi.  Basharti,  huquqbuzarlik 
tufayli  moddiy  zarar  etkazilgan  bo‘Isa,  bu  ham  bayonnomada 
ko‘rsatiladi.
Bayonnoma uni tuzgan shaxs vam a’ muriy huquqbuzarlik sodir 
etgan  shaxs  tomonidan  imzolanadi.  Guvohlar  va jabrlanuvchilar 
bo‘lgan  taqdirda  esa  bayonnoma  mazkur  shaxslar  tomonidan


ham  imzolanadi.  Huquqbuzarlik  sodir  etgan  shaxs  bayonnomani 
imzolashdan bosh  tortgan taqdirda,  bayonnomaga  bu haqda yozib 
qo‘yiladi.
Huquqbuzarlik  sodir  etgan  shaxs  bayonnomani  mazmuni 
yuzasidan  bayonnomaga  ilova  qilinadigan  tushuntirish  va 
mulohazalarini  berishga,  shuningdek  mazkur  bayonnomaga  imzo 
chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir.
Alohida ta’kidlash lozimki, ma ’muriy huquqbuzarlik haqidagi 
qonunchilikka  muvofiq  bayonnoma  tuzishda  huquqbuzarga 
m a’muriy  javobgarlikka  tortilayotgan  shaxs  sifatida  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  M a’muriy  javobgarlik  to ‘g‘risidagi  kodeksning 
294-moddasida  keltirilgan  huquq  va  majburiyatlari  tushuntirilishi 
shart.  Xususan,  qonunchilikka  ko‘ra,  shaxs  ish  materiallari  bilan 
tanishib  chiqishga,  izohlar  berishga,  dalillar  keltirishga,  o ‘z 
iltimosini  bayon etishga,  ishni  ко‘rib  chiqish vaqtida advokatning 
yuridik  yordamidan  foydalanishga,  o ‘z  ona  tilida  so‘zlashga  va 
taijimonning  xizmatidan  foydalanishga,  ish yuzasidan chiqarilgan 
qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
M a’muriy 
huquqbuzarlik 
to ‘g‘risidagi 
ish  ma’muriy 
javobgarlikka  tortilayotgan  shaxs  ishtirokida  ko‘rib  chiqiladi. 
Mazkur  shaxsga  ishni  ко‘rib  chiqish joyi  va  vaqti  haqida  xabar 
qilinganligi to ‘g ‘risida ma’lumotlar  bo‘lgan va  undan ishni ko‘rib 
chiqishni  kechiktirish  xususida  hech  qanday  iltimos  tushmagan 
hollardagina  ish  uning  ishtirokisiz  ко‘rib  chiqilishi  mumkin.  Shu 
bilan birga qator holatlarda javobgarlikka tortilayotgan  shaxsning 
qatnashishi  shart.  Bu  kabi  holatlarga  sodir  etilgan  ma’muriy 
huquqbuzarliklar  uchun  jazo  sifatida  ma’muriy  qamoqqa  olish, 
ashyolami  musodara  qilish  yoki  haqini  to‘lash  sharti  bilan  olib 
qo‘yish choralarini qo‘llanish nazarda tutilgan hollar taalluqlidir.
Ma’ muriy huquqbuzarlikto ‘ g‘ risidagi ishlami ко ‘rib chiqishda 
jabrlanuvchilar  ishtirok  etishi  mumkin.  Ma’muriy  huquqbuzarlik 
haqidagi  qonunchilikka  muvofiq  ma’muriy  huquqbuzarlik  yo‘li 
bilan  m a’naviy,  jismoniy  yoki  mulkiy  zarar  etkazilgan  shaxs


jabrlanuvchi  deb  topiladi.  Ma’muriy  huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi 
ishlami  ко‘rib  chiqishda jabrlanuvchi  ham  ayblanuvchi  berilgan 
kabi huquqlarga ega bo‘ladi.
Maxsus  bilimlarga  ega  bo‘lish  zarurati  tug‘ilgan  hollarda 
ma’muriy  huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi  ishni  yuritayotgan  organ 
(mansabdor  shaxs)  tomonidan ekspertiza tayinlanadi.  Ekspertning 
huquq  va  majburiyatlari,  ekspertiza  o ‘tkazishning  protsessual 
asoslari,  ekspert  xulosasiga  talablar  jinoiy  va  fuqaroviy  ishlar 
bo‘yicha tayinlanadigan va o‘tkaziladigan ekspertizalar kabidir.
Tibbiy  xodimlaming  faoliyatida  turli  xil  ko‘rinishdagi 
ma’muriy  huquqbuzarliklar  uchrab  turishi  mumkin.  Xususan, 
0 ‘zbekiston  Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksida  fuqarorlarning  huquq  va  erkinliklariga  tajovuz 
qiluvchi  qator  huquqbuzarliklar  keltirilgan  bo‘lib,  ular  qatoriga 
tuxmat  (40-modda),  haqorat  (41-modda),  davlat  tili  (42-modda), 
fuqarolaming 
murojaatlari 
(43-modda), 
mehnat 
haqidagi 
(49-modda)  qonun  talablarining  buzilishi,  mehnatga  ma’muriy 
majburlash  (51-modda)  kabilami  kiritish  mumkin.  Ta’kidlash 
lozimki, yuqorida qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar ko‘proq 
tibbiy  xodimlaming  emas,  balki  ko‘proq  tibbiyot  muassasalari 
rahbarlarining faoliyatiga taalluqlidir.
Aholi  sog‘lig‘ini  saqlash  sohasidagi  qator  huquqbuzarliklar 
ma’muriy  javobgarlikni  yuzaga  keltiradi.  Ular  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  Ma’muriy javobgarlik to ‘g ‘risidagi kodeksining 
VI  bobida  keltirilgan.  Ular  qatoriga:  engil  tan  jarohati  etkazish 
(52-modda),  sanitariya  qomm  hujjatlarini  buzilishi  (53-modda), 
epidemiyaga  qarshi  kurash  qoidalarini  buzish  (54-modda), 
radiatsion  xavfsizlikka  doir  qoida,  me’yor,  yo‘riqnoma  va 
boshqa  talablami  buzish  (55-modda),  giyohvandlik  vositalari 
yoki  psixotrop-moddalami  oz  miqdorda  g ‘ayriqonuniy  tarzda 
tayyorlash,  olish,  saqlash,  tashish  va  jo ‘natish  (56-modda)  kabi 
qilmishlar  kiradi.  Ta’kidlash  lozimki,  yuqorida  qayd  etilgan 
holatlarda  huquqbuzarlikning  subyekti  sifatida  boshqa  fuqarolar


bilan bir qatorda tibbiy xodimlar ham bo‘lishi mumkin.
Ushbu  guruhdagi  qator  huquqbuzarliklar  bevosita  yoki 
bilvosita  tarzda  tanosil  kasalliklari  yoki  OITS  bilan  bogiiqdir. 
Ya’ni,  tanosil  kasalliklari  yoki  OITSga  uchragan  bemoming 
kasallik  yuqtirilgan  manbani,  shunindek  o‘zi  bilan  aloqa  qilib 
tanosil  kasalligi  yoki  OITS  yuqishi  xavfini  yuzaga  keltiradigan 
shaxslami yashirishi m a’muriy  huquqbuzarlik sifatida tasniflanadi 
(57-modda).  Shuningdek,  tanosil  kasalliklari  yoki  OITS  bilan 
kasallanganligi  haqida  etarli  m a’lumotlar  bo‘lgan  holatda 
tekshiruvlarni  rad  etganda ham  fuqarolar m a’muriy javobgarlikka 
tortilishi  mumkin  (58-modda).  Shu  bilan  birga  OITS  yuqqan- 
yuqmaganligini  aniqlash  uchun  tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazishda, 
shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalami o ‘tkazishda xavfsizlik 
etarli  darajada  ta’minlanmagan  holatlarda  ham  tibbiy  xodimlar 
m a’muriy javobgarlikka tortiladi (59-modda).
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
Ma’muriy 
javobgarlik 
to‘g‘risidagi  kodeksining  XIII  bobida  xususiy  tibbiy  amaliyot 
faoliyatida  ham  uchrashi  mumkin  bo‘lgan  savdo,  tadbirkorlik 
va  moliya  sohalaridagi  huquqbuzarliklar  uchun  javobgarliklar 
keltirilgan. Bularga savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish 
(164-modda),  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanish  tartibini 
buzish  (176-modda),  shartnoma  intizomini  buzish  (176l'modda) 
taalluqlidir.  Ushbu turdagi  m a’muriy javobgarlikka aholiga  pullik 
xizmat  ko‘rsatish,  xo‘jalik  hisobida  ish  bajarish  jarayonida  yo‘l 
qo‘ygan  huquqbuzarliklari  uchun  davlat  va  sog‘liqni  saqlashning 
boshqa  tizimida  faoliyat  ko‘rsatuvchi  tibbiy  xodimlari  ham  jalb 
etilishi mumkin
Boshqaruvning  belgilangan  tartibiga  tajovuz  qiluvchi  va 
m a’muriy  javobgarlikni  yuzaga  keltiruvchi  huquqbuzarliklar 
0 ‘zbekiston Respublikasining  M a’muriy javobgarlik to‘g ‘risidagi 
kodeksining  XVI  bobida keltirilgan.  Ulaming  ayrimlari  sog‘liqni 
saqlash  idoralari  va  muassasalari  faoliyatida  ham  uchrab  turadi. 
Ya’ni, maxsusxizmatl ami, shujumladan teztibbiy yordamni qasddan


aldab  chaqirganlik  (199-modda),  Davlat  statistik  hisobotlarini 
taqdim etish tartibini buzish (215-modda) m a’muriy javobgarlikka 
tortishga  asos  bo‘ladi.  Agarda  birinchi  holatda  huquqbuzarlik 
subyekti  fuqarolar  bo‘lsa,  ikkinchi  holatda  -   sog‘liqni  saqlash 
idorasi va muassasalarining mansabdor shaxslaridir.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish