Voyaga yetmagan bolalar deyilganda, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolalar tushuniladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bolalar huquqlari ularning tug‘ilishi bilan vujudga keladi


Ota-onalarning huquq va majburiyatlari. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish



Download 24,5 Kb.
bet2/3
Sana24.04.2022
Hajmi24,5 Kb.
#579774
1   2   3
Bog'liq
bola

Ota-onalarning huquq va majburiyatlari. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish
Ota-ona bilan bolalar o‘rtasida yuzaga keluvchi huquqiy munosabatlar tarkibida shaxsiy nomulkiy huquqiy munosabatlar ajralib turadi. Bola tarbiyasi ota-onaning shaxsiy huquqiy munosabatlarining asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi. Ota-ona huquqining mohiyatiga va vazifalariga yaxlit majmua sifatida qaraydigan bo‘lsak, unda bola tarbiyasiga bo‘lgan huquq va burch ustuvor o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi ota-onalik huquqlarini voyaga yetmagan ota-onalarga ham berilishini belgilaydi. Ular ham otaona huquqiy maqomiga ega bo‘lib o‘z bolalariga nisbatan huquq va majburiyatlarga egadirlar. Har bir ota-ona o‘z farzandlariga ism berish, ularni tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish, shuningdek, ularning shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini himoya qilishda teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Voyaga yetmagan ota-ona o‘z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida ishtirok etish huquqiga ega. O‘zaro nikohda bo‘lmagan voyaga yetmagan ota-ona ulardan bola tug‘ilganda hamda ularning onaligi va (yoki) otaligi belgilanganda, o‘n olti yoshga to‘lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar. Voyaga yetmagan ota-ona bilan birgalikda tarbiyalash uchun bolaga vasiy tayinlanishi mumkin. Bolaning vasiysi bilan voyaga yetmagan ota-ona o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi. Voyaga yetmagan ota-ona o‘z otaligi va onaligini umumiy asoslarda e’tirof etish yoki unga e’tiroz bildirish huquqiga ega. Ota-onaning asosiy vazifalaridan biri farzandini tarbiyalash bo‘lib, bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiysianing 64-moddasida shunday deyiladi: “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarini rag‘batlantiradi”. Shundan kelib chiqib, Oila kodeksining 73-moddasida mazkur Konstitutsiyaviy qoida yanada mustahkamlandi. Unda otaonalarning o‘z bolalarini tarbiyalash huquqlari, shu bilan birga, otaonalarning o‘z bolalarini tarbiyalash majburiyati ham belgilangan. Shunday qilib, ota-onalik huquqlari bir yo‘la bolalarni tarbiyalash majburiyati ham hisoblanadi. Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari lozim. Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustunlik huquqiga egadirlar. Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada ta’lim olishini ta’minlashi kerak. Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha otaonaning huquq va majburiyatlari. Oila kodeksining 74-moddasi ota-onalar zimmasiga bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyatini yuklaydi. Ota-onalar o‘z bolalarining qonuniy vakillaridir. Ularning har biri shunday huquqdan foydalanadi. Ota-ona o‘z bolalarining vakillari bo‘lganligi uchun har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‘lgan munosabatlarda, shu jumladan, sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar. Voyaga yetmagan bolalarning fuqarolik va boshqa huquqlarini, qolaversa, qonuniy manfaatlarini har qanday suiiste’molliklardan saqlash vazifasi qonun yo‘li bilan bolalarning ota-onasi zimmasiga yuklatilgan, bu majburiyatni bajarish uchun ulardan alohida vakolatnoma talab qilinmaydi. Buning uchun bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki pasportini ko‘rsatishi yetarli, chunki bundan bolaning haqiqiy otasi yoki onasi ekanligi bilinib turadi. Nikohsiz tug‘ilgan bolaning huquqini himoya qilish, qoidaga ko‘ra, ona tomonidan amalga oshiriladi. Bunday bolaning huquqini himoya qilish amaldagi otaga agar ota o‘z otaligini o‘z xohishi bilan tan olsa yoki otalik sud tartibida belgilangan bo‘lsa yuklatiladi. Bolaning yoshi kattalashib borgan sari fuqarolik muomala layoqati ham kengayib boradi. Masalan, Fuqarolik kodeksining 27-29-moddalarida o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan, shuningdek, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar)ning muomala layoqatini aniq belgilab beradi. Bularni hisobga olib o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar uchun fuqarolik-huquqiy bitimlarni (Fuqarolik kodeksining 28-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan hollardan tashqari ular nomidan faqat ularning otaonalari, ya’ni o‘z bolalarining qonuniy vakili sifatida tuzadilar. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari haqiqiy emas deb topiladi. Biroq agar bitim kichik yoshdagi bolalar manfaatini ko‘zlab tuzilgan bo‘lsa, uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiyning talabi bo‘yicha u sud yo‘li bilan haqiqiy deb topiladi. 14 yoshga to‘lgan bolalar uchun fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ota-onalar o‘z bolalarining homiylari sifatida qatnashadilar (Fuqarolik kodeksining 32-moddasiga qarang). Voyaga yetmagan bolaning o‘n sakkiz yoshga to‘lishi yoki uning nikoh tuzishi va boshqa hollarda voyaga yetganning to‘la muomalaga ega bo‘lishi alohida qarorsiz voyaga yetmagan ustidan bo‘lgan homiylikni tugatadi. Ota-onalik huquqini amalga oshirish. O‘z bolalariga nisbatan (Oila kodeksining 75-78-moddalariga qarang) ota-onalarga davlat keng huquqlar berib, umumiy qoida bo‘yicha ularni amalga oshirish jarayoniga aralashmaydi. Biroq bunda davlat o‘z shartlarini qo‘yadi. Shunga alohida e’tibor qilish lozimki, ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin emas (Oila kodeksini 75-moddasining 1-bandi). Amaldagi qonunchilikka asosan, ota-onalik huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligiga, axloqiy kamolotiga zarar yetkazmasliklari lozim. Bolalarni tarbiyalash usullarini mensimaslik, shafqatsizlik, qo‘pollik, insoniy qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlardan bolalarni haqoratlash yoki ularga tazyiq o‘tkazishdan holi bo‘lishlari belgilangan. Agar ota-onalar o‘zlarining ota-onalik huquqlarini bolalarning huquq va manfaatlariga qarshi qaratib amalga oshirsalar, buning uchun ularning javobgarligi qonun tomonidan belgilangan tartibda vujudga keladi. Javobgarlik fuqarolik-huquqiy, jinoiy, ma’muriy bo‘lishi mumkin. Bunda javobgarlik turini belgilash ota-onaning o‘z bolasiga nisbatan qanday huquqni buzganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ota yoki ona tomonidan voyaga yetmagan bolani tilamchilikka, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyohvandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy oqibatni keltirib chiqaradi (Jinoyat kodeksi 127-moddasining 1-bandi). Ota-onalarning javobgarligi oila qonunchiligi normalari asosida ham vujudga kelishi mumkin. Ma’lum shartlarning mavjud bo‘lishi ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum etish uchun asos bo‘lishi mumkin (Oila kodeksini 79-moddasiga qarang). Oila kodeksining 75-moddasi 4-qismiga muvofiq, bolalarning ta’limtarbiyasiga taalluqli barcha masalalar bolalar manfaatidan kelib chiqadi va ularning fikrini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan o‘zaro kelishuv asosida hal etiladi. Agar ota-ona o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, ular (ulardan biri) bu kelishmovchiliklarni hal qilish uchun vasiylik va homiylik organiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir. Ota-onalik huquqlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalar o‘zlarining ota-onalari yoki ulardan biri bilan yashashlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agar ota-onalar alohida yashasalar, bolaning yashash joyi ota-onalarning kelishuvi bilan hal qilinadi. Agar ota-onalar o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, u holda nizo bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hal etiladi. Bunda sud bolaning otaonadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog‘lanib qolganligini, bolaning yoshini, ota-onasining axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o‘rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining mashg‘ulot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini hisobga oladi. Boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishi. Oila kodeksining 76-moddasida boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishning asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko‘rishishi, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olish masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Bunda bola bilan yashayotgan ota(ona) bolaning ona (ota)si bilan ko‘rishishga, agar bunday ko‘rishish bolaning jismoniy va ruhiy holatiga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak. Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan, sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Sudning hal qiluv qarori bajarilmaganda aybdor ota-onaga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi. Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda, sud boladan alohida yashayotgan ota(ona)ning talabiga binoan bola manfaatlarini va uning fikrini hisobga olgan holda, bolani unga berish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Ota (ona) bilan ko‘rishish tartibi muddatlari, vaqti va boshqalar har xil bo‘lishi mumkin. Biroq har qanday holatda ham bolaning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishi lozim. Alohida yashayotgan bola bilan ko‘rishish bolaga salbiy ta’sir etishi ham mumkin. Boladan alohida yashayotgan ota (ona) tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa shunga o‘xshash muassasalardan o‘z bolasi to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunday axborot berish rad etilishi uchun faqat asosli sabab bo‘lishi shart, ya’ni ota (ona) tomonidan bolaning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfxatar bo‘lgandagina, bunday axborot berish rad etilishi mumkin. Axborot berishning rad etilishi ustidan manfaatdor ota yoki ona tegishli tartibda sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqlidir. Oila kodeksining 77-moddasiga binoan, bola bilan ko‘rishib turish huquqi bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlarga ham beriladi. Ota-ona yoki ulardan biri yaqin qarindoshlarning bola bilan ko‘rishishiga imkon bermasa, bunday qilishdan bosh tortsa, vasiylik va homiylik organi ota-onaga (ulardan biriga) bunday ko‘rishish va muloqotga monelik qilmaslik vazifasini yuklashi mumkin. Basharti, otaona (ulardan biri) vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bola bilan ko‘rishib turishga to‘sqinlik qilish hollarini bartaraf etish haqidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli bo‘ladi. Sud bolaning manfaatlaridan kelib chiqib va uning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi.
Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko‘rishib turish huquqiga ega.
Ota-ona (ulardan biri) yaqin qarindoshlarning bola bilan ko‘rishishiga imkoniyat byermasalar, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday imkoniyat berishga majbur qilishi mumkin.
Agar ota-ona (ulardan biri) vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi da’vosi asosida sud bolaning manfaatlarini va bolaning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi.

Download 24,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish