Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


V bob.  TIBBIY XODIMLARNING KASB



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

V bob.  TIBBIY XODIMLARNING KASB
 
HUQUQBUZARLIKLARI
Jamiyatda  axloq-odob  qoidalari,  insonlaming  o‘zaro,  shu 
jumladan kasb faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi munosabati 
qoidalari  namunaviy  va  amal  qilinishi  lozim  b o ig an   ijtimoiy 
me’yorlar  yordamida  boshqariladi.  Ular  barcha  axloq  va  huquq 
me’yorlarini o ‘zidamujassam etadi.
Axloq me’yorlari “tabiiy” yo‘1 bilan vujudga kelib etika, din 
talablari, amaldagi urf-odatlardan tashkil topadi. Ahloqme’yorlariga 
rioya etish jamoatchilik fikri kuchi yordamida ta’minlanadi (Yu. D. 
Sergeev, 2008).
Huquq me’yorlari davlat tomonidan joriy qilinadi  va barcha 
uchun bir xilda amal qilish kuchiga ega boiadi. Huquq me’yorlariga 
rioya etish davlat tomonidan majburlash y o ii bilan ta’minlanadi.
Huquq  me’yorlaridan  tashkil  topgan  rasmiy  hujjatlar 
me’yoriy-huquqiy  hujjatlar  deb  ataladi  va ular  qonun yoki  qonun 
osti  hujjatlari  ko‘rinishida  boiishi  mumkin.  So‘nggi  hujjatlar 
qatoriga Prezident Farmoni,  qarori,  farmoyishlari, hukumat qarori 
va farmoyishlari, joydagi hokimiyat idoralarining farmoyishlari va 
boshqalar misol boiishi mumkin.
Jamiyatdagi barcha sohalar kabi tibbiy xodimlarning faoliyati 
ham qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan. Sogiiqni 
saqlash  sohasida m e’yoriy-huquqiy  hujjatlar  sifatida  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Sogiiqni  saqlash vazirligi  tomonidan qabul  qilingan 
buyruqlar,  yo‘riqnomalar,  qoidalar,  nizomlar  boiishi  mumkin. 
Shundan  kelib  chiqqan  holda,  tibbiy  faoliyatni  amalga  oshirish 
jarayonida  tibbiy  xodimlar  tomonidan  belgilangan  talablami 
bajarmaslik  yoki  lozim  darajada bajarmaslik  tibbiy  xodimlarning 
kasb huquqbuzarliklari (TXKH) deb ataladi.
H uquq nazariyasiga ко ‘ra qilmish (harakat yoki harakatsizlik), 
ijtimoiy xavf, g‘ ayriqonuniylik, ayb va noxush oqibat huquqbuzarlik 
belgilari b o iib  hisoblanadi.


Xuquqbuzarlikning  (harakat  yoki  harakatsizlik)  ijtimoiy 
xavflilik  belgisiga  ko‘ra  TXKH  qilmish  va  jinoyat  ko‘rinishida 
bo‘lishi  mumkin.  G‘ayriqonuniy  harakat  ijtimoiy  xavf  belgisiga 
ega bo‘lmasa  va mos  tarzda Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilmagan 
bo‘lsa, qilmish deb ataladi. Aks holda, ya’ni ijtimoiy xavf alomatlari 
bo‘lgan holatda ushbu harakat jinoyat sifatida baholanadi.
Huquq  nuqtai-nazaridan  tibbiy  xodimlaming  qilmishi 
intizomiy, ma’muriy va fuqaroviy kabi turlarga bo‘linadi.
Intizomiy  qilmishda  belgilangan  mehnat,  xizmat  va  ishlab 
chiqarish tartibining buzilishi ko‘zda tutiladi.
M a’muriy  huquqbuzarlikka  asosan  belgilangan  muassasani 
boshqaruv tartibining buzilishi taalluqlidir.
Fuqaroviy qilmish fuqarolar va turli tashkilotlaming mulkiy 
va nomulkiy huquqlarining buzilishini anglatadi.
Intizomiy, 
m a’muriy, 
fuqaroviy 
huquqbuzarliklaming 
mohiyati,  vujudga kelishi  va mos  tarzdagi javobgarlikni  belgilash 
hususiyatlari darslikning keyingi boblarida atroflicha bay on etilgan.
Tibbiy  xodimlaming  faoliyatida  yuqorida  qayd  etilgan 
qilmishlardan  tashqari  vrach  xatosi,  baxtsiz  hodisa  deb 
nomlanadigan bir guruh noxush oqibatlar ham mavjud.
Boshqa kasb vakillaridan farqli ravishda, vrach faoliyatining 
o ‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  shundaki,  u  tabiatning  eng 
murakkab obyekti -  odam ustida ish olib boradi,  standart echimga 
ega bo‘lmagan masalalar, turli xil klinik kechishga ega bo‘lgan va 
individual  xususiyatlarga  ega  bo‘ Igan  bemorlar  bilan  muloqotda 
bo‘ladi (V. L. Popov,  1999).
Vrach xatosi va baxtsiz hodisa huquqiy tushuncha emas, shu 
sababli  ular huquqshunoslik sohasidagi adabiyotlarda, qonunchilik 
hujjatlarida uchramaydi.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish