Voyaga yetmagan shaxslar jinoyatchiligi va ularning oldini olish Reja


O‘tkazilgan tadqiqotlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, quyidagi xulosalarga kelish mumkin



Download 105 Kb.
bet2/7
Sana26.01.2022
Hajmi105 Kb.
#411192
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Voyaga yetmagan shaxslar jinoyatchiligi va ularning oldini olish

O‘tkazilgan tadqiqotlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

  1. voyaga yetmaganlar tomonidan g‘arazli maqsadlarda jinoyat sodir etilishi avvalgi yillarga nisbatan ko‘paymoqda;

  2. ushbu jinoyatlar boshqa maqsadlarda sodir etiladigan jinoyatlardan ortganligini ko‘rish mumkin va umumiy ko‘rsatkichlarning 35-40 % ni tashkil etadi;

d) qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda g‘arazli maqsadlar, asosan, buyumlar, xorij va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan texnika vositalari, kamyob kiyim-kechaklar, valuta, qimmatbaho qog‘ozlar, oltin, kumush kabilarga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

G‘arazli maqsadlarda va, umuman, qasddan sodir etiladigan jinoyat­larning aniq turlari ham mavjud va ular iqtisodiy qiyinchiliklar, aholining moddiy tomondan kam ta’minlangan qatlamining ko‘payishi va shaxs o‘zi- ning doimiy maishiy qulayliklari yo‘qolishiga ishonch hosil qilgan hollarda yuzaga keladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar ishtirokchilik asosida, guruh bo‘lib sodir etiladi. Bu voyaga yetmaganlarni tabiatiga xos holat hisoblanadi. Ba’zi hollarda yosh o‘smirlar tomonidan yakka tarzda faol amalga oshiriladigan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar ham jamiyat uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin. Agar jinoyatlarga qarshi kurash olib borish nuqtai nazaridan yondashilsa, guruhiy yoki uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishdan ko‘ra, yakka tarzda jinoyat sodir etuvchilarni aniqlash va zarur choralarni qo‘llash oson kechadn. Shunday bo‘lsa-da, guruhiy jinoyatlardan jamiyatga ko‘proq zarar kelishini ham yodda tutish lozim.

Voyaga yetmaganlar tomonidan guruh bo‘lib jinoyat sodir etilishiga xos bo‘lgan shafqatsizlik, rahmsizlik oqibatida jamiyatga katta ma’naviy zarar yetkaziladi. Zero, jinoyat sodir etishdagi norasmiy uyushishning tez va oson kechishi, guruhiy munosabatlardagi ko‘nikma, janjal chiqarishga monelik, o‘z xohishiga ko‘ra ish tutish (o‘zboshimchalik), betakror va o‘ziga xos qiliqlar qilishga intilish, alohida vaziyatlarda g‘oyaviy, ma’naviy va huquqiy jihatdan voyaga yetmaganlarda ishonchning yo‘qligi holatlari qisqa davr ichida jamiyat uchun xavfli qilmishlarni beqiyos darajada bo‘lishiga olib keladi. O‘z navbatida, katta yoshdagilar tomonidan jinoyat sodir etilishida bunday holatlar kuzatilmaydi. Jinoyatlarning umumiy ko‘rsatkichlarida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar katta yoshdagilarga nisbatan bir yarimdan besh martagacha ko‘p ekanligini (jinoyatlarning turi va ularning hududiy tarqal- ganlik holatlariga ko‘ra) ko‘rish mumkin. Shuningdek, 14 yoshlilar tomonidan guruhiy jinoyatlarni sodir etish, 17 yoshlilarga nisbatan ko‘pdir. Voyaga yetmaganlar tomonidan guruh bo‘lib jinoyat sodir etish o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik, nomusga tegish kabi jinoyatlarda ko‘proq uchrasa, qasddan odam o‘ldirish va qasddan og‘ir tar jarohati yetkazilishda kamroq bo‘ladi. Voyaga yetmaganlarning guruhiy birlashuvi beqarordir va shuning uchun ham ma’lum bir davrda faoliyat ko‘rsatadi va o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Ba’zida voyaga yetmaganlar tomonidan guruhga uyushganlik o‘z maq- sadiga ko‘ra, uzoq muddatga faoliyat ko‘rsatishga mo‘ljallangani bois zarur profilaktika chora ta’sirida barham topishi mumkinligini unutmaslik zarur. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda voyaga yetmaganlarning jinoiy guruhlarga birlashishi sezilarli darajada oshganligi kuzatilmoqda. Bunday guruhlarning qariyb beshdan uchtasida turli yoshdagi kimsalarning ishtirok etishi ularning xavfliligini oshirmoqda. Shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan umumiy jinoyatlarning yarmidan ko‘pi bir necha bor jinoyat qilib, tajriba orttirganini ham ko‘rish mumkin. Eng muhimi, ushbu jinoyatlarning sodir etilishi residiv sifatida mulkka nisbatan qaratil- gandir. Shuning uchun ham ularga qarshi kurashni yo‘lga qo‘yish o‘z- o‘zidan eng dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.

O‘tgan asrning 80-yillarida voyaga yetmaganlar jinoyat sodir etadigan joylar asosan turar joylar va uning atrofi bo‘lsa, hozirga kelib jinoyatlar turli joylarda dam olish maskanlarida ham sodir etilmoqda. Ya’ni o‘z yashash joyidan uzoqlarda jinoyat sodir etish hollari ham ko‘plab kuzatilmoqda. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar faqat ko‘cha jinoyatlaridan iborat deb tasavvur qilinadi. Ammo, tadqiqotlarimizning ko‘rsatishicha, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni oilada, o‘qish yoki ish, shuningdek, o‘zgalarning yashash joylarida, temir yo‘l transportlarida, yotoqxonalarda ham ko‘plab uchratish mumkin. Ayrim holatlar bo‘yicha kuzatuv va tadqiqotlarimizdan ma’lum bo‘ldiki, xonadonlar yoki tashlandiq joylarda voyaga yetmaganlar tomonidan har uchtadan bir nomusga tegish, har o‘ntadan bir bezorilik jinoyatlari sodir etilmoqda. Ish yoki o‘qish joylaridagi hudud hamda binolarda esa har o‘n jinoyatning sakkiz-to‘qqiztasi (asosan, o‘g‘rilik va bezorilik) sodir etilayot- ganligini ko‘rish mumkin. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, voyaga yetmagan shaxslar sodir etadigan jinoyatlar turli vaqtlarga to‘g‘ri keladi. Jumladan, barcha jinoyatlarning yarmi soat 22 larga to‘g‘ri kelsa, uchdan biri ish va o‘qish soatlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, o‘qish yoki ishdan qaytish vaqtida ham aynan shunday ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Ish yoki dam olish kunlari va bayram arafasida sodir etiladigan jinoyatlar miqdoriga ko‘ra bir-biriga yaqin turadi. Ba’zi mavsumiy tadbirlar amalga oshirilishida ham voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar soni oshadi. Masalan, hosil yig‘im-terimiga ommaviy chiqishda, shahar cheti va dam olish bog‘larida, o‘quvchilarning yozgi ta’til paytlarida va hokazo. Yilning ma’lum bir vaqtiga nisbatan olinganda voyaga yetmaganlar tomonidan turli jinoyatlar sodir etilishi asosan may-noyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Demak, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda uning tarkiban shakllanishi va asosiy ko‘rsatkichlarini doimiy ravishda nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish katta ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda.

Voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi

Voyaga yetmagan jinoyatchilarning shaxsiy xususiyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan bilish va amaliy jihatdan tahlil etish kriminologiya fanida alohida o‘rin tutadi. Chunki ushbu toifadagi jinoyatchilarning shaxsini ilmiy jihatdan bilmaslik, ular tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashni samarali tashkil etishga imkon bermaydi. Voyaga yetmagan jinoyatchilarning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishda ularning jinsi, yoshi, ijtimoiy bandligini inobatga olish muhim ahamiyatga ega. Shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bir qator ijtimoiy-tabiiy fanlar doirasida o‘z ehtiyojlari nuqtai nazaridan yetarlicha o‘rganilgan, deyish mumkin. Bu esa kriminologiyada aynan jinoyatga daxldor bo‘lgan voyaga yetmaganlarning shaxsini o‘rganishda nazariy manba bo‘lishi mumkinligini e’tiborga olish lozim. Shuningdek, kriminologiyada shaxs va u bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ijtimoiy-tabiiy fanlar tomonidan yaratilgan tavsiyalar asosida amalga oshiriladi (masalan, psixologiya, pedagogika, tibbiy fanlar).




Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish