VPN
Virtual Private Network (VPN) shaxsiy tarmoqni jamoat tarmog'i orqali uzaytiradi va foydalanuvchilarning shaxsiy tarmoqqa bevosita ulangan bo'lsa, foydalanuvchilarga birgalikda yoki umumiy tarmoqlarda ma'lumotlarni qabul qilish va olish imkonini beradi ("Qisqasi, u sizning kompyuteringiz va VPN xizmat serverlari o'rtasida tünellangan xavfsiz, shifrlangan aloqa yaratadi"). Buning uchun VPN ilovalari foydali bo'lishi mumkin. Xususiy tarmoqni boshqarish imkonini beradi. VPN-lar korporativ bo'lmagan korporativ intranetlardan xavfsiz foydalanishni ta'minlaydi. Ular geografik jihatdan integratsiyalangan tarmoqlarni birlashtiradigan tarmoqni ta'minlash uchun ishlatiladi. Individual Internet foydalanuvchilari o'zlarining proksi-serverlariga VPN bilan simsiz operatsiyalarni amalga oshirish, geografik cheklovlar va tsenzurani to'xtatish yoki shaxsiy identifikatsiyani va joylashuvni himoya qilish uchun ulanishlari mumkin. Biroq, ayrim veb-saytlarga geografik cheklovlar uchun ma'lum VPN texnologiyasiga kirish taqiqlanadi.VPN alohida ulanishlar, virtual tunnel protokollari yoki shifrlash transporti bilan virtual portni o'rnatish orqali yaratiladi. U katta Internet tarmog'iga ega VPN keng maydonli (WAN) tarmoqning afzalliklarini ta'minlaydi. Foydalanuvchilar nuqtai nazaridan, xususiy tarmoq ichida masofadan turib foydalaniladigan resurslarga kirish.An'anaviy VPN-lar nok-to-nuqta topologiyasida tasvirlanadi va ta'sirni tasdiqlamaydi yoki ta'sir qilmaydi, shuning uchun Microsoft Windows NetBIOS to'liq qo'llab-quvvatlanmaydi yoki Mahalliy Tarmoq (LAN). Dizaynerlar virtual cheklovlarni bartaraf etish uchun Virtual Private LAN Services (VPLS) va layer-2 tunnel protokollari kabi VPN-larni ishlab chiqdi.
VPdan Foydalanish
O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 22 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni bilan telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanganlik (2787-modda) uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Ushbu modda nimani anglatadi? Bu internet foydalanuvchisining VPN ilovasidan foydalangani javobgarlikni nazarda tutadimi?
O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunining 43-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharh O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan beriladi.
Shu tufayli Jinoyat kodeksining 2787-modda (telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish)si yuzasidan ilmiy-nazariy tushuntirish uchun Toshkent davlat yuridik universitetiga murojaat qildik.
«2787-modda ikki qismdan iborat. Mazkur moddaning birinchi qismiga ko‘ra o‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish va xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
1999 yil 20 avgustdagi 822-I-sonli O‘zbekiston Respublikasining «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonunda «telekommunikatsiyalar», «telekommunikatsiyalar tarmog‘i» tushunchalariga ta'rif berilgan.
Unga muvofiq telekommunikatsiyalar – signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash; telekommunikatsiyalar tarmog‘i esa – uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma'lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta'minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmuini anglatadi.
Quyidagi qilmishlar Jinoyat kodeksi 2787-moddasi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin: - foyda ko‘rish maqsadida qonunga xilof ravishda xalqaro so‘zlashuvlarni tashkil etish; - o‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda xalqaro trafikni davlatlararo uzatish;
- xalqaro telefon tarmog‘ini chetlab o‘tgan holda trafikni o‘tkazish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy xalqaro telefon aloqasini tashkil etish uchun Internetdan foydalanish;
- o‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish;
- telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanishga mo‘ljallangan GSM, IP, SMS-shlyuzlar va shu kabi maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash yoki ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratish va boshqalar.
Odatda, telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanilganda GSM, IP va SMS-shlyuzlardan foydalaniladi. Bunday shlyuzlar tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2018 yil 21 maydagi 173-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Ma'lumotlar uzatish tarmog‘i, shu jumladan Internet xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»da keltirilgan:
- GSM-shlyuz – mobil aloqa tarmoqlari va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari o‘rtasida trafikni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vosita;
– IP-shlyuz – IP tarmoqlar va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari o‘rtasida trafikni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vosita;
- SMS-shlyuz – mobil telefondan foydalanmasdan SMS xabarlar jo‘natish va olish imkonini beradigan apparat-dasturiy vosita.
2787-moddaning ikkinchi qismida og‘irlashtiruvchi holatlar belgilangan. Ya'ni, so‘z yuritilayotgan qilmishni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, shuningdek uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilishi eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi», – deyiladi TDYuU rasmiy vakili Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotda.
Eslatib o‘tamiz, elektron texnika vositalari yordamida noqonuniy ravishda xalqaro aloqa xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning faoliyati fosh bo‘lgani haqida avval ham xabarlar berilgandi. Balki muhokamatalab masalalar yuzasidan O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi rasmiy sharhlar berib borish amaliyotini ko‘paytirar.
VPN nima o'zi O'tkir syujetli xorijiy fil`mlarda ko'p guvoh bo'lganingiz bir sahnani ko'z oldingizga keltiring: jinoyatchi sport mashinasida katta trassa bo'ylab qochyapti, uni politsiya vertolyoti ta'qib etib kelmoqda. Avtomobil` tunnelga kirib ketadi, undan chiqish joyi esa bir nechta. Vertolyotdagilar jinoyatchining aynan qaysi chiqish joyidan chiqib ketishini bila olishmaydi, natijada u ta'qibdan qochib qoladi. VPN ham xuddi shu kabi, internetdagi bir necha yo'llarni o'zaro tutashtiruvchi tunneldir. Unga kirib ketgan avtomobillarning qaerda paydo bo'lib qolishini tashqaridan hech kim bilolmaydi. Tunelda nimalar bo'layotganidan tashqaridagilar bexabar qolishadi. Ko'pincha VPN’ni tavsiya etishlariga sabab shuki, unda geografik belgisiga ko'ra cheklangan kontentga kirish, umuman, internetdan foydalanishda xavfsizlikni oshirish mumkin. Lekin internetga VPN orqali kirish ham to'g'ridan-to'g'ri kirishchalik xavfli bo'lishi mumkin. VPN qanday ishlaydi? Uyingizda Wi-Fi-router bo'lsa kerak, a? Unga ulangan qurilmalar hatto internetsiz ham o'zaro ma'lumot almasha oladilar. Demak, uyingizda o'zingizning xususiy tarmog'ingiz bor ekan, ammo unga ulanish uchun router signali yetadigan yerda bo'lishingiz talab etiladi. VPN (Virtual Private Network) – bu virtual xususiy tarmoq. U internet ustida ishlaydi, shuning uchun unga istalgan joydan ulanish mumkin. Masalan, siz ishlaydigan kompaniya masofadan turib ishlaydigan xodimlari uchun virtual xususiy tarmoqdan foydalanishi mumkin. VPN yordamida ular ishchi tarmoqqa ulanadilar. Bunda ularning komp`yuter, smartfon yoki planshetlari virtual tarzda ofisga ko'chiriladi va tarmoqqa ichkaridan ulanadi. Virtual xususiy tarmoqqa ulanish uchun VPN-server manzilini, login va parolni bilish kerak bo'ladi. VPN’dan foydalanish o'ta oson. Odatda kompaniya qaerdadir lokal komp`yuterda, serverda yoki data-markazda VPN-server yaratadi; unga ulanishlar esa foydalanuvchi qurilmasidagi VPN-klient dasturi orqali amalga oshiriladi. Hozirda barcha ommabop operatsion tizimlar – Android, iOS, Windows, macOS, Linux va boshqalarda VPN-klient dasturi avvaldan mavjud. Klient va server orasidagi VPN-ulanish esa, odatga ko'ra, shifrlangan bo'ladi. Demak, VPN bo'lgani yaxshimi? Ha, agarda siz biznes sohibi bo'lib, korporativ ma'lumotlaringiz va servislaringizning xavfsizligini ta'minlashni istasangiz, VPN juda yaxshi narsa. Ish muhitiga xodimlaringizni faqat VPN orqali hamda maxsus akkauntlari bo'yicha o'tkazasiz va kim nima qilganiyu qilayotganidan hamisha boxabar bo'lasiz. Bundan tashqari, VPN egasi server va foydalanuvchi o'rtasida uzatilayotgan barcha trafikni monitoring qilishi va nazorat etib borishi mumkin. Xodimlaringiz Feysbuk, Odnoklassniki kabilarda ko'p o'tirishadimi? Bu servislarga kirishni yopib qo'yishingiz mumkin. Ular orasida kimdir o'z ish kunining yarmini karikaturalar saytida o'tkazadimi? Uning internetdagi faolligi avtomatik tarzda loglarga yozilib boradi va o'zini ishdan bo'shatish uchun dalil bo'lib xizmat qiladi. Ishdan tashqarida ham VPN’dan foydalansa bo'ladimi? Ha. VPN-xizmatlarning eng keng tarqalgan ko'rinishi bepul ommaviy servislar hisoblanadi. Google Play, App Store va internet kengliklarida bunaqalari tiqilib yotibdi. Ular bepul VPN taqdim etishadi va u bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlarni o'zlari ko'tarishadi. Jumladan, data-markaz xizmatlari to'lovi, qulay ilovani ishlab chiqish xarajati, qo'llab-quvvatlash sarflarini ham o'z zimmalariga olishadi. Evaziga esa ularga faqat bir narsa – sizning internetda nimalar qilayotganingiz haqidagi ma'lumot kerak, xolos. Bu ma'lumotdan ular sizning «raqamli portret»ingizni yaratib, reklama beruvchilarga sotishadi. Birato'la ular sizning qiziqishlaringizga ko'ra reklama uzatib turishadi. Hammasi oddiy va adolatli. Pulli VPN-servislar – umuman boshqa narsa. Nazariy jihatdan qaraganda, ular abonent to'lovi evaziga yashashadi va foydalanuvchining ma'lumotlarini sotish yoki reklama uchun ishlatishmaydi. Ammo shunisi borki, ularning bu boradagi halolligini aniqlash o'ta mushkul. Ehtimol, bu ayyor servis sizdan abonent to'lovini ham olib, yana reklama beruvchilarga ma'lumotlaringizni ham sotayotgan bo'lishi mumkin. Vahimachilarning yana bir toifasi bor – o'zining shaxsiy hayotini «tepada» kimdir kuzatishi mumkinligidan xavotirlanuvchi oddiy fuqarolar. ?YOSH DASTURCHILAR?, [18.08.19 08:06] Ular anonimlikni va kuzatishlardan himoyani yuqori darajada kafolatlovchi VPN xizmatlarini tanlashadi. Muammo shundaki, bunaqa servislarning aksariyati, huquqni himoya qiluvchi idoralarning birinchi so'rovidayoq foydalanuvchi haqidagi ma'lumotni qo'shqo'llab uzatadi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, VPN’ni bir nechta yo'lni o'zaro bog'lovchi tunnelga qiyoslash mumkin. Uning ichida nima bo'layotganini tashqaridan hech kim bilolmaydi, faqat… egasidan boshqa! Ha, uning kuzatuv kameralari tunnelning har bir qarich joyiga o'rnatilgan. U hammasini ko'rib turadi va ko'rganlaridan o'zi istaganicha foydalanishi mumkin. Unda VPN nega kerak? VPN geografik va boshqa to'siqlarni aylanib o'tish imkonini beradi. Deylik, siz Spotify xizmati orqali musiqa tinglamoqchisiz, ammo bu servisga O'zbekistondan turib kirib bo'lmasligini bilib, achinyapsiz. Undan foydalanishning yaxshi yo'li – internetga Spotify ishlaydigan biror mamlakatdagi VPN-server orqali kirishdir. VPN – bu foydali va kerakli texnologiya, u o'ziga yarasha vazifalarni yaxshi bajaradi. Ammo bunda shaxsiy ma'lumotlaringizning xavfsizligi VPN xizmatini taqdim etuvchining vijdoniga bog'liq. Albatta, sizning e'tiborliligingizga, internet xavfsizligi masalalarini yaxshi tushunishingizga ham.
Aksariyat odamlar internetdagi faoliyati maxfiy bo‘lishiga har qachongidanda ko‘p e’tibor qaratmoqda. O‘z xavfsizligini o‘ylovchilar uchun VPN yoki, inglizcha qilib aytganda, «virtual private network» (virtual maxfiy tarmoq) mavjud bo‘lib, uning yordamida internetdan foydalanayotganda shaxsingizni yashirishingiz mumkin. Quyida VPN vositasida yashirish mumkin bo‘lgan 9 elementni sanab o‘tish asnosida, bu turdagi tarmoqning afzalliklariga to‘xtalamiz. Maqola davomida sarlavhada va’da qilingan bonusni keltirib o‘tamiz. Post oxirida esa asosiy sovg‘aga ega bo‘lasiz.